|
Umumrivojlantiruvchi mashqlar
|
bet | 178/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастуриUmumrivojlantiruvchi mashqlar:
Gimnastika mashqlarini qo`llab dars va tanafus vaqtida o`yinlarga o`rgatish, qo`llar bilan simmetrik va assimetrik harakatlarni bajarish. Bir oyoq tizzasida turib, qo`llarni bosh orqasiga, qo`llarni belga, qo`llarni yonga uzatish. Tizzalarda cho`kkalab, qo`llar yordamisiz tik turish, gimnastika narvonida hamda gimnastika o`rindig`ida mashqlar bajarish.
Buyumlar bilan umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish (gimnastika tayoqchalari, gantellar, gardishlar, kichik to`plar, arg`amchi va h.o.)
AKROBATIKA
1. «Yarim shpagat» va «shpagat» o`tirishlarni bajara olish uchun maxsus mashqlar bilan shug`ullantirish.
2. Yonga to`ntarilish uchun ko`nikma hosil qiluvchi mashqlar.
3. Boshda tik turishni o`rgatish (o`g`il bolalar uchun).
4. Kuraklarda tik turishni o`rgatish (qiz bolalar).
Mashqlar majmuasi. Dastlabki holat oyoqlar kerilgan, qo`llar yuqorida orqaga engashib «ko`prik» hosil qilish, chap (o`ng) qo`lga tayanib burilib, cho`kkayib tayanish holatini olish, tik turib qo`llar yonda, o`ng (chap) oyoqda «qaldirg`och» hosil qilish, shu holatdan suvga sakrovchilarning start holatiga otish va ikki marta qetma-qet oldinga o`mbaloq oshib, yuqoriga kerishib sakrash.
Osilish va tayanishlar:
Gimnastika narvoniga o`rgatilgan usullarda tirmashib chiqishlar (oddiy, bir taraflama, har taraflama). Gimnastika narvonida osilib turgan holatdan, qo`llarga tortilish bilan tirmashib chiqishlar. Gimnastik narvonidan qiya qo`yilgan gimnastik o`rindiqqa o`tish. Gimnastik narvonga tayanib turgan holda chap va o`ng oyoqni yon tomonga uzatish
Aralash va oddiy osilishlar:
Turnikda osilish, oyoqlarni bukib osilish, osilishda oyoqlarni bukib to`g`rilab oldinga ko`tarilish.
Past turniqda osilib turishdan to`ntarilib tayanchga ko`tarilish (bir oyoqda depsinib, ikkinchisida siltanib bajariladi). Mashqni bajarish uchun oyoq harakatlanganda qo`llar buqilib, oyoq va gavdani turnikka yaqinroq olib borishga harakat qilinadi.
Yerda qorin bilan yotgan holda o`rmalash. Tik arqonga uch harakat usulida tirmashib chiqish:
1. Gimnastika devorida osilib turishdan, uch harakat usuli texnikasi bilan tirmashib chiqish.
2. Tik arqonda ko`rsatilgan usulda 2-3 metrgacha tirmashib chiqish.
Tayanib sakrashlar: 1 metr balandliqdagi «Ot» ustiga sakrash va oyoq tizzalariga cho`kkayib tayanish. Shu mashqni 60-65 sm balandliqda taxlangan gimnastika to`shagi ustiga sakrab chiqib, tayanib turib bajarish.
|
| |