|
Uyga beriladigan topshiriqlar
|
bet | 195/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастуриUyga beriladigan topshiriqlar:
1.Egiluvchanlik va mushaklarni rivojlantiruvchi mashqlarni qaytarish.
2. Ertalabki gigienik gimnastika mashqlaridan 8-10 tasini mustaqil bajarish.
3. 10 daqiqagacha yugurish.
4. Arg`amchida 3 daqiqagacha sakrash.
5. Chap va o`ng oyoqda galma-galdan sakrash.
6. Ikki oyoqda har xil usulda yuqoriga sakrash.
7. Yuqorida osilgan predmetga qo`lni tekqizish uchun 15-20 marta sakrash.
8. Turnikda osilib 4-7 marta gavdani ko`tarish.
9. Polga qo`l bilan tayanib, qo`llarni bukish va yozish.
10. 2 kg gacha bo`lgan gantellar bilan 4-5 marta mashqlar qaytarish.
QO`L TO`PI
Nazariy ma`lumotlar:
Jismoniy mashqlar bilan shug`ullanilayotgan davrda tibbiy nazoratda bo`lib turishning ahamiyati. O`yin davomida yuklamaning taqsimlanishi. O`yin va musobaqa qoidalari.
O`quvchilarga qo`yilgan talablar:
1. Himoyada yakkama-yakka harakat qilishni bilish.
2. To`pni darvozaga pastdan, yuqoridan uloqtirishda to`siq hosil qilishni bilish.
3. Kuchni rivojiantirishga qaratilgan mashqlarni bajarish.
O`quv mezonlari:
1. To`pni 30 metrgacha yerga (polga) urib yurish, yugurish.
2. Qator qo`yilgan to`siqlardan (ustunchalar, bayroqchalar, to`ldirma to`plar) aylanib o`tish: O`g`il bolalar uchun - 20 soniya, qiz bolalar uchun - 25 soniya.
3. Aniq nishonga uloqtirish: O`g`il bolalar 20 martadan 18, 16, 14 tasini, qiz bolalar esa 16, 14, 12 tasini tushirishi lo`zim.
4. Tennis koptogini aniq nishonga tushirish: O`g`il bolalar 10 tadan 7 ta, qiz bolalar 10 tadan 6 ta.
Uyga beriladigan topshiriqlar:
Kuchni rivojlantiruvchi mashqlar. To`pni yerga urib yurish. Uloqtirish va ushlash (sherik bo`lib), uchib kelayotgan to`pni oyoq bilan qaytarish.
FUTBOL
Nazariy ma`lumotlar:
O`quvchilarning harakat sifatlari haqida tushuncha berish (kuch, tezkorlik, epchillik, chidamlilik). Yurakning qisqarish tezligini mustaqil o`lchash. Musobaqa qoidalarini bilish. Futbol texnikasi va taktikasi.
|
| |