• Fanga oid kompetensiya
  • 1-mashq.
  • Uyga vazifa.
  • O‘qituvchi




    Download 140,5 Kb.
    bet12/24
    Sana02.06.2021
    Hajmi140,5 Kb.
    #14696
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
    Dars metodlari: hamkorlik metodi,BBB usuli,aqliy hujum.

    Dars turi: yangi bilim beruvchi.

    Tayanch kompetensiya: Shakllantiruvchi kompetensiya; kommunikativ kompetensiyasi. Milliy va umummadaniy kompetensiya. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi.

    Fanga oid kompetensiya: Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish)

    Darsning jihozlanish vositalari: ”O‘zbek tili” darsligi,tarqatma materiallar, rasmlar.

    Darsning borishi: A)Tashkiliy qism.O‘quvchilar og‘zaki va yozma nutqini o‘zbek tiliga qaratish uchun turli usullardan foydalanamiz.

    B)O‘tilganlarni mustahkamlash.

    Uy vazifasi va Grammatik mavzu so‘rab baholanadi.

    S)Yangi Mavzu:

    Bilib oling!

    Ot, olmosh, harakat nomi va sifatdoshlardan keyin kelib, ularni hokim so‘zga bog‘lash uchun xizmat qiluvchi so‘zlar ko‘makchilar deyiladi.

    Ko‘makchilar yetakchi so‘zga bog‘lanib, unga turli qo‘shimcha ma’nolar yuklaydi. Jumladan ko‘ra, binoan, asosan ko‘makchilari asos ma’nosini ifodalaydi va jo‘nalish kelishigi –ga shaklidagi ismlarga qo‘shiladi. Masalan: Iltimosingga ko‘ra keldim. Talablariga binoan konsert qo‘yildi.

    1-mashq.

    Taklif, mutaxasis, dengiz, o‘rmon, ma’lumot, taqdim, olim, ustoz, maslahat, loyiha.



    1-topshiriq.

    Odamzodni tiriklik ne’matlari bilan taminlayotgan mo‘jizalar orasida o‘rmonlar beqiyos qudratga ega. Bizga o‘rmonlarimizni , asosan, tabiatni asrash va muhofaza qilish vazifalari yuklatilgandir. Mamlakatimiz hududining atigi 6-7 foizinigina o‘rmonlar tashkil etadi…



    2-mashq.

    Haykalni materialiga ko‘ra baholamaslik kerak.

    Kishining salomatligiga, asosan, havoda ozonning ko‘payishi ta’sir etadi.

    Badantarbiya bilan muntazam shug‘illanib yuradigan inson badantarbiya bilan mutlaqo shug‘illanmaydiganlardan ko‘ra sog‘lomroq, teran fikrliroq, odobliroq bo‘ladi.

    Harakatli o‘yinlarni ochiq havoda bajarib turish yopiq binoda bajargandan ko‘ra foydaliroq.

    Barcha hozirgi zamon yangi texnikasi va texnalogiyasi, asosan lotin yozuviga asoslangan.

    2-topshiriq.

    Tabiat muvozanati

    Tabiatga, go‘yoki yer maydoning muayyan joylari aynan qandaydir xo‘jalik tarmog‘ini joylashtirish uchun yaratilgan ko‘rinadi. Har bir xo‘jalik va aholini muayyan miqdorda sig‘dira oladi, shunga ko‘ra, undan ortig‘I tabiiy muvozanatni, ekologik vaziyatni buzadi.

    Tabiat muvozanatining buzilishiga, asosan, dunyo iqtisodiyotida ishlab chiqarishning tez rivojlanib borishi, tabiiy boyliklarni keskin o‘zlashtirish hamda aholi soning tez o‘sib borishi sabab bo‘lib, bu turli ofatlarga olib kelmoqda.

    D)Mustahkamlash. 3-mashq.

    Baliq suv bilan tirik.

    Bir yil tut ekkan kishi, yuz yil gavhar teradi.

    Bir kishi ariq qazadi, ming kishi suv ichadi.

    Bitta daraxt kessang,yuzta ko‘chat ek.

    F)Baholash.



    Uyga vazifa. Sizni qiziqtirgan ekologiyaga oid mavzuda qo‘shimcha ma’lumot toping.

    O‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari: _________________________________


    Download 140,5 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




    Download 140,5 Kb.