• 5-SINF Jismoniy tarbiya 68 soat (haftasiga 2 soat) (GIMNASTIKA) Nazariy ma`lumotlar
  • Umumrivojlantiruvchi mashqlar
  • Muvozanatni saqlash mashqlari.
  • Quvnoq o`yinlar va estafetalar.
  • Uyga beriladigan topshiriqlar
  • YENGIL ATLETIKA Nazariy ma`lumotlar
  • O`quvchilarga qo`yilgan talablar
  • BASKETBOL Nazariy ma`lumotlar
  • Оптималлаштирилган ўқув дастури




    Download 1,7 Mb.
    bet187/216
    Sana15.01.2024
    Hajmi1,7 Mb.
    #137371
    1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   216
    Bog'liq
    Оптималлаштирилган ў ув дастури

    Dastur bo`limlari



    Sinflar



    1



    2



    3



    4



    5



    6



    7



    8



    9



    1.



    Nazariy bilim asoslari



    Dars jarayonida



    2.



    Gimnastika



    16



    16



    16



    14



    10



    10



    8



    8



    8



    3.



    Yengil atletika



    14



    16



    16



    18



    14



    14



    14



    16



    14



    4.



    Harakatli va sport o`yinlari elementlar



    38



    36



    36



    12



    2



    2



    2



    -



    -



    5.



    Sport o`yinlari (basketbol, voleybol, qo`l to`pi)

    -



    -



    -



    12

    20

    20

    20

    20

    20



    6.



    Futbol o`yini


    -



    -



    12



    12



    12



    12



    12



    12



    7.



    Kurash



    -



    -



    -



    -



    10



    10



    12



    12



    14



    8.



    Suzish










    Jami:



    68



    68



    68



    68



    68



    68



    68



    68



    68





    5-SINF
    Jismoniy tarbiya 68 soat
    (haftasiga 2 soat)
    (GIMNASTIKA)
    Nazariy ma`lumotlar:
    1.Ertalab darsgacha o`tkaziladigan gimnastika mashqlarini bajarish qoidalari.
    2. Maktab o`quvchilarining ovqatlanish tartibi.
    3. Jismoniy mashqlarni bajarishda qo`llaniladigan gigienik omillar.
    4. Jismoniy mashqlarni bajarishda shikastlanishning oldini olish.
    Umumrivojlantiruvchi mashqlar:
    Buyumsiz va buyumlar bilan bajariladigan mashqlar. Sakrashlar, cho`qqayib o`tirishlar, har xil yo`nalishda egilish va tayanishlarni, birga qo`shilgan mashqlar majmuasini bajarishni o`rgatish.
    AKROBATIKA
    Bir oyoqda (chap yoki o`ng) "Qaldirg`och" bo`lib turish. Oldinga ikki marta o`mbaloq oshish, orqa tomonga oyoqlarni yuqoriga ko`tarib kuraklarda tik turish, chalqancha yotgan holda ko`prik hosil qilish. Turgan joyda bir qadam oldinga chiqib, qo`llarni yonga ko`tarish
    Muvozanatni saqlash mashqlari.
    1. Yakka cho`p yonida ikki qo`l bilan tayanib, o`ng oyoqni oldinga siltab otkazib, yakka cho`p ustiga chiqib chap tomonga burilib, oyoqlarni ochib o`tirish (yakka cho`p balandligi 900-100 sm).
    2. Oyoqlarni orqaga siltab, oldinga qo`llarni bukib qorinda yotish.
    3. Qo`llarni yozib (to`g`irlab) gavdani ko`tarib turish.
    4. O`ng oyoqni oldinga bukib, yarim o`tirib, qo`llarni yonga uzatish.
    5. Chap oyoqni o`ng oyoq orqasiga qo`yib, qo`llarni yondan yuqoriga ko`tarib, oyoq uchida tik turish.
    6. Chap oyoqni yarim bukib oldinga qadam tashlab yurish, o`ng qo`lni orqadan doira shaklida aylantirib yuqoriga ko`tarish.
    7. O`ng oyoqni chap oyoq kabi bukib oldinga qadam tashlab, chap qo`lni orqadan aylantirib yuqoriga ko`tarish.
    8. Chap oyoqni o`ng oyoq yoniga qo`yib, chap tomonga burilish, qo`llarni oldinga tushirib orqaga uzatish, oyoqlarni yarim bukkan holda yuqoriga kerilib sakrab tushish (yakka cho`p bo`lmagan taqdirda gimnastik o`rindiqda bajarilishi mumkin).
    Quvnoq o`yinlar va estafetalar.
    O`rgatilgan akrobatika mashqlaridan, sakrash, yurish, to`siqlardan o`tish, arg`amchi, gardishlarda o`rgatilgan mashqlardan, to`plarni polga urib yurish mashqlaridan iborat quvnoq o`yinlar va estafetalarni o`tish.
    O`quvchilarga qo`yilgan talablar:
    1. 6-8 ta gimnastik mashqlarni mustaqil bajara olish.
    2. Oldinga, orqaga o`mbaloq oshish.
    3. Oyoq-qo`llar cho`zilib, chiqib yoki singanda birinchi tibbiy yordam ko`rsatish qoidalarini bilish.
    4. Turnikda tortilish.
    5. Gimnastik o`rindiqqa tayanib qo`llarni bukish va yozish. Qizlar uchun 4-6 marta.
    6. Mashg`ulot vaqtida sport kiyimlariga, gigienik qoidalarga e`tibor berishni bilish.
    O`quv mezonlari

    T/r



    Sinov mashqlari



    Natijalari va ballar

    O`g`il bolalar



    Qiz bolalar



    «5»

    «4»



    «3»



    «2»

    «1»



    «5»



    «4»



    «3»



    «2»

    «1»



    1.



    Baland turniqda tortilish (marta)



    5



    4



    3



    2

    1



    -



    -



    -



    -

    -



    2.



    Chalqancha yotgan holda gavdani 90° ga ko`tarish (marta)



    18



    15



    10



    8

    6



    15



    12



    7



    6

    4



    3.



    Arg`amchida 1 daqiqagacha sakrash (marta)



    70



    60



    50



    45

    40



    75



    65



    55



    50

    45



    4.



    Polga qo`l bilan tayanib, qo`llarni bukish va yozish (marta)



    13



    10



    6



    5

    3



    -



    -



    -



    -

    -



    5.



    Gimnastik o`rindiqqa tayanib, qo`l­larni bukish va yozish (marta)



    -



    -



    -



    -

    -



    5



    4



    3

    2

    1

    6.



    Gardishni belda 1 daqiqa aylantirish (marta)



    -



    -



    -



    -

    -



    60



    50



    45



    35

    25



    Uyga beriladigan topshiriqlar:
    1. Har quni 5-6 daqiqa ertalabki gimnastika mashqini bajarish.
    2. Turnikda tortilish (5-6 marta) - o`g`il bolalar uchun.
    3. Polga tayanib 10-12 marta qo`llarni bukish va yozish (o`g`il bolalar).
    4. O`rindiqqa tayanib qo`llarni 8-10 marta bukish va yozish (qizlar).
    5. Chalqancha yotgan holda 90° gacha gavdani 12-15 marta ko`tarish.
    6. Har kuni 4-6 daqiqa sekin yugurish.
    YENGIL ATLETIKA
    Nazariy ma`lumotlar:
    Jismoniy mashqlar mashg`ulotining gigienik qoidalari. Uyga berilgan mashqlarni mustaqil ravishda bajarish qoidalari. Yugurish vaqtida to`g`ri nafas olish, o`quvchilarning harakat va ovqatlanish tartibi. Mashg`ulot paytida xavfsizlik qoidalari.
    O`quvchilarga qo`yilgan talablar:
    Yengil atletika bo`yicha mashqlarni bajarishda xavfsizlik qoidalarini bilish zarur; yengil atletika bo`yicha o`quv mezonlarini egallash. Past startdan yugurishni o`rganish, 200-300 metrga 4-5 metrga yugurish bilan almashlab yugurishni birga qo`shib olib borish, tepalikka va tepalikdan pastga yugurib tushish. 3x10 metrga mokqisimon yugurish. 30, 60, 100, 400, 1000 metr masofalarga yugurish. Yugurib kelib “Oyoq bukish” usulida uzunlikka sakrashni o`rganish, yugurib kelib “Hatlab o`tish” usulida balandlikka sakrash mashqlarini bajarish. Ertalabki gigienik gimnastika bo`yicha uyga berilgan vazifani bajarish.
    O`quv mezonlari:
    1. 60 metrga yugurish:
    - o`g`il bolalar - 10,3 - 10,8 - 11,3 soniya;
    - qiz bolalar - 10,5 - 11,0 - 11,5 soniya.
    2. Yugurib kelib uzunlikka sakrash:
    - o`g`il bolalar - 330 - 300 - 250 sm;
    - qiz bolalar - 300 - 260 - 220 sm.
    3. Yugurib kelib balandlikka sakrash:
    - o`g`il bolalar - 100 - 90 - 80 sm;
    - qiz bolalar - 90 - 80 - 70 sm.
    4. 1000 metrga yugurish:
    - o`g`il bolalar - 4,20 - 4,40 - 5,10 daqiqa;
    - qiz bolalar - 5,30 - 6,00 - 6,30 daqiqa.
    5. 1500 metr ga yugurish:
    - o`g`il bolalar - masofani yugurishda yurish bilan yugurishni almashlab olib borish (vaqt hisobga olinmaydi).
    6.To`pni uloqtirish:
    - o`g`il bolalar- 35-30 - 22 metr;
    - qiz bolalar-22 – 19- 16 metr.
    7. 4 X 10 metrga mokisimon yugurish:
    - o`g`il bolalar - 10,6 - 11,1 - 11,6 soniya;
    - qiz bolalar- 11,1 - 11,6- 12,1 soniya.
    Uyga beriladigan topshiriqlar:
    1. Ertalabki gigienik gimnastika (badan tarbiya).
    2. 8-9 daqiqa davomida asta-sekin yugurish.
    3. Turgan joyda tizzani baland ko`tarib yugurish (3 x 10 metrga).
    4. Pastdan yuqoriga va yuqoridan pastga yugurish (5-6 x 20-30 metrga).
    5. Turgan joydan tennis koptogini devorga uloqtirish (to`g`ri bajarish, 10—13marta).
    6. Bir daqiqa davomida arg`amchida sakrash.
    7. Turgan joyda uzunlikka sakrash (10—12 marta).
    8. Oyoqdan-oyoqqa sakrash (kiyikcha sakrash) (20 marta).
    9. 3-5 metrdan yugurib kelib uzunlikka sarash.


    BASKETBOL
    Nazariy ma`lumotlar:
    1. Mustaqil uy topshiriqlarini bajarish qoidalari.
    2. Chiniqtirishning ahamiyati.
    3. Mini-basketbol o`yinining qoidalari.

    Download 1,7 Mb.
    1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   216




    Download 1,7 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Оптималлаштирилган ўқув дастури

    Download 1,7 Mb.