|
FUTBOL
Nazariy ma`lumotlar
|
bet | 203/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастуриFUTBOL
Nazariy ma`lumotlar:
Sport bilan shug`ullanishda shaxsiy namuna bo`lish. Futbol o`yini qoidalari haqida tushuncha.
O`quvchilarga qo`yilgan talablar:
Maktab futbol maydonchasini qurishda faol qatnashish. To`pni oyoq yuzasining ichki va tashqi qismida olib yurishni bilish. Uchib kelayotgan to`pni urib qaytarishni va yon chiziqdan to`pni o`yinga kiritishni bajarish.
O`quv mezonlari:
1. 30 metrga yugurish: 4,9 - 5,1 - 5,3 soniya.
2. Baland turnikda tortilish: 8-7-6 marta.
3. Turgan joydan uzunlikka sakrash: 175 - 165 - 145 sm.
4. 30 metrga to`pni olib yurish: 6,2 - 6,4 - 6,8 soniya.
5. To`pni oyoqda janglyor qilish.
6. 4 x 10 metrga mokisimon yugurish: 10,3 - 10,6 - 10,8 soniya.
Uyga beriladigan topshiriqlar:
1. Ertalabki gigienik gimnastika(10-12 mashq).
2. Turgan joyda arg`amchida 80 martagacha sakrash.
3. 10 daqiqagacha asta-sekin yugurish.
4. 4 x 10 metrga mokisimon yugurish (2-3 daqiqa dam olish bilan 3-4 marta takrorlash).
5. To`pni oyoqda janglyor qilish.
6. 3-5 to`siqni aylanib to`pni olib yurish.
7. To`pni uzoqqa tashlash.
8.Tezkorlik-kuchlanish bo`yicha mashqni bajarish.
9. Qo`llarga tayanib yotgan holda qo`llarni bukish va yozish (15 marta).
HARAKATLI O`YINLAR
Nazariy ma`lumotlar:
Harakatli o`yinlarning tashkiliy tuzilishi, ularning mazmuni murakkabligi, sport turlari elementlari bilan uzluksiz bog`liqligi hamda sport o`yinlariga tayyorlanadigan xususiyatlari (masalan, "To`p uchun kurash", "To`p kapitanga" va h.o.).
O`quvchilarga qo`yilgan talablar:
Sport turlari elementlariga o`rgatishda o`quvchilardan o`yinni mustaqil tashkil qilishni talab etish. Masalan, gimnastika o`rindiqlaridan yugurib o`tish, sakrab tushish, gimnastik tayoqchalarni olib hatlab o`tish, sakrab-yugurib olib kelish, estafetalar. Sport o`yinlaridan voleybolga taalluqli bo`lgan o`yinni mustaqil tashkil qilib o`tkazish va h.o.
|
| |