|
Оптималлаштирилган ўқув дастури
|
bet | 159/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастуриBilimlar:
Jismoniy mashqlarning gigienik qoidalari asoslarini, badantarbiya mashqlarini, uyga berilgan topshiriqlarni mustaqil bajarishni, o`z-o`zini tibbiy nazorat qila olishni bilish;
- 4x10 metrga mokisimon yugurish, 30, 60, 100, 400, 1000 metr masofalarga yugurishlar;
- uzunlikka yugurib kelib oyoqlarni bukish usulida sakrash;
- himoya va hujumchi holatlarida harakatlarni bajarib to`pni qabul qilish, uloqtirish, uzatish va tashlashlar (basketbol savatiga)ni bilish;
- milliy kurashning kelib chiqish tarixi, uning turkumi to`g`risida ma`lumotga ega bo`lish;
- kurashchilarning turish va harakatlarda siljib yurishlarni, o`zini himoya qilish va yugurish, tashlash usullarini bilish;
- suzishda krol, ko`krakda yotgan holda va chalqanchasiga orqa bilan suzish usullari (basseyn, suv havzalari bo`lganda)ni bilish;
- improvizatsiyalashtirilgan (o`xshash) holda milliy raqslarga «Barigal», «Namanganning olmasi», «Sho`x qizlar», «Yalla» raqsga tusha bilish;
- ritmik gimnastika va badiiy gimnastika mashqlarini bajarish. (qizlar uchun)
Ko`nikmalar:
- buyumlar va buyumlarsiz bajariladigan mashqlarni bajarish;
6-8 ta mustaqil tuzilgan gimnastik mashqlarni bajarish;
saf mashqlarini bajarish, safda har-xil tezlikda yurish hamda burilishlarni bajarish;
turnikda tortilish;
past startdan yugurishni o`rganish, 200-300 metrga 4-5 marta yugurish. 150 metrgacha yugurish bilan almashlab yugurishni birga qo`shib olib borish, tepalikka va tepalikdan pastga yugurib tushish mashqlarini bajarish;
himoya vazifasini har tomondan bajarish, to`pni ilib olish, ko`krakdan uloqtirish, joy almashtirib har tomonlama harakat qilish, to`pni o`ng va chap qo`llarda yerga urib olib yugurish usullarini bajarish;
basketbolda himoya vazifasini turli tomonlardan bajarish, to`pni ilib olish, ko`krakdan uloqtirish, joy almashtirib har tomonlama harakat qilish, to`pni o`ng va chap qo`llarda yerga urib olib yurish usullarini bajarish;
voleybol to`pini ikki qo`llab pastdan qabul qilish, uzatish usullarini bajarish;
voleybol to`pini ikki qo`lda yuqoridan bir-birlariga uzatishda joylarni o`zgartirib mashq bajarish, pastdan bir qo`llab uzatish usulini bajarish;
qo`l to`pida 20 metr masofaga to`pni yerga urib olib yugurish (tezlikda) usullarini bajarish;
futbol o`yinida, harakatlanish texnikasini to`g`ri bajarish, yugurish, sakrash, yonlanma va chalishtirma qadamlab yugurish mashqlarini bajarish;
- milliy kurash usuli: kurashchilarning turish va siljish holatlari, milliy kurashda ta`qiqlangan harakatlar bo`yicha ma`lumotga ega bo`lish;
- epchillik, chaqqonlik muvozanat saqlash, sakrovchanlik va egiluvchanlik sifatlarini harakatli o`yinlar orqali bajarish;
- suvda va sport inshoatlarida munosabat qoidalarini bilish, suvda burilish va qutidan sakrash mashq usullarini bajarish.
|
| |