elektron pullarning joriy qilinishi to’lovlarning
tezlashishi, muomala xarajatlarining kamayishi va korxonalar rentabelligining
oshishiga yordam beradi. Bunday tizim AQSHda 70-yillardan boshlab to’lov
munosabatlari
mexanizmiga
ayniqsa
tez
sur’atlar
bilan
joriy
qilindi.
Avtomatlashtirilgan hisob-kitob palatalari, avtomatlashtirilgan kassir tizimi va
xarid qilish punktida o’rnatilgan terminallar tizimi ularning asosiy elementlari
hisoblanadi. Elektron pullar negizida
kredit kartochkalari paydo bo’ldi. Ular
to’lovlarning naqd pullar bilan bajarilishini qisqartirishga yordam berib, naqd pullar
va cheklarning o’rnini bosadigan hisob-kitoblar vositasi bo’lib xizmat qiladi. Kredit
kartochkalarining
ahamiyati
shundaki,
ulardan
foydalanish
naqd
pullar
ishlatiladigan sohani toraytiradi, tovarlar va xizmatlarni sotishda va iqtisodiyotdagi
tanazzul holatlarini bartaraf etishda kuchli stimul bo’lib hisoblanadi.
Nazorat savollari: 1. Pulning turlari ayting?
2. Qog’oz pullar,tovar pullar,kafolatlangan pul turlaritushuntirib bering?
3. Pul turlarining asosiy xususiyatlari aytib bring?
Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 1.O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi
2019-yil 5-noyabrdagi O‘RQ-580-sonli Qonuni.
2.Abdullayev A.J,Qayumova Z.A va boshqalar.Pul va banklar. Durdona-2021 yil
3.Omonov A.A., Maratov M.D. Pul va pul muomalasi. O’quv qo’llanma.
T: 2008, “Akademiya” nashriyoti.
Nazorat turlari va baholash mezonlari 1. Professional ta’lim muassasalarida oʻquvchilar bilimini baholash va
nazorat qilish: joriy baholash, oraliq va Yakuniy nazoratlarni oʻtkazish orqali
amalga oshiriladi.
Joriy baholash – oʻqituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari
tomonidan oʻtkazilayotgan mashgʻulotlar davomida oʻquvchilar bilimini
nazorat qilishda turli usullardan (yozma ish, ogʻzaki soʻrov, test,
munozaralar, amaliy topshiriqlar, mustaqil vazifalarni bajarish va b.)
foydalanish orqali baholash hisoblanadi. Oʻquvchilar bilimini joriy
baholashda oʻquvchilarning topshiriqlarni bajarishi, ularning faolligi hamda
davomati inobatga olinadi.
25
Oraliq nazorat − tegishli fan dasturlarining xususiyatidan kelib chiqib,
dasturning muayyan bir boʻlimi (qismi) tugallangandan keyin semestr
davomida oʻquvchilar bilimini baholash shakli hisoblanadi.