|
Оптималлаштирилган ўқув дастури
|
bet | 182/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастуриNazariy ma`lumotlar:
1. O`zbekistonda qo`l to`pi (qisqacha ma`lumot).
2. O`quvchilarning shaxsiy gigienasi.
3. Jismoniy tarbiyaning chiniqishdagi ahamiyati.
O`quvchilarga qo`yiladigan talablar:
O`yinchining tik turgan holatida turishni bilish; to`pni uloqtirish va ushlab olishni bilish, to`pni yerga urib (asta-sekin) darvozaga otishni o`rganish.
O`quv mezonlari:
1. To`pni yerga urib olib yurish, 10-15 metrga yugurish texnikasini to`g`ri bajarish.
2. To`pni uloqtirish va qabul qilish.
Uyga beriladigan topshiriqlar:
1. O`g`il bolalar: polga (yerga) tayanib yotgan holda qo`llarini 10-12 marta bukib-yozish (har kuni).
Qiz bolalar: polga tayanib yotgan holda qo`llarni 4-5 marta bukib-yozish (har kuni).
2. To`pni yerga urib ushlab olish.
3. To`pni yerga urib olib yurish.
FUTBOL
Nazariy ma`lumotlar:
O`quvchilarning salomatligini mustahqamlashda jismoniy tarbiyaning o`rni. Jismoniy mashq bilan shug`ullanishning gigienik qoidalari.
- Futbolchilarning o`yinda o`zini tutishi va xavfsizlik qoidalariga rioya qilishi.
- Yosh futbolchilarning sport formasi va kiyimlari.
Nafas olish a`zolarining tuzilishi va vazifasi. Shu a`zolarni futbol bilan muntazam shug`ullanish orqali chiniqtirish. Futbolchilarning o`yin mashqlari va o`yin paytida xavfsizligining asosiy qoidalari. Futbolchilarning kiyim va poyafzallariga qo`yiladigan talablar.
O`quvchilarga qo`yiladigan talablar:
Futbolchilarning o`yin va mashqlarni bajarish paytida xavfsizlik qoidalarini bilishi, ertalabki gigienik gimnastika mashqlari majmuasini bajarish. Futbol bo`yicha o`yin mashqlari va mezon talablarini bajarish. To`pni olib yurishni va sherigiga uzatishni o`rganish. To`pni o`yinga kiritishni bajarish.
O`quv mezonlari:
1. 30 metrga yugurish: 5,3-5,8-6,2 soniya.
2. Turgan joydan uzunlikka sakrash: 160-140-120 sm.
3. Baland turnikda tortilish: 4-3-2 marta.
4. To`pni janglyor qilish: 5-4-3 marta.
5. 4 x 10 metrga mokisimon yugurish: 11,0-11,5-12,0 soniya.
|
| |