• Mavzu: 1-topshiriq. Zahiriddin Muhammad Bobur
  • Uyga vazifa.
  • Darsning jihozlanish vositalari




    Download 140,5 Kb.
    bet2/24
    Sana02.06.2021
    Hajmi140,5 Kb.
    #14696
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
    Darsning jihozlanish vositalari: ”O‘zbek tili” darsligi,tarqatma materiallar, rasmlar.

    Darsning borishi:

    A)Tashkiliy qism. O‘quvchilar og‘zaki va yozma nutqini o‘zbek tiliga qaratish uchun turli usullardan foydalanamiz.

    B)O‘tilganlarni mustahkamlash.

    Uy vazifasi va Grammatik mavzu so‘rab baholanadi.

    S)Yangi Mavzu:

    1-topshiriq.

    Zahiriddin Muhammad Bobur

    Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevralda Andijon shahrida dunyoga keldi. Bobur o‘rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan. U adib, shoir, olim, bo‘lish bilan birga, yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, mamlakat tarixida uning davlat arbobi sifatida nomi qolgan. U o‘zining “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. Uning navis g‘azal va ruboiylari turkiy she’riyatning eng nodir durdonalari hisoblanadi.

    Bilib oling!

    Gapda kesimni izohlab keluvchi gap bo‘laklari muhim o‘rin tutadi. Bu gap bo‘lagi vazifasida sifat, sifatdosh, ravishdoshlardan tashqari u, bu, o‘sha, shu kabi ko‘rsatish olmoshlari, barcha, hamma, har qaysi, hech qachon kabi jamlash- belgilash olmoshlari faol qo‘llanadi. Masalan: Bu taqdim etilgan yangi asar. Har qaysingiz bittadan she’r aytasiz. Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Alisher Navoiy – hammalari “Xamsa” yaratganlar.


    1-mashq.

    Alisher Navoiy ulug‘ shoir, olim, mutafakkir, tarixchi hamdir.

    Avvalo, she’riyatning mohiyatini anglash lozimdir.

    “Xamsa” Alisher Navoiyning shoh asari hisoblanadi.

    Ruboiy to‘rt misradan iborat she’riy janr hisoblanadi.

    2-mashq.

    Odami ersang demagil odami

    Oniki yo‘q xalq g‘amidin g‘ami.

    Bilmaganni so‘rab o‘rgangan olim,

    Orlanib so‘ramagan o‘ziga zolim.

    Yaxshilik qo‘lingdan kelmasa,

    Yomonlik ham qilma.

    Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qitdi ranj ila,

    Aylamak oson emas haqqin ado ming ganj ila.

    D)Mustahkamlash. 3-topshiriq.

    Boburni faqat bitta xona o‘ziga tortar edi. Mudarrisning kutib o‘tirganiga qaramay, bobur yaxshi ko‘rgan kitoblari qo‘yilgan shu xonaga burildi. Kitoblar orasidan “Xamsa”ni olar ekan, uzoq Hirotda yashayotgan Alisher Navoiyni xayol ko‘zi bilan ko‘rib turganday bo‘ldi…

    F)Baholash.



    Uyga vazifa.

    Zahiriddin Muhammad Bobur haqida qo‘shimcha ma’lumotlarga tayanib , kichik matn tuzing.





    Download 140,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




    Download 140,5 Kb.