|
O`quvchilarga qo`yilgan talablar
|
bet | 209/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастуриO`quvchilarga qo`yilgan talablar:
Mokisimon yugurishda to`pni yerga urib yurish va yugurishlar. Maydon bo`ylab o`yinchilarning joylashishlari. Ikki tomonlama o`yinda to`pni otish, uzatish, ilib-olishlarni bilish. Ikki tomonlama o`yinda darvozaga yonboshlab otishni sinab ko`rish.
O`quv mezonlari:
1. To`pni aniq nishonga 10 tadan 7- 6 - 5 marta tushirish.
2. Tezlikda to`pni yerga urib yugurish: O`g`il bolalarga 7,0 - 7,2 - 7,3 soniya;
qizlarga 7,0-7,1 -7,3 soniya.
3. Yonboshlab (texnikaga) o`tish (tennis to`pidan foydalanish ham mumkin).
Uyga beriladigan topshiriqlar:
1. To`pni yerga urib yurish, yugurish va yonboshlab otish.
2. Chalg`itish mashqlarini bajarish (oynaga qarab).
3. Oyoqlar bilan devor oldida harakatlar qilish, quchni rivojlantirish mashqlari. Kross tayyorgarlik.
FUTBOL
Nazariy ma`lumotlar:
Futbolda irodaviy va psixologik tayyorgarlikning ahamiyati. Tamaki va spirtli ichimliklarni iste`mol qilishning zarari. Futbol o`yinining taktikasi. Sherigiga to`pni uzatish. O`yin qoidalari: to`p o`yinda va o`yindan tashqari holatda, "o`yindan tashqari" holat.
O`quvchilarga qo`yilgan talablar:
1. 30 metrga yugurish: 4,8 - 5,0 - 5,2 soniya.
2. Turgan joydan uzunlikka sakrash: 180-170- 155 sm.
3. 30 metrga to`pni olib yurish bilan yugurish: 6,0 - 6,2 - 6,6 soniya.
4. To`p bilan oyoqda janglyor qilish: 12-10-8 marta.
5. To`pni chap va o`ng oyoqda tepish. Ularning yig`indisi 55 - 50 - 45 metrga teng bo`lishi kerak.
Uyga beriladigan topshiriqlar:
1. Ertalabki gimnastika.
2. 13 daqiqa davomida asta-sekin yugurish.
3. Turgan joyda arg`amchida 90 marta sakrash.
4. 4 x 10 metrga mokisimon yugurish (2-3 daqiqa dam olish bilan 3-4 marta yugurish).
5. To`p bilan oyoqda va boshda janglyorlikni bajarish.
6. To`pni oyoqda oz vaqtida va aniq tepishni bilish (devorga, nishonga, sherigiga).
7. O`rindiqqa tayanib yotgan holda qo`llarni bukish va yozish (20-30 marta).
|
| |