|
Оптималлаштирилган ўқув дастури
|
bet | 214/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастуриO`quv mezonlari:
1. Raqib tomondan kelayotgan to`pni ikkala qo`l bilan pastdan qabul qilish.
2. To`pni yuqoridan raqiblar tomonga uzatish qoidasini baholash (uzatilgan to`p maydonga albatta tushishi kerak).
3. Hujumchining o`rin almashish qoidasini to`g`ri bajarishini baholash.
4. Ikki tomonlama o`yinda qoidalarning bajarilishi baholanadi.
Uyga beriladigan topshiriqlar:
1. Jismoniy kuchli mashqlarni, sakrashni, uzoq vaqt mashqni bajarishda chidamlilikni oshirish.
2. Voleybol o`ynash mashqlarini, qoidalarini mustahkamlash.
3. 4-5-6 nafar o`quvchilarga voleybol mashqlarini o`rgata bilish.
FUTBOL
Nazariy ma`lumotlar:
Kishi hayotida jismoniy tarbiyaning katta ahamiyatga ega ekanligi to`g`risida bilish. O`quvchilarni hayotga va mehnat faoliyatiga tayyorlash. Futbol o`yini, o`yinchilarning tartib va intizomini buzmasliklari qoidalari, jarima va erkin to`p tepish, futbol taktikasi ("standart" holatda bajariladigan kombinatsiyalar).
O`quvchilarga qo`yilgan talablar:
Uchib kelayotgan to`pni sakrab bosh bilan urib qaytarishni bajarishni bilish. O`quvchilarni raqibdan to`pni olib qo`yish texnikasi bilan tanishtirish. Texnika va taktika usullarini bilish.
O`quv mezonlari:
1. 30 metrga yugurish: 4,5 - 4,7 - 5,0 soniya.
2. 30 metrga to`p bilan yugurish: 5,7 - 6,0 - 6,3 soniya.
3. Turgan joydan uzoqlikka sakrash: 200 -180 - 160 sm.
4. To`p bilan oyoqda janglyorlikni bajarish: 20 - 18 - 15 marta.
5. To`pni uzoqqa tepish: o`ng va chap oyoqda tepilgan to`plar yigindisi - 60 - 55 - 50 metr bo`lishi kerak.
6. Baland turnikda tortilish: 10-8-7 marta.
Uyga beriladigan topshiriqlar:
1. Ertalabki gimnastika (12-15 mashq).
2. 15 daqiqa davomida asta-sekin yugurish.
3. Arg`amchida 100 marta sakrash (o`ng, chap, ikki oyoqda).
4. 4 x 10 metrga mokisimon yugurish (dam olish bilan 5 marta bajarish).
5. To`pni 5-6 to`siqdan aylantirib o`tish va aniq nishonga tepish.
6. To`pni oyoqda va boshda janglyorlik qilishni bajarish.
7. Qo`llarga tayanib yotgan holda qo`llarni bukish va yozish (barmoqlarda, mushtda, chapak chalib bajarish - 25 marta).
|
| |