|
Оптималлаштирилган ўқув дастури
|
bet | 161/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастуриKo`nikmalar:
- mashg`ulotda kiyiladigan sport kiyimlarining gigienik talablarini bilish;
- saf mashqlari: turgan joyida orani ochish va yaqinlashtirish, chalish qadamlar bilan sakrab-sakrab, juft qadamlar bilan orani ochish va yaqinlashtirish mashqlarini bajarish;
- 30-40 sm balandlikdagi to`siq ustidan o`mboloq oshish;
- past turnikdan osilib turgan holatda, bir oyoq bilan depsinib, ikkinchi oyoqda siltanib, to`ntarilib tayanchga ko`tarilish mashqlarini bajarish;
- balandligi 100-110 sm uzunasiga qo`yilgan xari (kozyol) ustidan oyoqlarni kerib sakrash (o`g`il bolalar);
- yugurib kelib xari ustiga tayanib tizzalarda turish va cho`qqaygan holda qo`llar bilan siltanib kerishib sakrab tushish (kiz bolalar);
- muvozanat saqlash mashqlarini bajarish;
- 10-13 minut davomida asta-sekin bir maromda yugurishni bajarish;
- yugurib kelib «Xatlab o`tish» usulida balandlikka sakrashda depsinish usullarini bajarish;
- basketbolda: to`pni yerga urib yo`nalishini o`zgartirib, tezlik bilan olib yugurish, to`pni joyida turib bir qo`l bilan yelkadan sherigiga uzatish, shuningdek, joyni o`zgartirib, harakatlanib uzatish texnik usullarini bajarish;
voleybolda: o`yinda turish holatini va joylarini o`zgartirish qoidalarini, katta qadamlab chapga, o`ngga, orqaga, oldingga tezlik bilan yurish usullarini bajarish;
qo`l to`pida: to`pni qo`l panjalari orqali uloqtirish, yumalab kelayotgan va yerdan sakrab otilgan to`pni ushlash usullarini bajarish;
futbolda yurakning qisqarish tezligini mustaqil o`lchashni, to`pni tepish texnik usullarini bajarish;
harakatli o`yinlarda: yugurish, sakrash, uloqtirish yoki irg`itish mashqlarini to`g`ri va aniq bajarish;
kurashda: o`quvchilarda diqqat e`tibor, harakatchanlikni, kuchni, egiluvchanlikni, chaqqonlikni va statik chidamlilikni rivojlantirishga qaratilgan mashqlarni bajarish;
suzishda: ko`krakda chalqancha yotib krol usulida suzish vaqtida burilishlarni bajarish.
|
| |