|
BASKETBOL
Nazariy ma`lumotlar
|
bet | 207/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастуриBASKETBOL
Nazariy ma`lumotlar:
1. Basketbol o`yinining taktik tushunchasi.
2. Basketbol o`yini qoidasi.
O`quvchilarga qo`yilgan talablar:
Himoya va hujum taktikasining asoslarini bilish, to`pni ilib olish, uloqtirish, o`rganilgan usullar yordamida joyni almashtirib, qarama-qarshi harakatlarda mashq qilish, to`pni polga urib yurish-yugurishda qarshi jamoa o`yinchisiga (1x1) nisbatan tezlikni va tomonlarni o`zgartirib harakat qilish, to`pni yaqin masofadan to`htatib, sakrab halqaga tashlash, o`quv-mashqi darsida o`yinchini "ushlab" himoya jamoasi o`yinchilari to`pni egallab olgunga qadar turishni bilish, o`rganilgan basketbol elementlari yordamida ikki tomonlama o`quv-mashq o`yini.
O`quv mezonlari:
1. Barcha o`rganilgan basketbol elementlari bo`yicha texnikani ballga topshirish.
2. Sakrab to`pni uloqtirish (shitga urish): 15 marta uloqtirishga - "5" ball, 12 martaga - "4" ball, 8 martaga - "3" ball (o`g`il bolalar uchun); 8 marta uloqtirishga -"5" ball, 6 martaga -"4" ball, 4 martaga - "3" ball (qizlar uchun).
3. Jarima to`pini (8 imkoniyatdan) tashlash: 4 marta tushirishga - "5" ball, 3 ga - "4" ball, 2 ga - "3" ball (o`g`il bolalar va qizlar uchun talablar bir xil).
4. Usullar birlashmasi:
- harakatda to`pni ilib olish, to`pni ildam aylantirib ketish, to`xtab, sakrab o`rganilgan usulda halqaga tashlash;
- to`pni uzatish, otilib chiqish, ilib olish, urib yurish, o`rganilgan usulda halqaga tashlash.
Uyga beriladigan topshiriqlar:
1. Qo`llarga tayangan holda bukish va yozish: (o`g`il bolalarga) 12 martaga - "5" ball, 10 ga - "4" ball, 7 ga - "3" ball.
Qo`llarni devorga 45° burchak hosil qilib tayanib bukish va yozish: (qizlarga) 20 martaga - "5" ball, 15 martaga -"4" ball, 10 martaga - "3" ball.
2. Bir oyoqda tizzalarni ko`krakka tortib sakrashlar: 7 marta o`g`il bolalarga, 5 marta qizlarga.
3. To`pni bir qo`ldan ikkinchi qo`lga gavda atrofidan aylantirib uzatish (10 marta), har bir oyoqda to`pni "sakkiz" shakl yasab uzatishlar (alohida 5 martadan).
|
| |