O‘qitish materiallar I to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallar




Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/153
Sana24.05.2024
Hajmi4,02 Mb.
#252922
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   153
Bog'liq
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

Pulning jahon pullari vazifasi
. Agar tarixga nazar tashlasak, mamlakatlar 
o’rtasida savdo-sotiq, xalqaro iqtisodiy aloqalar va kredit munosabatlari asta-sekin 
rivojlanib borgan. Bu jarayon barcha mamlakatlar tomonidan tan olinadigan va 
qabul qilinadigan yagona jahon pulini keltirib chiqargan. Bu vazifani asrlar 
davomida oltin bajarib kelgan. Ya’ni mamlakatlar o’rtasidagi hisob-kitoblar, 
tovarlar va xizmatlar uchun to’lovlar bir mamlakatdan boshqa mamlakatga quyma 
shaklidagi sof oltin to’lash vositasida amalga oshirilgan. 1867 yildan boshlab oltin 
davlatlar o’rtasidagi yagona jahon puli sifatida rasman qabul qilingan.Oltin 
standarti o’zining uch rivojlanish bosqichini boshidan kechirdi (uch shaklda 
ko’rindi): oltin tanga, oltin quyma, oltin deviz. 
Birinchi bo’lib oltin tanga standartiga Angliyada (1774 y.) ,keyinroq esa, 
ya’ni 1871 y. - Germaniya, 1872-1876 yy. - Skandinaviya davlatlarida, 1875 y. - 
NiderlandiYada, 1878 y. - Frantsiyada, 1879 y. - Avstriya-Vengriya davlatlarida, 
1897 y. - Yaponiya va Rossiyada, 1900 y. - AQSH davlatlarida o’tilgan. Oltin 
tanga standarti davrida oltin tangalar pul birligi bo’lib hisobdangan. Bundan 
tashqari, muomalada nominaliga qarab oltinga almashtiriladigan qog’oz 
banknotalar, hamda mayda chaqalar bo’lgan. Oltin tanga standarti to birinchi jaxon 
urushi davrigacha faoliyat yuritgan (1914-1918 yy.). Uning o’rniga oltin quyma 
standarti kirib keldi va unda oltin faqat hisoblash vazifasinigina o’tagan. Oltin 
quyma shaklida Markaziy bankda saqlanib kelingan, muomalada esa kursga qarab 
almashtirib beriladigan banknotalar va tangalar ishlatilgan. 
Oltin quyma standartining ustunliklari shundan iborat bo’lganki, oltin 
tangalar zarb qilinishi iqtisod qilinadi. Oltin tangalarning muomala jarayonidagi 
ishqalanishdan yemirilmaydi ( mutaxasislarning hisoblariga oltin tanganing 
muomala jarayonidagi yo’qotilishi yilda 1 tonna oltinga teng bo’lgan, ya’ni 
yemirilgan). Davlatlarning oltin zahiralari bir joyda markazlashtirilgan, bu pul 
muomalasini mo’tadillashtirgan. 


34 
1922 yildan e’tiboran AQSH dollari va Angliya funt sterlingi oltinning 
o’rinbosari sifatida e’lon qilindi, hamda xalqaro to’lovlarda qo’llanila boshladi. 
1944 yildan keyin jahon puli vazifasi oltinda qoldirilgan holda, xalqaro to’lovlarda
AQSH dollaridan ko’proq foydalanishga imkoniyat yaratildi. 1970 yildan boshlab 
xalqaro to’lovlarda Xalqaro Valyuta Fondi tomonidan kiritilgan maxsus hisob va 
to’lov birligi SDR “Maxsus qarz olish huquqi”(SDR) qo’llanila boshlandi. 1976 
yilda Xalqaro Valyuta Fondiga a’zo mamlakatlar oltindan jahon puli sifatida 
foydalanishni bekor qildilar. Hozirda oltindan xalqaro zahira sifatida 
foydalanilmoqda.1979 yildan Yevropaning bir qator mamlakatlarida xalqaro hisob- 
kitoblarni olib borish uchun xalqaro hisob birligi EKYU (EKU) qo’llanila 
boshlandi. 1999 yildan e’tiboran Yevropa ittifoqiga kiruvchi 12 mamlakatda, 
yagona pul birligi sifatida YEVRO (EVRO) naqd pulsiz hisob - kitoblarda, 2002 
yil 1 yanvardan esa naqd pul sifatida ham qo’llanila boshladi. 
Xalqaro to’lovlarda SDR va EVRO bilan bir qatorda iqtisodiy qudratli va 
rivojlangan mamlakatlarning milliy pul birliklaridan ham foydalanilmoqda. Ular 
jumlasiga AQSH dollari, Kanada dollari, Angliya funt sterlingi, Yaponiya iyenasi 
Rossiya rubli va boshqalar kiradi. 
Pullarning barcha beshta funksiyasi pullarning tovarlar va xizmatlarning 
umumiy ekvivalenti sifatidagi yagona mohiyatni namoyon qiladi. Ular 
chambarchas bog’liqlikda va birlikda bo’ladi. Mantiqan va tarixiy jihatdan har bir 
navbatdagi funksiya bundan oldingi funksiyalarning muayyan rivojlantirilishini 
nazarda tutadi. Pullarning sanab o’tilgan funksiyalarni bajarishi tufayli ular, 
ayniqsa, bozor iqtisodiyotida ishlab chiqarishning rivojlanishida asosiy rolni 
o’ynaydi, tovarlarga narxlarni belgilashda qatnashadi. 
Xulosa qilib aytganda, pullarning iqtisodiy tizimdagi ijtimoiy roli shundan 
iboratki, ular mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi bog’lab turuvchi 
bo’g’in, shuningdek, tovar xo’jaligidagi ijtimoiy mehnatni hisobga olish vositasi 
hisoblanadi.Pulning funksiyalari bir-biriga bevosita bog’liq bo’lib, ular doimo 
bir- birini to’ldirgan holda iqtisodiyotda harakatda bo’ladi. 

Download 4,02 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   153




Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘qitish materiallar I to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallar

Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish