|
Оптималлаштирилган ўқув дастури
|
bet | 177/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастуриHARAKATLI O`YINLAR
Nazariy ma`lumotlar:
Harakatli o`yinlarning bolalar harakat tayanch malaqalarini osishi va rivojlanishidagi ahamiyati. Harakatli o`yinlarning ochiq havoda o`tqazilishining ahamiyati. Harakatli o`yinlarning o`tqazilishida hayotiy faoliyat uchun zarur bo`lgan jismoniy sifatlarni, o`yinlar jarayonida sport maydonida yoki sport zalida o`quvchilarni tartib-intizomni saqlashi va o`yin qoidalariga rioya qilishi to`g`risida.
O`quvchilarga qo`yilgan talablar:
O`yinlarda tartib-intizomga, sabr-qanoatga, shoshilinch chiqishlar, chaqirishlarning me`yorida bo`lishiga odatlantirish. To`plarni uzatish, arg`amchilarda to`g`ri sakrash, aniq nishonga, masofaga otish, o`yinlarda o`rganilgan harakatlardan unumli foydalanish. Sport o`yinlari bo`lgan harakatli o`yinlarni bajarish.
«To`plarni qatordan uzatish», «Man etilgan mashq», «Doira bo`ylab to`p uzatish», «Hamma o`z bayroqchasiga», «Bolalarda tartib qat`iy», «Qun va tun», «Oq ayiqlar», «Olib qochar», «Insiz quyon», «Yugurishli estafeta», «Nina, ip va tuguncha», «Qopqon», «Charxpalak», «Cho`rtan baliq va baliqlar», «Kim uzoqqa otadi?», «Tulkilar va namatak», «Qurbaqa bilan laylak».
4-SINF
Jismoniy tarbiya 68 soat
(haftasiga 2 soat)
(GIMNASTIKA)
Nazariy ma`lumotlar:
1. Odam organizmining tuzilishi va rivojlanishida badan tarbiyaning o`rni.
2. Qaddi-qomatning tuzilishiga maxsus mashqlarning ta`siri.
3. Badanni chiniqtirishning asosiy qoidasi va ahamiyati haqida tushuncha berish.
4. Mashg`ulot vaqtida shikastlanishning oldini olish va birinchi tibbiy yordam qo`rsatish to`g`risida ma`lumot berish.
5. Qomat buzilishining oldini olish, ogohlantirish qoidalari haqida. Qomatni rostlaydigan mashqlar haqida tushuncha berish. Ommaviy sport turlari to`g`risida (futbol, voleybol, qo`l to`pi, basketbol, badminton, tennis va hokazolar) ma`lumot berish. O`z-o`zini nazorat qilish to`g`risida bilim berish.
|
| |