• Dars metodlari
  • Fanga oid kompetensiya
  • Uyga vazifa.
  • Sana: __________________ Sinf: 9




    Download 140,5 Kb.
    bet22/24
    Sana02.06.2021
    Hajmi140,5 Kb.
    #14696
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
    Sana: __________________ Sinf: 9
    Mavzu: Me’morchilik obidalari.2-dars.
    Darsning maqsadi:

    1.O‘zbek tilidaaniqlovchii va uning ifodalanishi haqida ma’lumot berish,ularni nutqda qo‘llash ko‘nikmalarini hosil qilish.

    2.O‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.Kasbga yo‘naltirish.

    3.O‘quvchilar og‘zaki va yozma nutqini,oz fikrini turli nutqiy vaziyatlarda erkin ifodalash malakasini rivojlantirish.



    Dars metodlari: hamkorlik metodi,BBB usuli,aqliy hujum.

    Dars turi: mustahkomlovchi.

    Tayanch kompetensiya: Shakllantiruvchi kompetensiya; kommunikativ kompetensiyasi. Milliy va umummadaniy kompetensiya. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi.

    Fanga oid kompetensiya: Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish)

    Darsning jihozlanish vositalari: ”O‘zbek tili” darsligi,tarqatma materiallar, rasmlar.

    Darsning borishi: A)Tashkiliy qism.O‘quvchilar og‘zaki va yozma nutqini o‘zbek tiliga qaratish uchun turli usullardan foydalanamiz.

    B)O‘tilganlarni mustahkamlash.

    Uy vazifasi va Grammatik mavzu so‘rab baholanadi.

    S)Yangi Mavzu: Bilib oling!

    Aniqlovchilar quyidagilar bilan ifodalanadi:

    Sifat bilan: Ariqlarda billurday suv oqadi.

    Son bilan: 5-6 xil meva olib kelishdi.

    Olmosh bilan: Unga ana shu me’moriy obidalar yoqdi.

    Ot bilan: Tillakori madrasasidagi naqshlarga oltin suvi yurgizilgan.

    Sifatdosh bilan: Kecha kelgan ustalar maqbarani ta’mirladilar.



    1-mashq.

    Uyning devoir yashil rangga bo‘yalgan. Kuzgi bug‘doy erta pishadi. Madrasaning eshiklari ikki xil ekan. Ulug‘bek madrasasi uzoq yillardan beri saqlanib kekmoqda. Biz, to‘qqizinchi sinf o‘quvchilari Samarqandga bordik. Sulton mahmudning juda ham go‘zal bog‘I bo‘lgan. Alisher she’rni bizga o‘qib berdi. Elyor bizning maktabda o‘qiydi.

    2-topshiriq.

    Tillashayx jome masjidi

    Tillashayx masjidi toshkentlik mashhur Tillashayx tomonidan bunyod etilgan. Me’moriy obida o‘zdizayni bilan o‘z davrida qurilgan masjidlardan ajralib turgan. Inshoot to‘rtburchak tarhli , gumbazsimon, masjidning ikki yonida uncha katta bo‘lmagan minoralar bo‘lib, masjidga tashqi arksimon qilib qurilgan ayvon orqali kiriladi. Arklar soni 3 ta.

    3-topshiriq. Ismoil Somoniy maqbarasi

    Buxorodagi ko‘hna Ismoil Somoniy maqbarasi taxminan 892-907 – yillarda somoniylar sulolasining vakili Ismoil Somoniy tomonidan to‘rtburchak shaklida bunyod etilgan. Har burchagiga bittadan kichik gumbaz, o‘rtasiga esa asosiy katta gumbaz joylashgan. Maqbara devorlari ichkari – tashqarisidagi bo‘rtiq-bo‘rtiq shakllar o‘ziga xos badiiy bezak sifatida ko‘zga tashlanadi.kunning turli vaqlarida quyosh nurlari ta’sirida ular rang-barang ko‘rinish kasb etadi.

    3-mashq.


    “Klaster “ usulidanfoydalanib, Samarqanddagi me’morchilik yodgorliklarining nomlarini yozing.

    D)Mustahkamlash. 3- topshiriq.



    • Nima uchun Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlariga ko‘plab sayyohlar keladilar?

    • …….

    • Amir Temur qanday obidalar qurdirgan?

    • …….

    • Samarqand va Buxoro dagi qanday yodgorliklarni bilasiz?

    • ……..

    • Toshkentda qanday me’morchilik yodgorliklari bor?

    • ……..

    • F)Baholash

    • Uyga vazifa. 4-mashq

    O‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari: _________________________________


    Download 140,5 Kb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




    Download 140,5 Kb.