|
Оптималлаштирилган ўқув дастури
|
bet | 185/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастуриSINFDAN TASHQARI ISHLAR
Dasturning ushbu qismi jismoniy tarbiyaning sinfdan tashqari ish shakli mazmunini birlashtiradi. O`quvchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligini, sport turlaridan ba`zilarini, jismoniy tarbiya bayramlarini, sport musobaqalarini, Davlat ta`lim standartlarini topshirishga tayyorgarlik ko`rishlarini oz ichiga oladi.
SPORT MUSOBAQALARI
Maktab musobaqalarining o`tkazilishi - darsdan tashqari maktabning ommaviy sport tadbirlari haqida kalendar ish rejasiga muvofiq va maktab rahbarlarining nazoratida bo`lishi kerak. Avvalo, "Umid nihollari" musobaqasida qatnashish va "Alpomish", "Barchinoy" testlarini o`tkazish. Maktabning ichki musobaqalari sinflararo, sinf guruhlararo o`tkaziladi. Bundan tashqari musobaqalar shaxsiy birinchilik uchun ham o`tkaziladi («Yuguruvchi kuni», «Sakrovchi kuni» va boshqalar).
Maktab birinchiligi uchun sinflararo musobaqalar, spartakiada shaklida ham o`tkaziladi. Musobaqalar har xil sinflarda:
«O`qituvchilar va murabbiylar kuni» «Mustaqillik» va «Navro`z» bayramlariga bag`ishlab otkazilishi mumkin. Shunga o`xshash ommaviy sport turlari bo`yicha musobaqalarni maktablararo o`tkazishni amalga oshirish kerak. Tuman, shahar musobaqalariga qatnashish uchun maktablarda eng yaxshi sportchilardan terma jamoalar tuzib musobaqalarda qatnashiladi.
SPORT SEKSIYALARI
Seksiyalarning maqsadi - o`quvchilarning umumjismoniy tayyorgarligini oshirish, jismoniy tarbiya va sportning har turini vositalaridan foydalanish yo`li bilan o`quv dasturi asosini tuzish. Bu sho`balarga asosan boshlang`ich, o`rta sinf o`quvchilari jalb qilinadi. Ayniqsa tayyorgarlik va tibbiy guruhlarga ajratilgan o`quvchilar taklif qilinadi. Mashg`ulotlar haftasiga ikki marta 45- 60 daqiqadan o`tkaziladi. Umumiy rahbarlikni jismoniy tarbiya o`qituvchisi amalga oshiradi. Bunday mashg`ulotlarni o`tkazish uchun jamoatchi sport instruktorlari, yuqori sinf faollari, bolalar va o`smirlar sport maktablarining o`quvchi sportchilari jalb qilinadilar.
Sport sho`balari - sportning u yoki bu turi bilan shug`ullanuvchi o`quvchilar uchun tashkil qilinadi. Sport sho`balarini tashkil qilish uchun eng avvalo sharoit hisobga olinadi. Umumiy rahbarlik esa jismoniy tarbiya o`qituvchisiga yuklatiladi. Shunga o`xshash mashg`ulotlarni o`tish uchun jamoatchi ustoz murabbiy (trener), jamoatchi yo`riqchi, maktabning eng yaxshi sportchilari, bolalar va o`smirlar sport maktabining yaxshi sportchi o`quvchilari taklif qilinadi. Ba`zan haq to`lash yo`li bilan sport turlariga ustoz murabbiy (trener) taklif qilinadi. Mashg`ulotlari haftada 2-3 marta o`tkaziladigan sho`balarga qatnashadigan o`quvchilar oldin, albatta, tibbiy ko`rikdan o`tishlari shart (tibbiy nazorat maktabda yoki poliklinikada o`tkaziladi).
|
| |