• Qizlar uchun: Ikki marta oldinga o`mbaloq oshish, orqaga o`mbaloq oshish, kurakda turish. Ko`prikda turish va yon tomonga aylanib turish. Osilish va tayanish.
  • Umumrivojlantiruvchi mashqlar




    Download 1,7 Mb.
    bet211/216
    Sana15.01.2024
    Hajmi1,7 Mb.
    #137371
    1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   216
    Bog'liq
    Оптималлаштирилган ў ув дастури

    Umumrivojlantiruvchi mashqlar:
    Juft bo`lib, buyumlarsiz va buyum bilan, gimnastika narvonida va o`rindiqda egiluvchanlikni, kuchni, tezkorlik va chidamlilikni tarbiyalaydigan mashqlar bajarish.
    AKROBATIKA
    O`g`il bolalar uchun:
    Har xil D.H dan oldinga o`mbaloq oshish. Buyumlar ustidan o`mbaloq oshish, 2-3 qadam yugurib kelib, uzoqqa o`mbaloq oshish. Sherigi yordamida qo`llarda tik turish. Chalqancha yotgan holatdan "ko`prik" yasash.
    Qizlar uchun:
    Ikki marta oldinga o`mbaloq oshish, orqaga o`mbaloq oshish, kurakda turish. Ko`prikda turish va yon tomonga aylanib turish.


    Osilish va tayanish.
    Turnikda: osilishdan quch bilan tayanishga ko`tarilish. Gavdani bukib-yozish bilan tortilish bilan tebranishga o`tish. Osilib tebranishda gavdani keskin yozish bilan tayanchga ko`tarilish. Turnikda tayanishdan oyoq va gavda bilan oldinga yarim oysimon harakat qilib, osilishga tushib tebranish.
    Qo`shpoyalarda qo`llarda tayanishdan tebranib, oldinga siltanish bilan tayanchga ko`tarilish. Qo`shpoyada tirsakka tayanib turishdan tebranib, orqaga siltanish bilan tayanchga ko`tarilish. Qo`sh-poyada tayanib tebranishda, oldindan (orqadan) sakrab tushishlar va 90°- 180° burilib bajarish.
    5 metrli arqonga, qo`llar yordamida (vaqtga qarab) tirmashib chiqish (10-13-18 soniya). Shuni 90° burchak hosil qilib bajarish. To`xtab-to`xtab tirmashib chiqish (ma`lum balandlikda to`xtash uchun belgilar qo`yiladi).
    Tayanib sakrash (o`g`il bolalar); 120 sm balandlikdagi uzunasiga o`rnatilgan xari ustidan (gimnastika ko`prigi-1 mm oraliqda) oyoqlarni kerib (bukib) sakrashni takrorlash. Yonlamasiga o`rnatilgan ot ustidan qo`llar bilan otning o`ng-chap qismiga tayanib, oyoqlarni kerib sakrab o`tish. Shu usulni otni 20-30-45 burchak bo`yicha o`rnatib bajarish.
    Qiz bolalar: 110 sm balandlikdagi uzunasiga o`rnatilgan xari ustidan oyoqlarni kerib, sakrab o`tish. Ot (kon) ustidan (yonlama) sakrashlar. Yonlama qo`yilgan ot ustidan "oyoqlarni bukib" sakrab o`tishlar, oyoqlar tayanchning o`ng va chap tarafidan o`tish.

    Download 1,7 Mb.
    1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   216




    Download 1,7 Mb.