Sana: __________________ Sinf: 9
Mavzu: Huquqiy bilimlar zarurati.1-dars.
Darsning maqsadi: 1.O‘zbek tilida izohlovchi va uning ifodalanishi haqida ma’lumot berish,ularni nutqda qo‘llash ko‘nikmalarini hosil qilish.
2.O‘quvchilarni o‘z huquq va burchlari bilan tanishtirish.Kasbga yo‘naltirish.
3.O‘quvchilar og‘zaki va yozma nutqini,oz fikrini turli nutqiy vaziyatlarda erkin ifodalash malakasini rivojlantirish.
Dars metodlari: hamkorlik metodi,BBB usuli,aqliy hujum.
Dars turi: yangi bilim beruvchi.
Tayanch kompetensiya: Shakllantiruvchi kompetensiya; kommunikativ kompetensiyasi. Milliy va umummadaniy kompetensiya. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi.
Fanga oid kompetensiya: Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish)
Darsning jihozlanish vositalari: ”O‘zbek tili” darsligi,tarqatma materiallar, rasmlar.
Darsning borishi: A)Tashkiliy qism.O‘quvchilar og‘zaki va yozma nutqini o‘zbek tiliga qaratish uchun turli usullardan foydalanamiz.
B)O‘tilganlarni mustahkamlash.
Uy vazifasi va Grammatik mavzu so‘rab baholanadi.
S)Yangi Mavzu:
Bilib oling!
Gapdagi biror shaxs yoki narsa-buyumni boshqa nom orqali ifodalaydigan bo‘lak izohlovchi deyiladi. Izohlovchi bosh kelishikdagi ot bilan ifodalanadi. Izohlovchi kasb, mashg‘ulot, amal, unvon, holat, taxallus, laqab kabi ma’nolarni bildiradi: Shuningdek, izohlovchi geografik nomlar, korxona, muassasa,gazeta va jurnal nomlarini anglatadi. Masalan: bu kishi sobiq oshpaz – Qulahmad Obidov bo‘ladilar.
O‘xshatish va xoslik ma’nolarini bildirgan izohlovchilar bilan izohlanmish o‘rtasiga chiziqcha qo‘yiladi. Masalan: Vatan – ona so‘zi naqadar laziz. Dalalarda mehnat – hayot boshlandi.
1-mashq.
“Guliston” … qiziq hikoya o‘qidim.
“Farhod va Shirin” … Navoiyning o‘lmas asarlaridan biridir.
“Lasette” … ko‘rikda juda yuksak baho oldi.
“Toshkent oqshomi” … o‘qib chiqdim.
1-topshiriq.
Huquqiy bilimlar zarurati.
Inson hayoti davomida qanchadan qancha to‘siqlarga, nohaqlik va adolatsizlikka duch keladi. Ularni yengib o‘tish, adolatni qaror toptirish oson ish emas. Buning uchun huquqiy bilimlarni puxta egallash lozim. Har bir fuqaro o‘z huquqini yaxshi bilsa, Konstitutsiyada belgilab berilgan qonun va qoidalardan xabardor bo‘lsa, hayotda qiynalmaydi. Chunki eng qiyin va murakkab ishlarning yechimi ham huquqshunos tomonidan osonlikcha topiladi…
D)Mustahkamlash. 2-mashq.
Akademik Pavlov sutga ,, Tabiat tomonidan tayorlangan ovqat!’’ deb baho bergan edi.
Ulug‘ o‘zbek shoire Alisher Navoiy o‘z ijodi bilan o‘zbek adabiyoti va o‘zbek tilini yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tardi.
Bugun sizni kutar maktab-darsxona.
O‘zbek shoirasi Zulfiya Neru mukofotini olishga sazovor bo‘ldi.
Butun olamni boqib katta qilgan onani-ayolni ko‘klarga ko‘taraylik.
F)Baholash.
Uyga vazifa. ,,Mening burchim’’ mavzusida matn yarating.
O‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari: _________________________________
|