• Pul - jamg’arish vositasi.
  • O‘qitish materiallar I to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallar




    Download 4,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet24/153
    Sana24.05.2024
    Hajmi4,02 Mb.
    #252922
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   153
    Bog'liq
    Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

    elektron pullarning 
    joriy qilinishi to’lovlarning 
    tezlashishi, muomala xarajatlarining kamayishi va korxonalar rentabelligining 
    oshishiga yordam beradi. Bunday tizim AQSHda 70-yillardan boshlab to’lov 
    munosabatlari mexanizmiga ayniqsa tez sur’atlar bilan joriy qilindi. 
    Avtomatlashtirilgan hisob-kitob palatalari, avtomatlashtirilgan kassir tizimi va 
    xarid qilish punktida o’rnatilgan terminallar tizimi ularning asosiy elementlari 
    hisoblanadi. Elektron pullar negizida 
    kredit kartochkalari 
    paydo bo’ldi. Ular 
    to’lovlarning naqd pullar bilan bajarilishini qisqartirishga yordam berib, naqd 
    pullar va cheklarning o’rnini bosadigan hisob-kitoblar vositasi bo’lib xizmat 
    qiladi. Kredit kartochkalarining ahamiyati shundaki, ulardan foydalanish naqd 
    pullar ishlatiladigan sohani toraytiradi, tovarlar va xizmatlarni sotishda va 
    iqtisodiyotdagi tanazzul holatlarini bartaraf etishda kuchli stimul bo’lib 
    hisoblanadi. 
    Pul - jamg’arish vositasi. 
    Kishilarning olgan daromadlari qilgan sarf- 
    xarajatlaridan ko’p bo’lsa, daromadning qolgan qismini jamg’arib borishlariga 
    imkoniyat tug’iladi. Ular o’z jamg’armalari hisobidan turli moddiy boyliklar 
    (kvartira, dala hovli, avtomashina yoki uy jihozlari) sotib olishlari, to’y-ma’raka 
    qilishlari, sayohatga borishlari, davolanishlari mumkin. Agar tovar ishlab 
    chiqaruvchi tovarni sotgandan so’ng, ma’lum muddat davomida boshqa tovar 
    sotib olmasa, pul jamg’armaga aylanadi, ya’ni harakatdan ma’lum muddatga 
    chetga chiqadi va bo’sh turib qoladi.Pulning jamg’arma va boylik to’plash 
    vositasi bo’lishiga asosiy sabab, unga hohlagan vaqtda, juda tez fursatda hohlagan 
    tovarni sotib olish, uni har qanday to’lovni to’lashga ishlatish mumkin. Pul boylik 
    jamg’arishning eng qulay vositasi hisoblanadi, chunki u yuqori likvidlik 
    darajasiga ega. 
    Kishilar o’z boyliklarini pulda emas, balki boshqa shakllarda, masalan, 
    oltin, qimmatbaho metallar va toshlar, san’at asarlari, noyob buyumlar, uy-joy, 
    yer, mashina, asbob-uskuna, davlat yoki korxonalarning qimmatli qog’ozlari va 
    Харидор 
    Сотувчи


    33 
    boshqalarda mujassamlashtirishlari mumkin. Ammo ularni pulga aylantirmasdan 
    turib, boshqa maqsadlarda sarflab bo’lmaydi. Kimdir o’z pulini uyida, kimdir esa 
    bankda saqlaydi. Bu borada O’zbekiston Respukblikasining Fuqarolarning 
    banklardagi omonatlarni himoyalashkafolatlari to’g’risidagi Qonuni qabul 
    qilinganligini alohida qayd etish zarur. Yaratilgan kafolatlar aholi va xo’jalik 
    yurituvchi subyektlarning bank tizimiga bo’lgan ishonchini yanada oshirmoqda 
    va ularning banklardagi depozitlar hajmini yuqori sur’atlarda o’sishi 
    kuzatilmoqda. 
    Pul mablag’larini banklarda omonatlar shaklida saqlashning qulayliklari 
    quyidagilardan iborat. ishonchli va behavotir saqlanadi; 
    -
    ishlab 
    chiqarishga 
    sarflash 
    va 
    iqtisodiyotni 
    rivojlantirishga 
    imkoniyat yaratiladi; 
    -
    foiz ko’rinishida daromad keltiradi, ya’ni o’z-o’zidan ko’payib boradi. 
    Pulning funksiyalari bir - biriga bevosita bog’liq bo’lib, ular doimo bir - birini 
    to’ldirgan holda iqtisodiyotda harakatda bo’ladi. 

    Download 4,02 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   153




    Download 4,02 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘qitish materiallar I to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallar

    Download 4,02 Mb.
    Pdf ko'rish