O’quv – uslubiy majmua oliy ta’lim muassasalari o’qituvchilari va talabalari, umumiy fizika, nazariy fizika, astronomiya fanlarini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo’llash jarayonlariga qiziquvchilar uchun mo’ljallangan




Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/127
Sana20.05.2024
Hajmi3,61 Mb.
#245676
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   127
Bog'liq
Majmua Optika ZAXIDOV I

Umumiy ma’lumotlar
Erkin tarqalayotgan yorug’lik nurining yo’liga to’siqlar, masalan gulsapsar tipli 
diafragma yoki tirqish qoyilganda difraksion hodisalar yuz beradi. Yorug’likning 
to’g’ri chiziqli tarqalishdan og’ishi kuzatiladigan bunday holat difraksiya deb ataladi. 
Difraksion hodisalar o’rganilganda, tajriba bajariladigan ish tartibi ikki turga ajratiladi: 
Fraungofer
difraksiyasi holida yorug'likning parallel to’lqin frontlari difraksion 
obektning old tomonida va ortida o’rganiladi. Bu bir tomondan difraksion obektdan 
cheksiz masofada joylashgan yorug’lik manbasiga va ikkinchi tomondan xuddi 
shuningdek difraksion obektdan cheksiz masofada joylashgan ekranga mos keladi. Uni 
tajribada nur yo’liga joylashtirilgan yig’uvchi linzalar yordamida, masalan yorug’lik 
manbasi bilan difraksion obekt orasiga joylashtirish orqali amalga oshirish mumkin 
Frenel
difraksiyasi holida yorug'lik manbasi va ekran difraksion obektdan chekli 
masofada joylashadi. Masofa ortib borgani sari Frenel difraksion tasvirlari Fraungofer 
difraksion tasvirlariga o'xshashroq bo'lib boradi. Fraungofer difraksiyasi holida 
difraksion tasvirlarni hisoblash ancha soddaroq. Shu sababli mazkur ishda bayon 
qilingan tajribalar Fraungofer nuqtai nazariga asoslangan 
Rasm.1: Qo’sh tirqishdan yorug’lik difraksiyasining sxemasi (tajriba P5.3.1.2 taqqoslash) b: tirqish 
kengligi g: tirqishlar oralig’i L: tirqish bilan ekran orasidagi masofa 
X2:
markazdan 2-intensivlik 
minimumigacha masofa 
a.2.
2-susaygan interferensiya kuzatiladigan yo’nalish ZIS
2
: yo’llar farqi 


119 
S: kuzatish tekisligi (VideoCom ning ZBA kanali)
 
T. Yungga asosan,
ikkita kogerent nurni bir-biriga yaqin joylashgan teng 
kenglikdagi tirqishlar orqali intensiv va kogerent lazer nuridan olish mumkin. Bu esa 
tirqishlarning ikki (qo'sh) yorug'lik manbai sifatida namoyon bo'lishini anglatib, 
yorug'lik dastalari ancha darajadagi uzoq masofada birlashadi. Bu ikki tirqishdagi 
difraksiya kirayotgan parallel yorug'likni hattoki tirqish diafragmasining geometrik 
soyasida ham tarqalishiga olib keladi (Rasm.1 dagi kul rang soha). Bundan tashqari, 
kuzatish tekisligida yorqin va qoramtir tasmalar namoyon bo'lib, ularni geometrik nur 
optikasi qonunlari bilan tushuntirib bo'lmaydi. Yorug'lik to'lqin xossalariga ega deb 
inobatga olinsa va ekranda kuzatilayotgan difraksion tasvirni tirqish aperturasidan 
kelyotgan ko'p sonli(cheksiz) dastalarning superpoziyasi deb qaralsagina uni 
tushuntirish mumkin. 
Difraksion tasvirni hisoblash uchun, 
N
tirqishlardan iborat, bir biridan teng 
masofalarda joylashgan tirqishlardan kelayotgan barcha dastalarning tebranish 
holatlari, fazalari farqi e'tiborga olingan holda qo'shiladi. Natijada kuzatish 
tekisligining 
ixtiyoriy 
joyidagi 

difraksiyalangan 
yorug'lik 
maydon 
kuchlanganligining amplitudasi 
A
olinadi. Bu metod orqali amplituda taqsimotidan 

(x)
bevosita intensivlik taqsimoti 
I(x) =A
2
(x)
hisoblanadi. Amalda, kichik difraksion 
burchaklar 
(sina&a)
holida, kengligi 
d
bo'lgan, 
N
tirqishlar uchun quyidagi 
proporsionallik olingan 
Tenglamaning (1) o'ng tomonidagi uchinchi had, cheksiz tor va bir tekis 
taqsimlangan N ta tirqishdan yorug'lik to'lqinining difraksiyasi kuzatiladigan 
intensivlikning maksimumi va intensivlikning minimumlari davriyligining ketma-
ketligini ifodalaydi. 
Tenglamaning (1) o'ng tomonidagi ikkinchi had chekli tirqish kengligining 
b
ta'sirini ifodalaydi. Bu had difraksion tasvirning “qobig'i” hisoblanadi va yakka tirqish 
kengligi 
b
ning difraksion ta'siriga mos keladi. Shunday qilib, ko'p sonli tirqishlarning 
(N >2) difraksion tasviri yakka tirqishning difraksion tasviri orqali modulyasiyalanadi. 


120 
Birinchi had 1\N
2
intensivlikning tirqishlar soniga bog'liqligini ifodalaydi. 

Download 3,61 Mb.
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   127




Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’quv – uslubiy majmua oliy ta’lim muassasalari o’qituvchilari va talabalari, umumiy fizika, nazariy fizika, astronomiya fanlarini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo’llash jarayonlariga qiziquvchilar uchun mo’ljallangan

Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish