|
BASKETBOL
Nazariy ma`lumotlar
|
bet | 200/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастуриBASKETBOL
Nazariy ma`lumotlar:
1. Basketbol o`yinining mini-basketboldan farqi.
2. Jarima to`pini tashlash qoidalarini bajarish.
3. O`zbekistonda va xorijiy mamlakatlarda basketbolning rivojlanganligi to`g`risida qisqacha ma`lumotlar.
O`quvchilarga qo`yilgan talablar:
To`p bilan orqaga, oldinga aylanishlarni bilib bajarish, to`pni yerga (polga) urib kelish va to`xtash, qarshi komanda o`yinchisidan to`pni urib tushirish va tortib olish, to`pni harakatda o`ng va chap qo`l bilan yelkadan boshqa qo`l yordamida, o`rganilgan usul bilan tushirish, turli basketbol elementlarini qo`llab ikki tomonlama o`ynash.
O`quv mezonlari:
1. Barcha o`rganilgan basketbol elementlarini bajarish texnikasi baholanadi.
2. To`pni polga (yerga) urib o`ng va chap qo`l bilan jarima maydonini aylanib o`tib harakatda bir qo`l bilan halqaga tashlash.
12 soniyaga - "5" ball, 15 soniyaga - "4" ball, 20 soniyaga - "3" (o`g`il bolalar uchun) ball qo`yiladi. 15 soniyaga - "5" ball, 20 soniyaga - "4" ball, 25 soniyaga - "3" (qizlar uchun) ball qo`yiladi.
3. Jarima to`pini 7 imkoniyatdan o`g`il bolalar, 8 imkoniyatdan qizlar 4 marta tushirsa - "5" ball, 3 marta tushirsa - "4" ball, 1 marta tushirsa - "3" ball qo`yiladi.
4. To`pni o`rganilgan usulda o`ng va chap tomondan shitga tekkizib tushirish (3 imkoniyatdan, 3 metr masofa):
- 4 martaga - "5" ball, 3 martaga - "4" ball, 2 martaga - "3" ball o`g`il bolalar uchun;
- 4 martaga - "5" ball, 2 martaga - "4" ball, 1 martaga - "3" ball qiz bolalar uchun qo`yiladi.
Uyga beriladigan topshiriqlar:
Devorga 45° burchak hosil qilib qo`llarni bukib yozish:
- 20 martaga - "5" ball, 17 martaga - "4" ball, 12 martaga - "3" ball o`g`il bolalar uchun;
- 15 martaga - "5" ball, 12 martaga - "4" ball, 10 martaga - "3" ball qizlar uchun qo`yiladi.
2. Joyda turib tizzalarni ko`krakgacha ko`tarib sakrashlar. Ikki imkoniyatdan 7 marta o`g`il bolalar va 4 martadan qizlar uchun.
3. To`pni bir qo`ldan ikkinchi qo`lga gavdaning atrofidan aylantirib o`tkazish (5 marta bir tomonga).
|
| |