|
O‘qitish materiallar I to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallarBog'liq Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutiTayanch so’z iboralar:
pul, to’lov vosita, qiymat o’lchovi,muomala vositasi.
Pulning mohiyat uning funksiyalarida yanayam yaqqolroq namoyon
bo’ladi. Pul iqtisodiy kategoriya sifatida nechta funksiyani bajarishi iqtisodchi
olimlar, nazariyachilar va iqtisodchilar o’rtasida juda uzoq davrdan buyon
tortishuvlarga sabab bo’lib kelmoqda.
Uzoq tarixiy davrlardan boshlab pul o’zining boshlang’ich besh
funksiyasining xususiyatlarini bajarib kelgan: qiymat o’lchovi, muomala vositasi,
to’lov vositasi, jamg’arma to’plash va jaxon puli. Ular doimiy rivojlanishda
bo’lgan. Ularning mohiyatlari tarixiy davrlarda goh ko’tarilib gohida tushib turgan
(ayrim hollarda to ―0‖ darajagacha).
Pulning boshlang’ich vazifalaridan (funksiyalaridan) eng asosiylari qiymat
o’lchovi va muomala vositasi bo’lgan.
Hozirgi iqtisodiy adabiyotlarda pulning vazifalari to’g’risida turli
qarashlar mavjud. Ayrim iqtisodchi olimlar pulning 5 ta vazifasini tan olsalar,
ayrimlari 4 tasini, boshqalari esa faqat 3 tasini e’tirof etadilar. Biz esa pulning
barcha vazifalari qiymat o’lchovi, muomala vositasi, to’lov vositasi, jamg’arma
to’plash va jahon puli to’g’risida to’xtalib o’tamiz.
Pul qiymat o’lchovi.
Avval ta’kidlaganimizdek, har qanday tovar mehnat
natijasida Yaratiladi. Tovarga sarflangan mehnat miqdori uning qiymatini
belgilaydi. Pul esa barcha tovarlarning qiymatini belgilash va ularning bahosini
aniqlashda vositachi bo’lib xizmat qiladi.
Masofani metrlar va kilometrlarda yoki vaznni grammlar va
kilogrammlarda o’lchaganiga o’xshatib ne’matlar va xizmatlarning qiymati ham
pul ifodasida solishtiriladi. Bu shubhasiz afzalliklarga ega. Pul tizimi tufayli har
bir mahsulotning narxini uni almashtirish mumkin bo’ladigan boshqa hamma
mahsulotlar orqali ifodalashga zarurat qolmaydi. Pullarning umumiy ekvivalent
sifatida foydalanilishi shuni anglatadiki, har qanday tovarning narxini faqat pul
birligi orqali ifodalash yetarli bo’ladi. Pullarning shu tarzda ishlatilishi bitim
qatnashchilariga har xil tovarlar va resurslarning nisbiy qimmatini osonlik bilan
solishtirish imkonini beradi.
Bu omillarning biri tovar bahosini ko’tarsa, boshqasi pasaytiradi. Masalan,
qiymatning pasayishi narxni arzonlashtiradi, talabning ortishi esa uni
qimmatlashtiradi. Foydalilikning yuqori bo’lishi baland narxni taqozo etsa,
raqobat kurashi hamda taklifning ko’payishi uni pasaytiradi.
|
| |