|
KURASH
Nazariy ma`lumotlar
|
bet | 215/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастуриKURASH
Nazariy ma`lumotlar:
1. Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasi, konfederatsiyalar va milliy federatsiyalar.
2. Kurash musobaqalarining turlari haqida.
3. Jarohatlanganda va shikastlanganda birinchi yordam ko`rsatish.
4. Hammomda bug`lanish va uqalashni o`rganish.
5. Kurash texnikasi va taktikasi haqida.
O`quvchilarga qo`yiladigan talablar:
Sinov imtihoni:
-7 turkumli kurash usullari turlarini amalda bajarsa, - "5" ball;
-7 turkumli kurash usullari turlarini ikki usulini bajara olmasa, - "4" ball;
-7 turkumli kurash usullarining asosini aniq bajarib, usul turlarini bajara olmasa, - "3 "ball;
-7 turkumli kurash usullarini bajara olmasa, - "2" ball.
RAQS ELEMENTLARI
Milliy raqs elementlarini uyg`unlashtirish: "Munojot", "Rohat", "Tanovor" va boshqalar.
Badiiy gimnastika.
Qo`llar yordamida assimmetrik harakatlar bilan har xil me`yorda turli mashqlar bajarish, har xil tezlikda qo`llar bilan (tulki holatda) mashqlar bajarishda qo`llarning yo`nalish harakatlari holatini tebrantirish. 85-90 sm li gardish bilan mashqlar bajarish. Gardishlarni o`ng va chap qo`l bilan o`z oldida va orqa tomonga aylantirish.
Tasma (lenta) bilan mashqlar (uzunligi 5 metr); har xil yo`nalishda, yuqoriga, pastga, orqaga, chapga, o`ngga, ilon izi, tik va yonbosh, har xil balandlikda va burama (spiral) tekisliklarda. Mashqlar majmuasi (buyumlarsiz) va raqs harakatlarini dinamikasi va ohangiga mos ravishda murakkablashtirish. Xalq raqslari elementlaridan iborat mashqlar.
SUZISH
Nazariy ma`lumotlar:
Inson salomatligini yaxshilashda suzishning ahamiyati. Suzishda asosiy qoidalarga amal qilish. Gigienik talablar.
O`quvchilarga qo`yiladigan talablar:
Masofa qismlarini har xil tezlikda suzib o`tish (200 metrga). Suvda cho`kayotgan kishini olib chiqish usullari. Suvda cho`kayotgan kishiga shifokor kelguniga qadar birinchi yordam ko`rsatish. 1 metr balandlikdan suvga sakrash. Musobaqalarda qatnashish.
|
| |