• RAQS ELEMENTLARI
  • O`quvchilarga qo`yilgan talablar: Vaqtni hisobga olmagan holda 25, 50 metr suzishni bilish. Uyga beriladigan topshiriqlar
  • 8-SINF Jismoniy tarbiya 68 soat (haftasiga 2 soat) GIMNASTIKA Nazariy ma`lumotlar
  • Umumrivojlantiruvchi mashqlar
  • Harakatli o`yinlar va estafetalar




    Download 1,7 Mb.
    bet204/216
    Sana15.01.2024
    Hajmi1,7 Mb.
    #137371
    1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   216
    Bog'liq
    Оптималлаштирилган ў ув дастури

    Harakatli o`yinlar va estafetalar:
    "Olimpiya globusi", "Sehrli kataklar", "Podachi", "Chirgizak", "Qo`riqchi", "Qirq tosh", "Oq suyak", "Doira", "Doira bo`ylab katta estafeta", "To`p uchun kurash", "To`p kapitanga", "Tun va kun", "Qarmoqcha", "G`ildiraq", "Arqon tortish", "Mergan", "To`pni tez ol", "Havoi to`p", "Chavandozlar", "Taqiqlangan harakat", "Kechib o`tish", "To`pga tegib ketma", "Tez olib ot", "Otishma", "Bo`ron" va shular qabi o`yinlar yordamida o`quvchilarda hayotiy fazilatlarni tarbiyalash va rivojlantirish.


    RAQS ELEMENTLARI
    Milliy raqs elementlarini uyg`unlashtirish: "Tanovor", "Rohat", "Bayot", "Farg`ona ruboiysi", "Do`stlik valsi" va boshqalar. Ritmik gimnastika. Badiiy gimnastika elementlari.
    SUZISh
    Suzishning brass usulini o`rgatuvchi maxsus mashqlar.
    Elementlari bo`yicha brass usulida suzish. Brass usulida suzish vaqtida burilishlar. Suzishning bir turini tanlash. Tanlangan usulda 300 metr masofaga suzish, dam olish oralig`i bir daqiqadan 30 soniyagacha bo`lib, 25-50-75 va 100 metrli masofani o`zgaruvchan har xil tezliklarda suzish. Suvdagi o`yinlar "Chexarda", "G`ovvoslar".
    O`quvchilarga qo`yilgan talablar:
    Vaqtni hisobga olmagan holda 25, 50 metr suzishni bilish.
    Uyga beriladigan topshiriqlar:

    • Ba`zi tana mushaklar guruhini rivojlantirish uchun maxsus 6-8 ta mashqlarni mustaqil bajarish.

    • Bir oyoqda navbatma-navbat o`tirib turish ("To`pponcha"), o`g`il bolalar 8-10 marta, qiz bolalar 6-8 marta.



    8-SINF
    Jismoniy tarbiya 68 soat
    (haftasiga 2 soat)
    GIMNASTIKA
    Nazariy ma`lumotlar:
    1. Sog`lom turmush tarzining ahamiyati.
    2. Davolash va tuzatish gimnastikasining ta`siri.
    3. Shikastlanganda birinchi tibbiy yordam.
    4. Ertalabki gimnastika mashqlarining majmuasini mustaqil tuzish.
    Umumrivojlantiruvchi mashqlar:
    Mashqlarni buyumli va buyumsiz bajarish.
    Buyumsiz mashqlarni harakat qilish raqslari bilan bajarish: "Do`stlik valsi", "Ritmik gimnastika mashqlari", "Hayot" va boshqa raqslarni bajarish.
    Buyumlar bilan mashqlar: gimnastik narvonda mashqlar bajarish, juft bo`lib mashqlar bajarish (arg`amchi, to`plar, gimnastik tayoqcha, gantellar, gardishlar bilan bajarish).
    AKROBATIKA
    1. Oldinga o`mbaloq oshish. Bir necha ketma-ket orqaga o`mbaloq oshish.
    O`qituvchining yordami bilan cho`qqayib tayanish holatidan qo`llarda tik turish holatiga otish bilan orqaga o`mbaloq oshish.
    2. Uzoqqa o`mbaloq oshish: oldinga o`mbaloq oshish, to`ldirma to`p ustidan oldinga o`mbaloq oshish. 40-60 sm balandlikdagi to`siq ustidan yugurib kelib o`mbaloq oshish.
    3. Bosh va qo`llarda tayanib tik turish (o`g`il bolalar uchun).
    4. Cho`qqayib tayanishdan ikki oyoq bilan depsinib, qo`llarga tik turish (yordam bilan).

    Download 1,7 Mb.
    1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   216




    Download 1,7 Mb.