Sana: __________________ Sinf: 9
Mavzu: Xatolar ustida ishlash.
Darsning maqsadi:
1.Olingan BKM larni mustahkamlash
2.O‘quvchilarni ona tabiatimizni asrashga chaqirish.
3.O‘quvchilarning mustaqil ishlash qobiliyatini,mustaqil fikrlashini o‘stirish.O‘quvchilar og‘zaki va yozma nutqini,oz fikrini turli nutqiy vaziyatlarda erkin ifodalash malakasini rivojlantirish.
Dars metodlari: individual ishlash,Aqliy hujum , Klaster,BBB metodi.
Dars turi: mustahkamlash
Tayanch kompetensiya: Shakllantiruvchi kompetensiya; kommunikativ kompetensiyasi. Milliy va umummadaniy kompetensiya. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi.
Fanga oid kompetensiya: Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish)
Darsning jihozlanish vositalar:Mavzuga oid rasmlar,darslik , nazorat ishlari
Darsning borishi: A)Tashkiliy qism.O‘quvchilar og‘zaki va yozma nutqini o‘zbek tiliga qaratish uchun turli usullardan foydalanamiz.
B)O‘tilganlarni mustahkamlash.
Uy vazifasi va grammatik mavzu so‘rab baholanadi.
S)Yangi Mavzu:
Bosh Qomusimiz
Konstitutsiya insonlarning jamiyatdagi huquqlarini va burchlarini belgilab beruvchi asosiy qonun-qoidalar yig‘indisidir.Shuning uchun uni Bosh Qomusimiz deb ataymiz. Har bir davlatning o‘z Konstitutsiyasi bor.O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyada bizning mamlakatimizda yashovchi barcha fuqarolarning huquqlari va burchlari belgilab berilgan. Huquq – bu har bir fuqaroning mamlakatimizda ega bo‘lgan imtiyozlaridir.Burch esa har bir fuqaro rioya etishi shart bo‘lgan talablaridir.Vijdon har bir insonning o‘zini o‘zi nazorat qilishidir Vatan ostonadan boshlanadi , degan naql bor .Har bir inson o‘z Vatanini sevishi asrab-avaylashi , himoya qilishi kerak.Har birimizning uyimiz , ko‘chamiz, mahallamiz, o‘qish va ish joylarimiz , atrofimizni qurshab olgan tabiat va insonlar – barchasi bizning Vatanimizdir.
F)Baholash
E)Uyga vazifa.Takrorlash
O‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari: _________________________________
|