№39-MAVZU: SIMSIZ TARMOQLARDA AXBOROT
XAVFSIZLIGI
Reja:
1 Bog‘lanish ta’minlanadigan fizik xudud o‘lchamlariga bog‘liq
holda
simsiz tarmoqlarning quyidagi kategoriyalari farqi
2 Simsiz regional tarmoqlarning xarakteristikalari
3 Simsiz tarmoq tuzilmasi
1 Bog‘lanish ta’minlanadigan fizik xudud o‘lchamlariga bog‘liq holda
simsiz tarmoqlarning quyidagi kategoriyalari farqi
Simsiz tarmoqlar odamlarga simli ulanishsiz o‘zaro bog‘lanishlariga imkon
beradi. Bu siljish erkinligini va uy, shahar qismlaridagi yoki dunyoning olis
burchaklaridagi ilovalardan foydalanish imkonini ta’minlaydi. Simsiz tarmoqlar
odamlarga o‘zlariga qulay va xoxlagan joylarida elektron pochtani olishlariga yoki
Web-sahifalarni ko‘zdan kechirishlariga imkon beradi.
Simsiz tarmoqlarning turli xillari mavjud, ammo ularning eng muhim
xususiyati bog‘lanishning Kompyuter qurilmalari orasida amalga oshirilishidir.
Kompyuter qurilmalariga shaxsiy raqamli yordamchilar (personal digital
assistance, pDA), noutbuklar, shaxsiy Kompyuterlar, serverlar va printerlar
taalluqli. Odatda uyali telefonlarni Kompyuter qurilmalari qatoriga kiritishmaydi,
ammo eng yangi telefonlar va hatto naushniklar ma’lum hisoblash imkoniyatlariga
va tarmoq ada’terlariga ega. Yaqin orada elektron qurilmalarning aksariyati
simsiz tarmoqlarga ulanish imkoniyatini ta’minlaydi.
Bog‘lanish ta’minlanadigan fizik xudud o‘lchamlariga bog‘liq holda simsiz
tarmoqlarning quyidagi kategoriyalari farqlanadi:
- simsiz shaxsiy tarmoq (Wireless personal-area network, pAN);
- simsiz lokal tarmoq (Wireless local-area network, LAN);
- simsiz regional tarmoq (Wireless metropolitan-area network, MAN):
- simsiz global tarmoq (Wireless Wide-area network, WAN).
Simsiz shaxsiy tarmoqlari uzatishning katta bo‘lmagan masofasi bilan (17
metrgacha) ajralib turadi va katta bo‘lmagan binoda ishlatiladi. Bunday
tarmoqlarning xarakteristikalari o‘rtacha bo‘lib, uzatish tezligi odatda 2Mb/sdan
oshmaydi.
Bunday tarmoq, masalan, foydalanuvchi pDA sida va uning shaxsiy
Kompyuterida yoki noutbukida ma’lumotlarni simsiz sinxronlashni ta’minlashi
mumkin. Xuddi shu tariqa printer bilan simsiz ulanish ta’minlanadi. Kompyuterni
tashqi qurilmalar bilan ulovchi simlar chigalliklarining yO‘qolishi yetarlicha
jiddiy afzallik bO‘lib, buning evaziga tashqi qurilmalarning boshlang‘ich
O‘rnatilishi va keyingi, zaruriyat tug‘ilganda, joyining O‘zgartirilishi anchagina
osonlashadi.
Simsiz lokal tarmoqlar ofislarning ichida va tashqarisida, ishlab chiqarish
binolarida uzatishlarning yuqori xarakteristikalarini ta’minlaydi. Bunday
tarmoqlardan foydalanuvchilar odatda noutbuklarni, shaxsiy Kompyuterlarni va
katta resurslarni talab etuvchi ilovalarni bajarishga qodir protsessorli va katta
ekranli pDA larni ishlatishadi. Xizmatchi tarmoq xizmatlaridan majlislar zalida
yoki binoning boshqa xonalarida bo‘la turib foydalanashi mumkin. Bu
xizmatchiga o‘z vazifalarini samarali bajarishga imkon beradi. Simsiz lokal
tarmoqlar uzatishning 54Mbit/sgacha tezligida barcha ofis yoki maishiy ilovalar
talablarini qondirish imkoniga ega. Xarakteristikalari, kom’onentlari, narxi va
bajaradigan amallari bo’yicha bunday tarmoqlar Ethernet xilidagi an’anaviy simli
lokal tarmoqlariga o‘xshash.
2 Simsiz regional tarmoqlarning xarakteristikalari
Simsiz regional tarmoqlar yuzasi bo’yicha shaxarga teng bo‘lgan xududga
xizmat qiladi. Aksariyat xollarda ilovalarni bajarishda belgilangan ulanish talab
etiladi, ba’zida esa mobillik zarur bo’ladi. Masalan, kasalxonada bunday tarmoq
asosiy bino va masofadagi klinikalar orasida ma’lumotlarni uzatishni ta’minlaydi.
Yoki energetik kom’aniya bunday tarmoqdan shaxar masshtabida foydalanib, turli
tumanlardan beriladigan ish naryadlaridan foydalanishini ta’minlaydi. Natijada,
simsiz regional tarmoqlar mavjud tarmoq infratuzilmalarini bir yerga to’playdi
yoki mobil foydalanuvchilarga mavjud tarmoq infratuzilmalari bilan ulanishni
o‘rnatishga imkon beradi.
Simsiz regional tarmoqlarning xarakteristikalari turlicha. Ulanishlarda
infraqizil texnologiyaning ishlatilishi ma’lumotlarni uzatish tezligining 100 Gbit/s
va undan katta bo‘lishini ta’minlaydi.
Simsiz global tarmoqlar mobil ilovalarning, ulardan mamlakat yoki xatto
kontinent masshtabida foydalanishni ta’minlash bilan ishlanishini ta’minlaydi.
Iqtisodiy mulohazalarga tayangan holda, telekommunikatsiya kom’aniyalari
ko‘pgina foydalanuvchilar uchun uzoq masofadan ulanishni ta’minlovchi simsiz
global tarmoqning nisbatan qimmat infratuzilmasini yaratadilar. Bunday
yechimning xarajati barcha foydalanuvchilar o‘rtasida taqsimlanadi, natijada
abonent to‘lovi unchalik yuqori bo‘lmaydi.
Simsiz global tarmoq xarakteristikalari nisbatan yuqori emas, ma’lumotlarni
uzatishning tezligi 56 Kbit/s ni, ba’zida 170 Kbit/s ni tashkil etadi.
Simsiz global tarmoqlarga xos ilovalar Internetdan foydalanishni, elektron
pochta xabarlarini uzatish va qabul qilishni, foydalanuvchi uydan yoki ofisdan
tashqarida bo‘lganida kor’orativ ilovalardan foydalanishni ta’minlovchi
ilovalardir. Abonentlar, masalan, taksida ketayotganlarida yoki shahar bo’yicha
sayr qilinayotganlarida ulanishni o‘rnatishlari mumkin. Umuman, simsiz global
tarmoqdan foydalanuvchilar xududiy chegaralanmaganlar.Simsiz tarmoq
tuzilmasi
Simsiz tarmoq tuzilmasi. Simsiz tarmoqlarda simli tarmoqda ishlatiladigan
kom’onentlar ishlatiladi. Ammo, simsiz tarmoqlarda axborot xavo muhiti
(medium) orqali uzatishga yaroqli kO‘rinishga O‘zgartirilishi lozim.
Foydalanuvchilar. Simsiz tarmoq foydalanuvchiga xizmat qilishligi sababali,
foydalanuvchiga simsiz tarmoqning muhim qismi sifatida qarash mumkin.
Foydalanuvchi simsiz tarmoqdan foydalanish jarayonini boshlaydi va uning o‘zi
tugallaydi. SHu sababli unga "oxirgi foydalanuvchi" atamasi joiz hisoblanadi.
Odatda, foydalanuvchi simsiz tarmoq bilan o‘zaro aloqani ta’minlash bilan bir
qatorda, muayyan ilovalar bilan bog‘liq boshqa vazifalarni bajaruvchi Kompyuter
qurilmalari (com’uter device) bilan ish ko‘radi.
Mobillik - simsiz tarmoqning eng sezilarli afzalliklaridan biridir. Masalan,
mobillik xususiyatidan qandaydir bino bo’yicha xarakatlanuvchi va O‘zining
pDAsi yordamida elektron pochtani oluvchi yoki jo‘natuvchi odamfoydalanadi.
Bu holda pDA simsiz tarmoq infratuzilmasiga uzluksiz yoki tez-tez tiklanuvchi
ulanishni ta’minlashi lozim.
Kompyuter qurilmalari. Kompyuter qurilmalarining (ba’zida ularni mijozlar
deb atashadi) ko‘gina xillari simsiz tarmoq bilan ishlayoladi. Ba’zi Kompyuter
qurilmalari foydalanuvchilar uchun atayin qurilgan bo‘lsa, boshqalari oxirgi tizim
hisoblanadi.
Simsiz qurilmalar xavfsizligi muammolari
Simsiz qurilmalarni to‘rtta kategoriyaga ajratish mumkin: noutbuklar,
cho‘ntak Kompyuterlari (pDA), simsiz infratuzilma (ko’priklar, foydalanish
nuqtalari va h.) va uyali telefonlar.
Noutbuklar — kor’orativ simsiz tarmoqlarda va SOHO (Small Office Home
Office - kichik va uy ofislari) tarmoqlarida keng tarqalgan qurilma.
Fizik xavfsizlik noutbuklar uchun jiddiy muammo hisoblanadi. Bunday
Kompyuterlarni xarid qilishdagi parametrlardan biri-uning o‘lchami. Noutbuk
qanchalik kichkina bo‘lsa, u shunchalik qimmat turadi. Boshqa tarafdan, noutbuk
qanchalik kichkina bo‘lsa, uni o‘g‘irlash shunchalik osonlashadi. SHifrlash
kalitlarining, masalan, WE’-kalitlar (Wired Equivalent privacy), dasturiy kalitlar,
parollar yoki shaxsiy kalitlarning (pG‘, pretty Good privace kabilar) yo‘qotilishi
katta muammo hisoblanadi va uni ilovalar yaratilishi bosqichidayoq hisobga olish
zarur. Niyati buzuq odam noutbukni o‘z ixtiyoriga olganidan so‘ng aksariyat
xavfsizlik mexanizmlari buzilishi mumkin.
Noutbuklarning mobilliligi ularning kor’orativ tarmoqlararo ekranlar
(brandmauerlar) bilan himoyalanmagan boshqa tarmoqlar bilan ulanish
ehtimolligini oshiradi. Bu Internet-ulanishlar, foydalanuvchi tarmoqlar, asbob-
uskuna ishlab chiqaruvchilarining tarmog‘i yoki raqiblar ham joylanuvchi
mehmonxona yoki ko‘rgazmalardagi umumfoydalanuvchi tarmoqlar bo‘lishi
mumkin. Bunday hollarda mobil Kompyuterlarning axborot xavfsizligi xususida
jiddiy o‘ylanish lozim.
Noutbuklarning fizik saqlanishlarini ta’minlash usullaridan biri- xavfsizlik
kabelidan foydalanish. Ushbu kabel noutbukni stolga yoki boshqa yirik predmetga
"boylab" qo‘yishga mo‘ljallangan. Albatta, bu yuz foizlik kafolatni bermaydi,
ammo har xolda o‘g‘rining anchagina kuch sarf qilishiga to’g’ri
keladi.Noutbuklarning tez-tez o‘g‘irlanishi sababli, axborotni arxivlashning
xavfsizlikni ta’minlashga nisbatan muhimligi kam emas. SHifrlash dasturlari
fayllar xavfsizligini ta’minlashda yoki qattiq disklarda shifrlangan ma’lumotlar
xajmini yaratishda ishlatiladi. Bu ma’lumotlarni rasshifrovka qilish uchun, odatda,
parolni kiritish yoki shaxsiy kalitlarni ishlatish talab etiladi. Barcha axborotlarni
shifrlangan fayllarda yoki arxivlarda saqlanishi kerakli fayllar to’plamini arxiv
uchun nusxalashni yengillashtiradi, chunki ular endi ma’lum joyda joylashgan
bo’ladi.
O‘g‘rilar uchun noutbuklar "birinchi nomerli nishon" ekanligini
foydalanuvchilar tushunib yetishlari va ularni qarovsiz qoldirmasliklari zarur.
Hatto ofislarda noutbukni kechaga qoldirish mumkin emas, chunki ofisga ko’p
kishilar (kom’aniya xodimlari, farroshlar, mijozlar) tashrif buyuradilar.
Mustahkamlash uchun topshiriqlar
1
Simsiz regional tarmoqlarning xarakteristikalari
2
Simsiz tarmoq tuzilmasi
3
Mobillik
4
Kompyuter qurilmalari
Uyga vazifa
Simsiz qurilmalar xavfsizligi muammolari
|