|
Masofaviy ta’lim modellari
|
bet | 183/225 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 1,49 Mb. | | #105226 |
Bog'liq 3 02 Informatika fanini o\'qitish metodikasi(1) (2)
Model turlari
|
Tasnifi
|
Birlamchi model
|
|
Ikkilamchi model
|
|
Aralash model
|
|
Konsorsium
|
|
Franchayzing
|
|
Validasiya
|
|
Uzoqlashgan auditoriyalar
|
|
Proektorlar
|
|
FSMU tehnologiyasi yordamida “O’zbekistonda masofaviy o’qitishni rivojlantirish kerak”savolini yo’naltiruvchi uslubiy tavsiyalar asosida echish:
Savol
|
“O’zbekistonda rivojlantirish kerak”
|
masofaviy
|
o’qitishni
|
(F) Fikringizni bayon zting
|
|
|
|
(S) Fikringiz bayoniga sabab ko’rsating
|
|
|
|
(M) Ko’rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring
|
|
|
|
(U) Fikringizni
umumlashtiring
|
|
|
|
SEMINAR
MASHG`ULOTLARI
MATERIALLARI
1-mavzu. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitish maqsadi va vazifalari (2 soat seminar).
Darsning maqsadi
|
|
Tinglovchilarga Umumiy o’rta ta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari kurslarini o’qitish maqsadi va vazifalari haqida bilim berish va ko`nikmalarini rivojlantirish, mustahkamlash.
|
Darsning rejasi
|
|
Reja
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari kurslarini o’qitish maqsadi
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari kurslarining mazmuni.
|
Dars turi
|
|
Ma’ruza, bahs-munozara.
|
Dars bosqichlari
dars taqsimoti
|
va
|
Tashkiliy qism
Yang mavzu bayoni
III.Mavzuni mustahkamlash
IV. Darsga yakun yasash
|
O`quv jarayonining mazmuni
|
Metod: hamkorlikda o`rganish, jamoada, guruhlarda.
Jihoz : Kompyuterlar, proyektor, tarqatma materiallar, flipchat.
Usul: og`zaki, Yoz ma, taqdimot.
Baholash: reyting tizimda.
|
Uyga vazifa
|
Keyingi o`tiladigan dars mavzusiga tayyorlanish.Mavzuga doir adabiyotlar bilan tanishish.
|
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari kurslarini o’qitish maqsadi
Respublikamizda, yosh avlodning o’z faoliyatini rejalashtirishi, qo’yilgan masalani yechishga zarur bo’lgan axborot topa olishi, o’rganilayotgan ob’ekt yoki jarayonni informatsion modelini qura olishi va yangi texnologiyalardan unumli foydalana olishi kabi malakalarga ega bo’lishi uchun zarur sharoitlar yaratib berilmoqda.
Zamonaviy kompyuterlarni boshqara olish malakasiga ega bo’lish har bir yosh avlodga zarurdir. SHuning uchun, o’rta maktab Informatika fanining birinchi va muhim vazifalaridan biri o’quvchilarda aniq bir fikrlash usulini shakllantirishdir.
O’qitish shakli va usuli yosh o’quvchilarning fikrlashini va ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Masalaning qiyin tomoni shundaki, bir tomondan o’quvchining fikrlashini va ijodiy qobiliyatini rivojlantirish bo’lsa, ikkinchi tomondan ularga zamonaviy kompyuterlar olami haqidagi bilimlarni qiziqarli va uyg’un ko’rinishda berishdir.
Informatika fanining yoshlik darajasidagi dolzarblik jihatlari quyidagilarda akslanadi:
O’quvchilarda axborotlarni qayta ishlash jarayonida fikrlash tartibotlarini, jumladan, mantiqiy va abstrakt fikrlashni shakllantirish.
Kompyuterdan o’quv vositasi sifatida foydalanishni ta’minlash maqsadida, uning yordamida axborot ustida amaliy ishlar olib borish, zamonaviy dasturiy ta’minot bilan tanishish.
Kompyuterdan foydalanish ko’nikmasini shakillantirish o’quvchilarda uni o’rganilayotgan jarayonda hisoblash, tasvirlash, tahrirlash ishlarini bajarishda vosita sifatida qo’llash tajribasiga ega bo’ladilar.
Yoshlarda hisoblash texnikasiga nisbatan uning samarali vosita sifatidagi ijobiy munosabatlarni shakllantiradi.
Yoshlarda turli o’quv kurslarida olayotgan axborot va ma’lumotlarni kompleks ravishda o’rganish hamda ularning uzviyligini ta’minlash ko’nikmasini shakillantiradi.
Kompyuter o’quvchilarning ijodiy va abstrakt fikrlash darajasini yaxshiroq tushunish, o’z navbatida keng va chuqur rivojlantirish imkonini beradi. Ma’lumki, bunday fikrlash uyg’unligi matematika va boshqa fanlarni o’zlashtirishga katta ta’sir ko’rsatadi.
Informatika fanining boshqa fanlarga o’xshamasligi o’quvchilarda yoqimli o’yin kabi tasavvur qoldirishi bilan birga, o’z ijodiy qobiliyatlarini ochishlariga turtki bo’lib xizmat qiladi.
O’quvchilar kompyuterda ishlab izlanuvchi va tadqiqotchiga aylanishadi. Bunda o’z tajribalariga tayangan holda ular hulosa chiqarish va umumlashtirishga o’rganadilar.
|
| |