|
VOLEYBOL
Nazariy ma`lumotlar
|
bet | 208/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастуриVOLEYBOL
Nazariy ma`lumotlar:
1. O`quvchilarni bir-birlariga qarama-qarshi kolonnalarda ikki qo`llab to`pni yuqoridan uzatish va bir necha marta o`z ustidan uzatishga o`rgatish.
2. Voleybol to`pini to`r ustida musht bilan urib qaytarish.
3. To`pni pastdan to`g`riga uzatish, uzatilgan to`pni qabul qilish va qaytarish.
4. To`r ustida hujumini tanishtirish va o`rgatish.
5. 3 marta tegish voleybol o`ynash ko`nikmasiga, 2 guruh o`rtasida o`ynashni mustahqamlash.
O`quvchilarga qo`yilgan talablar:
Musobaqa qoidasini bilish, oldingi o`rgatilgan mashqlarni mustahqamlash va o`yin davomida qo`llashni bilish.
O`quv mezonlari:
1. Turgan joyida yuqoriga sakrash:
- 50 sm balandlikka - "5" ball, 49-44 smga - "4" ball, 43-39 sm ga -"3" ball (o`g`il bolalar uchun) - 42 sm ga - "5" ball, 41-36 sm ga - "4" ball, 35-30 sm ga-"3" ball (qiz bolalar uchun).
2. Devorga doira shaklida chizilgan nuqtaga to`pni yuqoridan qo`l bilan urib tekqazish: 20 martaga -"5" ball, 15 martaga - "4" ball, 10 martaga - "3" ball.
3. To`pni bir-birlariga (polga yiqilmasdan) to`g`ri uzatish -15 martaga - "5" ball, 10 martaga -"4" ball, 8 martaga - "3" ball.
4. Nuqtaga pastdan to`g`riga yoki yonboshlab to`pni uzatib tegizish, maydonning chap va o`ng tomoniga mo`ljallab uloqtirish qoidalari texnikasini bajarishni baholash.
5. Raqibdan uzatilgan to`pni pastdan ikki qo`l bilan qabul qilish va qaytarish (texnikaga bajarish ballanadi).
6. Ikki guruh o`rtasida o`quv-mashq o`yinini tashkil etish.
Uyga beriladigan topshiriqlar:
1. Berilgan mashqlarda chidamlilikni oshirish (bardosh berish).
2. Voleybol o`ynash qonun qoidalarining texnikasini mustahkamlash.
3. Tezkorlikni, kuchlilikni o`stirish mashqlarini, 6-7 sinfda o`rgatilgan mashqlarni takrorlash.
QO`L TO`PI
Nazariy ma`lumotlar:
1. Jismoniy tarbiya bilan shug`ullanuvchining kun tartibi.
2. Ovqatlanish, uyqu va suv ichish gigienasi.
3. Inson organizmiga fiziologik yuklamaning ta`siri to`g`risida tushuncha.
4. O`yinga hakamlik qilish.
|
| |