• HARAKATLI O`YINLAR Nazariy ma`lumotlar
  • O`quvchilarga qo`yiladigan talablar
  • HARAKATLI O`YINLAR VA ESTAFETALAR
  • RAQS ELEMENTLARI
  • Uyga beriladigan topshiriqlar




    Download 1,7 Mb.
    bet183/216
    Sana15.01.2024
    Hajmi1,7 Mb.
    #137371
    1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   216
    Bog'liq
    Оптималлаштирилган ў ув дастури

    Uyga beriladigan topshiriqlar:
    1. Ertalabki gigienik gimnastika (8-10 mashq).
    2. Arg`amchida 50 marta sakrash.
    3. Yonlama va chalishtirma qadamlar bilan yugurish.
    4. Bolalarga tanish bo`lgan harakatli o`yinlarda qatnashish.
    5. 7-8 daqiqa davomida asta-sekin yugurish.
    6. O`rindiqda tayanib yotgan holda qo`llarni bukish va yozish (10 marta).


    HARAKATLI O`YINLAR
    Nazariy ma`lumotlar:
    Harakatli o`yinlarning insonning har tomonlama rivojlanishidagi ahamiyati, o`yinlar jarayonida ta`lim-tarbiya, axloq-odob, do`stlarga qanday munosabatda bo`lish belgilarini aniq misollar bilan yetkazish, harakat paytida o`zining qobiliyatini o`zi aniqlay bilish, uzoq-yaqinni, tevarak-atrofda qilinayotgan harakatlarni ko`ra bilish.
    O`quvchilarga qo`yiladigan talablar:
    Tanish harakatli o`yinlarni tashkil etishda o`qituvchiga, ona boshiga ko`maklashish, o`yinlar qoidasini, mazmunini tashkiliy tomonlarini bilish; tartib-intizom qoidalariga rioya qilish hamda harakat belgilari-sakrash, uloqtirish, tortilish, yugurish me`yorlarini bajarish.


    HARAKATLI O`YINLAR VA ESTAFETALAR
    "Oq terakmi, ko`k terak?", "Raqam bilan chaqirish", "Qirq tosh", "Kim chaqqon?", "Olib qochar", "To`pni tushirib yuborma", "To`rt tomondan to`p uzat", "To`pni savatga tashla", "Quloq cho`zma", "Tungi soqchi", "Otishma", "Bo`ron", "Qubba", "Doiraga tort", "Sakrab va o`rmalab o`tish estafetasi", "To`pni uzatib yugurish estafetasi", "Balandlikka sakrash estafetasi", "Yo`laklar bo`ylab sakrash", "Halqachani kiygizish", "Ilon izi bo`lib yurish", "Kalxat hujumi", "To`xtamasdan qidir", "Eng sezgir o`yinchi", "Kim ko`p qo`ziqorin teradi", "Bo`sh o`rin", "Otib qochar", "Estafetali yugurish", "Chizmadan shakl yasash", "Sehrli kataklar", "Man etilgan mashq" va boshqa o`yinlar bilan o`quvchilarni har tomonlama rivojlantirish.


    RAQS ELEMENTLARI
    Milliy raqs elementlarini uyg`unlashtirish: Juftlik raqs «Askariy», «Lazgi», «Doloncha», 16 ta raqs tushish elementlari. Ritmik gimnastika va badiiy gimnastika elementlari. 3-sinfda o`rgatiladigan milliy raqs elementlarini takrorlash.
    SUZISH
    3-sinfda o`tilgan mashqlarni takrorlash.
    Erkin suzish usulida suzish. 50 metrdan 100 metrgacha bo`lgan masofada erkin suzish. Suvdagi o`yinlar: «Koptok uchun kurash», «G`ovvos», «Torpedo».
    II QISM
    Umumta`lim maktablari kun tartibida jismoniy sog`lomlashtirish tadbirlari, tashkiliy-metodik ko`rsatmalarning mazmuni, vazifasi va maqsadi dasturning ushbu qismida ifodalangan. Ularga quyidagilar kiradi:
    - ertalabki badan tarbiya, darsgacha gimnastika mashqlari, jismoniy tarbiya daqiqasi, tanaffuslar vaqtida o`yinlar, sport soati, kuni uzaytirilgan guruhlar sayrlari;
    - ertalabki badan tarbiya har kuni uy sharoitida o`quvchi tomonidan mustaqil bajariladi. Jismoniy tarbiya darslarida o`qituvchining rahbarligi ostida mashqlar majmuasi o`rgatiladi.

    Download 1,7 Mb.
    1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   216




    Download 1,7 Mb.