Sana: __________________ Sinf: 9
Mavzu: Takrorlash
Darsning maqsadi:
1.O‘zbek tilida olingan BKM larni mustahkamlash
2.Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
3.O‘quvchilar og‘zaki va yozma nutqini,oz fikrini turli nutqiy vaziyatlarda erkin ifodalash malakasini rivojlantirish.
Dars metodlari: hamkorlik metodi,BBB usuli,aqliy hujum.
Dars turi: mustahkomlovchi
Tayanch kompetensiya: Shakllantiruvchi kompetensiya; kommunikativ kompetensiyasi. Milliy va umummadaniy kompetensiya. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi.
Fanga oid kompetensiya: Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish) Darsning borishi: A)Tashkiliy qism.O‘quvchilar og‘zaki va yozma nutqini o‘zbek tiliga qaratish uchun turli usullardan foydalanamiz.
B)O‘tilganlarni mustahkamlash.
Uy vazifasi va Grammatik mavzu so‘rab baholanadi.
S)Yangi Mavzu:
1-mashq. Do‘stlik haqida
Hech bir inson do‘st va o‘rtoqlarsiz yashay olmaydi.Qiziqishi , intilishi , didi sizniki bilan bir xil bo‘lgan insonlar do‘st hisoblanadi.Do‘st va o‘rtoqlaringiz ko‘p bo‘lgani yaxshi .Do‘stlar bilan birga bo‘lganingizda o‘zingizni dadil tutasiz,chunki birgalikda barcha qiyin ishlarni amalga oshirasiz.
Jamlikni ifodalovchi so‘zlar
Otlar sonlar olmoshlar
Xalq ikkovi hamma
Aholi ikkalasi barcha
Olomon oltovi bari
Omma uchovi ba’zilar
2-mashq
Onam bilan opam – ikkovlari dorixonada ishlaydilar.Sen bilan men – ikkalamiz sport musobaqasida ishtirok etar ekanmiz.Bog‘ning turli joylarida har xil: nok , o‘rik , olma , jiyda va hokazo anchagina.Karam , sholg‘om , sabzi-piyoz , meva – cheva – hamma narsa muhayyo.
3-mashq
O‘rik , olma , gilos, olcha , shaftoli – mevalar.
Kartoshka , pomidor , piyoz, sabzi – sabzavotlar.
Kitob , daftar , qalam , ruchka – o‘quv qurollari.
G‘isht , taxta , mix , bo‘yoq – qurilish qurollari.
Ko‘ylak , do‘ppi , ro‘mol , poyabzal – kiyimlar.
D)Mustahkamlash . 4-mashq
Sirli olam
Atrofga nazar tashlasak,olam sirlarga to‘ladek tuyuladi.Bir yining to‘rt faslga bo‘linishi , fasllar ketma-ketligi , ularning bir-birini to‘ldirib borishining o‘zi g‘aroyib emasmi? Kun va tunning mavjudlugi , hatto inson hayotida ham qiyinchiliklardan keyin kun kabi yaxshiliklar kelishi ham sirli tuyulmaydimi ? Ha , haqiqatan ham, bu olamda sirli holatlat va g‘aroyib voqealar ko‘p bo‘ladi.Masalan: Navro‘zda kun vat un tenglashadi,tundrada oyning o‘n besh kuni yorug‘ ,o‘n besh kuni qorong‘u bo‘ladi, Peterburgda biro y davomida oydin tunlar kuzatiladi, uzoq Shimolda biro y davomida uzluksiz faqat tun bo‘lishi yoki sirli tushlar , ular ko‘pincha hayotda ham aks etadi.Bularning sababi nimada? Kelajakda olimlar o‘z ixtirolarida bunday sirli hodisalarning sababini kashf etarlar.Ammo dunyo yaralibdiki , bunday jumboqlarni hali hech kim tagiga yeta olmagan.Xullas , biz yashayotgan olam sirlarga to‘lib-toshib yotibdi.
F)Baholash
E)Uyga vazifa . Takrorlash
O‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari: _________________________________
|