|
VOLEYBOL
Nazariy ma`lumotlar
|
bet | 201/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастуриVOLEYBOL
Nazariy ma`lumotlar:
Maktabda voleybol o`yini va uning ahamiyati to`g`risida tushuncha berish. Voleybol bilan shug`ullanishdan oldin va o`yin vaqtida tibbiy nazoratdan o`tish va tekshirtirib turishni o`rgatish.
O`quvchilarga qo`yilgan talablar:
Voleybol o`ynash, to`pni qabul qilish va qaytarish, qoidalarni bilish, uy vazifalarini bajarish, ikki tomonlama setkada o`ynashni bilish. 3 urinish orqali setkada 2 guruh o`rtasida o`ynash. Voleybol o`ynash malakalarini o`stirish uchun to`pni yuqoridan, pastdan, yon tomondan ikki qo`lda qabul qilib olish va qaytarish, turgan joylarini tezda o`zgartira olishni o`rgatish. Mushtumda to`pni qaytarish. Pastdan to`g`riga qarab to`pni uloqtirish. Setkada ikki guruh o`rtasida 3 urinish bilan qoidasiga rioya qilgan holda bir-birlariga to`pni uzatib o`ynashni o`rgatish.
O`quv mezonlari:
1. Turgan joydan yuqoriga sakrashni baholash: o`g`il bolalarga 45 smga -"5" ball, 44-38 smgacha "4" ball, 37-34 smgacha - "3" ball qo`yiladi.
Qiz bolalarga 40 sm ga - "5" ball, 35-39 smgacha - "4" ball, 29-34 sm gacha - "3" ball qo`yiladi.
2. To`pni o`z ustidan uzatib o`ynashni baholash: 15 marta to`pni tushirmasdan o`ynasa - "5" ball, 12 martaga - "4" ball, 10 martaga -"3" ball qo`yiladi.
3. Pastdan qelgan to`pni ikki qo`lda qabul qilish va qaytarish mahoratini baholash.
4. To`pni pastdan to`g`riga uzatish: 10 ta uzatishdan, 7 martaga - "5" ball, 6 martaga -"4" ball, 5 martaga -"3" ball qo`yiladi.
Uyga beriladigan topshiriqlar:
1. Umumrivojlanish mashqlaridan 10-12 tasini bajarish.
2. 6-8 daqiqagacha yugurish.
3. 3-4 marta yo`nalishni o`zgartirgan holda yugurish.
4. Turgan joydan uzunlikka 10-12marta sakrash.
5. 4 daqiqagacha arg`amchida sakrash.
6. Oyoqdan-oyoqqa sakrab yugurish 10-12 marta.
7. Tizzalarni ko`tarib sakrash -10 marta.
8. Ikki oyoqda ko`p marotaba yuqoriga sakrash.
9. Yuqorida osilib turgan narsalarga qo`lni tekqizib 10-12 marta sakrash.
10. Qo`llarga tayanib 15-20 martagacha qo`llarni bukish va yozish.
11. Turnikda tortilish, o`g`il bolalarga - 8 marta, past turnikda qizlarga – 8-10 marta.
12. Og`irligi 2 kg gacha bo`lgan gantellar bilan 6-7 ta mashq bajarish.
|
| |