Xulosa
Ma`lumki, har qanday pedagogik texnologiya ta`lim jarayonini rivojlantiruvchi yangi tamoyillarga asoslangan bo`lib taxsil oluvchi shaxsini shakillantirishga asoslangan va unda ma`lum malaka hamda ko`nikma hosil qilishga mustaqil fikrlashga yo`naltirilmog`i talab etiladi. So`nggi vaqtda ma`ruza materiallarini o`quvchi talabalarga etkazishda prezentatsiya shaklida ayniqsa multimediyali usulda namoyish etish o`ziga xos amaliy ahamiyat kasb etmoqda.
Shu nuqtai nazardan mazkur makakaviy ishning maqsadi “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan prezentatsiya materiallarini tayyorlashga qaratilganligi dolzarb bo`lib, Tarmoq markazidagi malaka oshirish jarayonida olingan nazariy bilim va
ko`nikmalar hamda orttirilgan tajribalar asosida “Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchalari va ularning mazmuni” ga oid mavzuni prezentatsiya shaklida taqdimot qilishga qaratigan. Muhimi shundaki prezentatsiya materiallarini tayorlashda tinglovchi malakaviy ish ro`yxatidagi o`z hammuallifligida yaratilgan yangi o`quv adabiyotlari materiallaridan foydalangan.
Ta`kidlash joizki ushbu prezentatsiya materiallaridan oily ta`lim tizimidan tashqari malaka oshirish va qayta tayorlash tizimida ham foydalanish mumkin.
3. Тожиев М.Х., Нигматов И.. Ҳаёт фаолияти хавфсизлиги.(лотин имлосида ўкув қўлланма) –Т.: “Тафаккур-Бўстони”, 2012 йил. – 170
|
Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar
Xavflarning mohiyati va mazmunini tushuntirib bering?
Xavflarning qanday turlarini bilasiz?
Xavflarni taksonomiyasi, nomenklaturasining mazmunini tushuntirib bering?
Xavflarning kvantifikatsiyasi deganda nimani tushunasiz?
Xavf-sabab-oqibat tushunchalarining o’zaro bog`liqligini tushuntirib bering?
Texnosferada xavfsizlikni ta’minlash uslublarining moxiyatini tushuntiring?
16-MA’RUZA. INSON YASHASHI UCHUN ASOSIY OMILLAR.
Reja.
1. Inson faoliyati xavfsizligini ta’minlash uslublari.
2. Xavfsizlikni ta'minlashning uch uslubi.
3.
2. INSON FAOLIYATI XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH USLUBLARI.
Biz bilamizki, xavfsizlik-hayot faoliyati xavfsizligining asosiy o’zagini tashkil etadi va u inson faoliyatining holati hisoblanadi. Bu holatlarda insonlar muayyan ehtimollikda yuzaga keladigan xavflarni bartaraf qilishga harakat qiladi. Ammo, hamma xolatlarda ham xavflarni bartaraf qilish imkoniyati bo`lmaydi.
Masalan, yong’in xavfida: yong’inning boshlang’ich fazasida o`cherish mumkin bo`lsa, asosiy yo ng`in fazasida uni o`cherish imkoniyatlari chegaralanib qoladi.
Yoki biror texnologik, jarayonda amal qilayotgan ko’rstgichlar: temperatura, bosim, xajm ko'rsatkichlari birdan o'zgarishga uchrasa texnologik jarayonni boshqarish darajasi (xavfsizlikni ta'minlash) cheklanishi mumkin, oqibatda yong'in chiqadi, yoki portlaydi, yoki ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar yaroqsiz holga kelishi, atrof muhitga to'kilishi mumkin.
Xavfsizlikni ta’minlashda quyidagi tushunchalar: gomosfera va texnosfera tushunchalari qo’llaniladi.
COMOSFERA - Inson faoliyati davomida uning turgan joyi tushuniladi. (Masalan, ishlovchining ob’ektdagi, sexdagi, bo’limdagi turgan joyi.)
TEXNOSFERA-Ishlovchining doimiy ravishda ish jarayonidagi xavfli joyi
(Masalan, ishlovchining toKar yoki frezor dastgohidagi ish joyi yoki payvandlovchining bevosita payvandlayotgan qismlar orasidagi ish joyi) tushuniladi.
Xavfsizlikni ta'minlashning uch uslubi mavjud:
USLUB. Gomosfera bilan texnosferani bir-biridan vaqt yoki joy jihatidan uzoqlashtirish.
Bu uslubni amalga oshirishda, ishlab chiqarish jarayonini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, jihoz, uskunalarni masofadan turib boshqarish, robotlarni qo’llash orqali boshqariladi.
Masalan, konservasanoatidasharbatlarishlabchiqarishda, atom elektr stansiyalarida texnologik jarayonlarni boshqarishda, avtomabilsozlikda yig’ish jarayonidagi ishlarni bajarishda masofadan turib mexanizatsiyalashtirilgan jarayonlarni qo’llash orqali boshqariladi.
USLUB. Xavfsizlik qoidalarini qo’llab xavflarni bartaraf qilish yoki texnosfera (ishlab chiqarish, muhit) ko’rsatkichlarini normallashtirish, yoxud texnosfera xarakteristikalarini moslashtirish.
Bu uslubda gomosfera va texnosfera ko’rsatkichlari bir-biriga yaqinlashtiriladi. Bunda ishlovchilarni shovqin, gaz, chang miqdorlari, yoritilganlik, harorat darajalari va boshqa xavfli omillardan himoya qilishga qaratilgan tadbirlar majmuasini hamda xavfsiz uskuna, jihozlarni qo’llash orqali amalga oshiriladi.
Masalan, to’qimachilik kombinatlarida yuzaga keladigan ishlab chiqarish changlari, jihozlardan chiqadigan shovqin, ish joylarining yoritilganligi va boshqa ko’rsatkichlar me’yor darajaga olib kelinadi.
3 USLUB Tegishlicha himoya vositalari yordamida insonlarning himoyalanish xususiytlarini oshirishga hamda insonni naksosfera (muhitg) ga moslashtirishga asoslangan
Bu usul : kasbiy tanlash, o`qitish, yo`riqnomalar (instruktsiylar) berish, psixologik ta`sir qilish va shaxsiy himoy vositalari qo`llash bilan amalga oshiriladi.
Real sharoitlarda yqorida keltirilgan usullarning bittasi yordamida zarur xavfsizlik darajasini har doim ta`minlhi mumkin bo`lmaydi. Bunday holatlarda yuqoridagi usullar majmuasi ( kompleksi) ni qo`llash maqsadga muofiq.
-O’qitishning asosiy tamoyillari va usullari, ularni mazmuni.
- FM bo’yicha amaliy mashg’ulotlarni tayyorlash.
- Amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish bo’yicha imitatsiya rejasini tuzish
FM bo’yicha o’qitishni o’tkazish va tashkil qilishda umumiy printsiplar: partiyaviylik, ilmiylik, onglilik va aktivlik, sistemalilik va ketma-ketlik, bilimlarga –ko’nikmalarga mustahkam ega bo’lish, o’qishga kollektiv va xususiy yondashish, axloqiy va ruhiy mustahkamlik va boshqalardir.
O’qitish shakillari o’qish jarayonining tashkiliy tomonini ifodalaydi. Mashg’ulotlarning tarkibini va uni olib borish joyini, vaqtini, muddatini, mashg’ulot rahbarlari hamda o’qiyotganlarning ish faoliyati tashkil qiladi. Ular quyidagi asosiy guruhlarga: sinf va dala mashg’ulotlari, mashqlar, maxsus taktik o’qish, komandir va shtab boshliqlarini o’qitish va kompleks o’qishlarga bo’linadi.
O’qitish usulida mashg’ulot rahbari o’rganuvchilarning bilim, malaka va mahoratiga suyanib FM vazifalarini bajarish uchun axloqiy va jismoniy shakllantiradi.
Bunda xar xil o’quv usullari qo’llaniladi:
- o’quv majburiyatini og’zaki bayon etish (ma’ruza, hikoya, tushuntirish);
- ko’rsativli (demonstratsiya, o’rganuvchilarga FM bo’linmalarining harakatlarini diafil’m, kinofilm, videofil’mlar va komp’yutyerlarda ko’rsatish);
- mashqlar (aholini FV dan himoya qilish normativlarini amaliy o’qitish);
- amaliy ish (maxsus jihozlangan kabinetlarda, o’quv shaharchalarida, agregatlarda, texnikada, asboblarda).
Rahbarlar tarkibini, tizimlar va aholini o’qitishda amaliy mashg’ulotlarga jalb qilish katta ahamiyatga ega. Amaliy mashg’ulotlar rahbarlar tarkibini, FM kuchlarini va aholini FM vazifalarini bajarishga tayyorlashning yuqori va faol shakli hisoblanadi. Amaliy mashg’ulotlarda tuzilmalarga kirgan fuqarolarning aniq va tartibli harakatlari, turli xil jihozlar, asbob-uskunalar, texnikalardan foydalanish uslublari o’rganiladi, aloqa va tuzilmalarni boshqarish masalalari ishlab chiqiladi.
FMning amaliy mashg’ulotlarini zamon talablariga mos holda o’tkazish, fuqarolarni dushman tomonidan qo’llaniladigan zamonaviy qurol vositalaridan, shuningdek hududimizda kuzatiladigan tabiiy ofatlar, ishlab chiqarish avariyalari va fojialar oqibatlaridan muhofaza qilish, odamlarda ma’naviy-ijtimoiy va psixologik sifatlarni tarbiyalash, Obyektlarni uzluksiz faoliyat ko’rsatishini ta’minlash, qutqaruv va tiklov ishlarini amalga oshirish bo’yicha bilimlarini, qobiliyatlarini oshirish imkonini beradi.
FVDTda FMning quyidagi amaliy mashg’ulotlari tashkil etiladi va o’tkaziladi:
1. SHaxsiy tarkib uchun maxsus-taktik;
2. Rahbar tarkib uchun shtab-komanda;
3. O’qitilayotgan hamma toifadagilar uchun kompleks mashg’ulotlar.
Maxsus-taktik amaliy mashg’ulotlar tuzilmalarning oldiga qo’yilgan vazifalarni bajarishga o’rgatishdan iborat. Yani bunday o’quv mashqlari fuqaro muhofazasining harbiylashgan va maxsus bo’limlari hamda avariya-qutqaruv tuzilmalarining amaliy ishlarni bajarishga o’rgatish, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgandir. Bunday o’quv mashqning maqsadi: tizim boshliqlari tarkibini avariya-qutqaruv va boshqa tiklov ishlarini va aholini muhofaza qilishni tashkil etish, tizimlarni hamda avariya-qutqaruv bo’linmalarini aholini muhofaza etish tadbirlarini mustaqil ravishda bajarish hamda boshqa tizimlar bilan hamkorlikda harakat qilishga tayyolashdir. Tizimlarning favqulodda vaziyatlar o’chog’ida harakat qilish tayyorgarligini tekshirish hamda fuqarolarning ruhiy fazilatlarini shakllantirishdan iborat.
Maxsus-taktik amaliy mashg’ulotni o’tkazishda mashg’ulotni tayyorlash va o’tkazish haqida buyruq, mashg’ulotga tayyorgarlikning rejasi hamda o’quv mashqni o’tkazish rejalari ishlab chiqiladi. Maxsus-taktik amaliy mashg’ulotning asosiy o’quv-uslubiy hujjati amaliy mashg’ulot rejasi hisoblanadi, unda mashg’ulotning borishi, o’quv savollarining izchilligi, mashg’ulotlar bosqichlar bo’yicha aks ettiriladi.
Tuzilmalar maxsus-taktik mashg’ulotlarda o’z obyektlarining moddiy-o’quv bazalaridan: har xil qurilmalaridan, jamoaviy himoya vositalaridan foydalanadilar. O’quv mashqlari umummaqsadli tuzilmalar bilan xizmatli tuzilmalar birgalikda o’tkaziladi. Jumladan, qutqaruv guruhlari bilan sanitar drujinalar, razvedka, aloqa, jamoat tartibini saqlash, himoya inshootlarida xizmat ko’rsatish guruhlari, yong’inga qarshi kurash guruhlari ishtirok etadilar. Bunda ishtirok etadigan tuzilmalarning soni, o’quv mashqini mavzusiga, maqsadlariga, xarakteriga, avariya-qutqaruv ishlarining ko’lamiga, favqulodda vaziyat ko’lamiga va boshqa qutqaruv-tiklov ishlarining hajmiga bog’liq bo’ladi.
Maxsus-taktik mashg’ulotning rejasi matn bo’yicha ishlab chiqiladi va quyidagilarni: mavzuni, har bir toifa o’quvchilari uchun o’quv maqsadlari, mashg’ulot o’tkazish vaqti, o’quv mashg’ulotiga jalb qilinadigan bo’linmalarning tarkibi, texnikalar soni va sarf bo’lish me’yorlari, mashg’ulotning bosqichlari, ularning davomiyligi va o’quv savollari, taktik sharoit, kuchlarni guruhlash, boshqarish maskanlarining joylashgan eri, zamonaviy qurollar qo’llanilgandan keyin obyektdagi holat, FM boshliqlarining qarorlari va xodimlarning vazifalarini o’z ichiga oladi. Maxsus-taktik mashg’ulotning yaxshi ishlab chiqilgan rejasi va boshqa hujjatlar uning muvaffaqiyatli o’tishiga imkon beradi.
Mashg’ulotni o’tkazish. Mashg’ulot tuzilmalar doimiy joylashgan joyda bevosita yoki to’satdan «Ogohlantirish» ishorasi bo’yicha boshlanishi mumkin. Buning uchun shaxsiy tarkibga xabar berish va yig’ish, texnikalarni olib chiqish va ularni ishga tayyorgarligini tekshirish kerak.
Tuzilmalarning boshliqlariga taktik vazifani tekshirish tavsiya etiladi: bunda vazifani anglab olish, sharoitni baholash, qaror qabul qilish, qo’l ostidagilarga vazifalar qo’yish va ularning harakatlarini tashkil etish uchun zaruriy vaqt beriladi. Mashg’ulot rahbari tuzilmalar boshliqlarining qarorlarini tinglaydi va tasdiqlaydi, kerak bo’lgan paytda sharoitni chuqurroq mushohada etib, ular yordamida eng maqsadga muvofiq qaror qabul qiladi.
Mashg’ulot rahbari shaxsan va o’z yordamchilari orqali obyektdagi radiatsiyaviy, kimyoviy, biologik holatning o’zgarishini, odamlar, texnikani ishdan chiqishini ko’zda tutgan holda mashg’ulotlarni kuchaytirib boradilar. Mashg’ulot rahbari, sharoitga qarab tuzilma boshliqlaridan yangi qarorlar, buyruqlar qabul qilishga, qo’l ostidagilarga yangi vazifalar qo’yishga va ulardan o’ziga xos harakatlar qilishga erishadi. Tuzilmalardagi fuqarolar asbob-uskunada, texnikada va mexanizmlarda o’z mutaxassisligi bo’yicha amaliy vazifalarni bajaradilar. Mashg’ulotlar tuzilmalarni shikastlanish o’chog’idan olib chiqish, fuqarolarni tibbiy, texnikani esa maxsus ishlovdan o’tkazish bilan tugallanadi. So’ngra maxsus-taktik mashg’ulotlar tahlil qilinadi.
Komanda-shtab mashg’ulotlari - FVDTning shtab boshliqlarini, FM xizmat boshliqlarini, Obyektlarning komanda-boshliqlar tarkibini o’z funksional burchlarini bajarishga, birgalikda tayyorlashning asosiy shakllaridan biridir. Komanda-shtab o’quv mashg’ulotlarining ma’zmuni – barcha mashq qatnashchilarining aholi va hududlar muhofazasini tashkil etish, xalq xo’jaligi tarmoqlari barqarorligini ta’minlash bo’yicha tarmoqda avariya, halokat, tabiiy ofat yoki zamonaviy qirg’in qurollar qo’llanilishi tufayli sodir bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarda (uning miqiyosini va texnologik xususiyatlarini hisobga olgan holda) aniq sharoitdan kelib chiqqan holda tasarruflaridagi kuch va vositalarini boshqarishdan iborat.
O’quv mashqlari rahbariyat tarkibi o’z qo’l ostidagilarni boshqarishda ko’nikmalar hosil qilishiga, favqulodda vaziyatlarni oldini olishga va uning oqibatlarini bartaraf etishga, yuzaga keladigan sharoitni to’g’ri baholay bilishga imkon beradi.
Komanda-shtab o’quv mashqlarini yuqori saviyada olib borilishi uchun mashq mavzusi, uning maqsadi, mashq savollarini tayyorlashda me’yoriy-huquqiy hujjatlar, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi fuqarolar muhofazasi boshlig’ining buyruqlari hamda Vazirlik hay’ati yig’ilishining qarorlari asos qilib olinishi zarur hisoblanadi. O’quv mashqini olib borish uchun, mashqni o’tkazish rejasi, mashqga rahbarlik qilish tartibi, bajariladigan tadbirlar ro’yxati va mazmuni, moddiy texnik ta’minot rejasi va boshqa hujjatlar tayyorlanadi.
Komanda-shtab mashg’ulotining maqsadlari har xil bo’lishi mumkin. Bulardan asosiylari: rahbarlarni va komanda boshliqlarining obyekt FM tadbirlarini bajarishda nazariy bilimini va amaliy mahoratini oshirish, xodimlar, tuzilmalar va qo’shinlar bilan o’zaro harakat qilishini ta’minlashdan iborat.Komanda-shtab mashg’ulotlari aniq taktik sharoitga yaqinlashtirlib olib boriladi. Mashg’ulot mavzusi va o’quv savollari odatda oldinda turgan har taraflama mashg’ulotning mavzusi bilan bog’langan bo’ladi.
Komanda-shtab mashg’ulotlaridan oldin shtab mashqlarini o’tkazish tavsiya etiladi. Ularning sonini va olib borish vaqtini obyekt FM boshlig’i komanda-shtab mashg’ulotlarini oldida turgan maqsadiga hamda rahbar tarkibi va boshqarish organlarining tayyorlanish darajasiga qarab aniqlaydi.
Mashg’ulotlarga razvedka, aloqa bo’linmalari, jamoat tartibini saqlash, sanitar-drujinalar, shuningdek umumiy vazifalarni bajaruvchi tizimlar ham jalb etilishi mumkin. Obyekt FM boshlig’i komanda-shtab mashg’ulotining rahbari hisoblanadi. Komanda-shtab o’quv mashqlari, viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida (3 sutka davom etadi) 5 yilda bir marta; shahar va tumanlarda 3 yilda bir marta o’tkaziladi. Komanda-shtab mashqlari yoki mashg’ulotlar vazirliklar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda 1 yilda bir marta (1 sutka) o’tkaziladi.
Kompleks (har taraflama) mashg’ulot - obyekt ni tayyorlashning muhim shakllaridan bo’lib, u FM bo’yicha o’rnatilgan aylanmani amalga oshirish bilan tugaydi. Kompleks mashg’ulotning mohiyati shundan iboratki, uning hamma qatnashchilari bir vaqtda yagona taktik sharoitda, moddiy ishlab chiqarish bazasida harakat qilib, obyekt rejasida ko’zda tutilgan ishlab chiqarish faoliyatini to’xtatmasdan amalga oshiradi.
Odatda mashg’ulotda: obyekt FM rejasining realligi; FM tadbirlarini amalga oshirishga obyektning tayyorgarlik darajasi va dushman tomonidan qo’llanilgan zamonaviy qurollar asoratlarini, shuningdek, tabiiy ofatlar, ishlab chiqarish avariya va halokatlarning oqibatlarini tugatish bo’yicha tadbirlar o’tkazilishiga e’tibor beriladi; obyektning favquloddagi vaziyatlar paytida uzluksiz ishlash yo’li va usullari tekshirib ko’riladi.
Kompleks mashg’ulotning maqsadlari quyidagicha bo’lishi mumkin: obyekt ni har qanday FVlarda xar tamonlama to’xtovsiz ishlashga tayyorlash, tuzilmalar tuzish, boshqarish, hamma soha fuqarolarini tayyorlash, raxbar va komanda-boshliq tarkibda FM tadbirlarini o’tkazishda aniq va mustaqil ko’nikmalarni ishlab chiqish, fuqarolarni turli xil ta’sirlardan himoya qilish usullariga o’rgatish, FV lar oqibatlarini tugatish bo’yicha ishlarni olib borishga tayyorlash, obyekt FM rejasini realligini tekshirish va hozirgi talabga mos holga keltirish, FM masalalarini bajarishga obyektning tayyorgarlik darajasini aniqlash, obyekt shaxsiy tarkibida ma’naviy-ijtimoiy va psixologik hislatni tarbiyalash talab etiladi.
FMning hamma kompleks mashg’ulot tadbirlari, xo’jalik faoliyatlarini hisobga olgan holda o’tkazish uchun imkoniyat beradi. Mashg’ulot rahbari odatda, obyekt FMning boshlig’i hisoblanadi, ayrim hollarda uning yordamchilari ham bo’lishi mumkin. Mashg’ulotlarga hamma rahbar va komanda boshliqlari, tuzilmalar, tuzilmalarga kirmaydigan fuqarolar ham jalb etilishi mumkin.
Tuzilmalar ma’lum bosqichlarda o’z vazifalarini bajaradilar, rahbar xodimlar va komanda-boshliq tarkiblari esa har bir mashg’ulotlarda ishtirok etadilar. Har taraflama mashg’ulotlarda shunday murakkab dinamik holatni yaratish kerakki, ular zararlanish o’choqlarini va zaharlangan hududlarni ifoda etib, qatnashchilar epchillik, mohirlik, dadillik va ehtiyotkorlikni namoyon etsin.
Mashg’ulotlar davomida rahbar, komanda-boshliq tarkiblari va FM kuchlarini tashkil etishning, tizimlar esa kuchli radioaktiv, kimyoviy, biologik zararlanishda va kuchli yong’inlarda harakat qilishni o’rganadilar. Mashg’ulotlarda shablonga yo’l qo’ymaslik, takomillashtirilgan o’quv usullarini tatbiq etish, o’qiyotganlarning harakatlaridagi sustkashlikni, xotirjamlikni keskin tugatish va soddalikka yo’l qo’ymaslik kerak.
Kompleks mashg’ulotlar 3 yilda bir marta -3 kun davomida o’tkaziladi. Sexlar, bo’limlar, uchastkalar va boshqa qismlar mashg’ulotlarda bir vaqtda ishtirok etmaydilar, O’quv rejasiga muvofiq ular maxsus vazifalarni bajarishga ketma-ket kirishadilar. Kompleks mashg’ulotlarni tashkil etishda va uni o’tkazishda shtab rahbarlari, mashg’ulotga jalb qilingan hamma fuqarolarning tayyorgarliklarini tashkillashtirishi; ularning tayyorgarligini tekshirishi, shu bilan birga xavfsizligini ta’minlashi kerak bo’ladigan O’quv-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqishi lozim. SHuningdek, o’quv va ishlab chiqarish bazasini tayyorlashi, QBTI o’tkazish uchun yangi usullarni qidirib topishi, qo’llashi; har xil sharoitlarda texnikalardan foydalanish hamda ularning samarali ishlashini nazorat qilishi hamda shaxsiy va jamoat resurslarini yaroqsiz holatga kelishiga yo’l qo’ymaslik va yuqori saviyada bajarilgan mashg’ulot bo’yicha hisobot tayyorlashi lozim.
Kompleks mashg’ulotlar 3 ta asosiy ko’rsatkichga ega bo’lishi kerak;
1. FM masalalarini to’liq, har tomonlama o’rganish, Yani ogohlantirish belgisidan (ishorasidan) tortib, to amaliy mashg’ulotni tugatishgacha bo’lgan masalalar;
2. Kompleks mashg’ulotda, obyekt da faoliyat ko’rsatuvchi jami fuqarolar tayyorlanadi;
3. Kompleks mashg’ulotda, muhofazaga tayyorlashning jami shakl va uslublari qo’llaniladi.
300 kishidan ortiq fuqarolari bo’lgan korxona, tashkilotlarda, hamda 600 dan ortiq kasallar joyi bo’lgan tibbiy tashkilotlarda 3 yilda bir marta (2 sutkagacha), boshqa tashkilotlarda 3 yilda bir marta obyekt trenirovkalari (6 soatgacha) o’tkaziladi.
Umumiy o’rta, o’rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari talaba va o’quvchilari bilan har taraflama mashg’ulotlar har yili o’tkaziladi.
Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida band bo’lmagan aholini tayyorlash FVlardan muhofazalash masalalari bo’yicha suhbatlar, ma’ruzalar o’tkazish, O’quv filmlarni ko’rsatish, yashash joylarida o’quv mashqlari va mashg’ulotlarga jalb etish, shuningdek qo’llanma va eslatmalarni mustaqil o’rganish, radio eshittirishlarni tinglash, teledasturlarni, ko’rgazmali qurollarni ko’rsatish va boshqa omillar qo’llaniladi.
Mashg’ulotga tayyorlanish. Kompleks mashg’ulotni muvaffaqiyatli o’tkazish ko’p jihatdan unga qanchalik tayyorgarlik ko’rilganligiga bog’liq. Mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rish obyekt FM rejasini hisobga olgan holda uni tashkiliy shtatlar tuzilishi, material ishlab chiqarish xususiyati, hududiy joylashganligi, FM holati va boshqa faktlarga amal qilgan holda olib boriladi. Mashg’ulotni tayyorlash, tashkil etish va uni o’tkazishga mashg’ulot rahbari shaxsan javob beradi. Mashg’ulot rahbari mashg’ulotning mavzusini, o’quv maqsadini, o’quv savollari va bosqichlarini, komanda-boshliq tarkiblarining sonlarini, tuzilmalar, jami mashg’ulotga jalb etilganlarning soni, mashg’ulot rejasini asosiy holatlarini ishlab chiqish, material, texnik jihozlar bilan ta’minlanganliklarini aniqlashlari lozim. Mashg’ulotga jalb etilgan shaxsiy tarkiblar FMga o’qitish davomida tayyorlanadi; rahbarlar, komanda-boshliq tarkiblari, shtablar, tuzilmalarning oldiga qo’yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishi uchun maxsus-taktik, boshqa qolgan qatnashchilar bilan esa amaliy mashg’ulotlar olib boriladi. Kompleks mashg’ulotlarni o’tkazish uchun quyidagi hujjatlar: mashg’ulot o’tkazish rejasi; mashg’ulot rahbarlarining o’rinbosarlari va yordamchilarining xususiy rejalari; mashg’ulotda xavfsizlik choralarini ko’rish tartiblari ishlab chiqiladi.
Mashg’ulot o’tkazish rejasi - asosiy hujjatdir. Unda mashg’ulotning borishi, mashg’ulotlar bosqichlari bo’yicha o’quv savollari tuziladi, xarita, jadval, mundarijalardan foydalanilgan holda matn rejasi ishlab chiqiladi; mavzular, o’quv maqsadi va mashg’ulotni o’tkazish vaqti, mashg’ulotga jalb etilgan qatnashuvchilarning tarkibi, mashg’ulotning bosqichlari, davomiyligi, o’quv savollari va ularni ishlab chiqish vaqti; Dastlabki boshlang’ich holat, kuchlarni guruhlash, boshqarishning joyi, mashg’ulotning borishi, tamom bo’lish muddati va tahlil qilish muddati hamda joyi ko’rsatiladi.
Mashg’ulot rejasi shtab boshliqlari tomonidan ishlab chiqilib, uning boshlanishiga ikki hafta qolguncha mashg’ulot rahbarlari tomonidan tasdiqlanishi kerak. Mashg’ulot rahbarlari, o’rinbosarlari va yordamchilarning shaxsiy rejalari matn yoki grafik bo’yicha tuzilishi mumkin va unda: mashg’ulotning mavzusi, tuzilmalarga muvofiq o’quv maqsadi, o’qiyotganlar toifasi, tuzilmalar tarkibi, boshqa toifadagi o’qiyotgan fuqarolar soni, umumiy holat, aloqani tashkil etish hamda mashg’ulotning borishi ko’rsatilishi kerak.
Imitatsiya rejasi. O’quv mashg’uloti rahbarining yordamchisi tomonidan matn bo’yicha chizma asosida ishlab chiqiladi. Unda odatda: imitatsiya joyi, vaqti va turlari ko’rsatiladi, imitatsiya ishlariga ajratilgan kuchlar va vositalar, ma’sul kishilar, imitatsiyani boshqarish signallari (belgilari) va aloqa vositalari, imitatsiya o’tkaziladigan joyni qo’riqlash choralari va uning xavfsizligini ta’minlash ko’rsatiladi. CHizmada imitatsiya o’tkazadigan joy shartli belgilar bilan ifodalanadi. Imitatsiya rejasi o’quv rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Amaliy mashg’ulotning asosiy maqsadi obyektdagi FV oqibatlarini tezroq tugatishdir. U obyekt da razvedkani tashkil qilish va olib borishdan boshlanadi. Olingan razvedka ma’lumoti va uning tahliliga asosan obyektdagi holat aniqlanadi, barcha tuzilmalarga FV oqibatlarini tugatish bo’yicha qo’shimcha vazifalar yuklatiladi. Hamma ko’zda tutilgan o’quv savollari o’rganuvchilar tomonidan amaliy mashg’ulotlar davomida bajarilgandan so’ng, mashg’ulot rahbari ko’rsatmasiga asosan to’xtatiladi.
Mashqlarning tahliliga har tamonlama tayyorlanish kerak. Tahlil amaliy mashg’ulotning yakuniy bosqichidir. Tahlilda o’qitilganlar har tamonlama muhokama qilinadi, qo’yilgan maqsadni qay tarzda amalga oshirilganligi, o’quv savollarini qanday qilib ishlab chiqilganligi, rahbar va komanda-boshliq tarkibining, shtab xodimlari, tizimlar, har xil toifadagi o’qiganlarning qanday tayyorlanganligi tahlil qilinadi. Tahlil avval rahbarlar bilan, so’ngra mashg’ulotning hamma qatnashchilari bilan o’tkaziladi. Tahlil oxirida mashg’ulot rahbari mashg’ulotlarda qatnashganlarning o’quv maqsadlariga qay darajada erishilganligini aniqlaydi, o’qiganlarning harakatlarini baholaydi va yo’l qo’yilgan kamchiliklarni tugatish tadbirlarini belgilaydi.
Har taraflama o’tkazilgan mashg’ulotning natijalari to’g’risida tuman FM shtabiga kerakli ma’lumot taqdim etiladi.
Mustahkamlash uchun savollar.
1.Kompleks mashg’ulot qanday o’tkaziladi?
2.Fuqarolarni FM ga tayyorlashda qanday tamoyillarga tayaniladi?
3.FM ning amaliy mashg’ulotlari necha turda o’tkaziladi?
4.FM bo’yicha o’qitishning imitatsiya rejasi qanday tuziladi?
5.Fuqarolarni FM bo’yicha tayyorlash deganda nimani tushunasiz?
6.Mavzuga oid bir nechta test savollari tuzing va o’zingizni sinab ko’ring ?
17-MA’RUZA. SHAXSIY HIMOYA VOSITALARI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR.
Reja.
1.Fuqarolarni favqulodda vaziyat haqida ogohlantirish.
2.Radiatsiya va kimyoviy ta’sirlarga qarshi omillar.
3.Radioaktiv shikastlangan hududda fuqarolarni saqlash.
4.Xavfli hududdan xavfsiz hududga evakuatsiya qilish.
-FV da fuqarolarni himoya qilish usullarini o’rganish;
-Favqulodda vaziyatlarda shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishni o’rganish.
Harbiy davrda ham, tinchlik davrda ham favqulodda vaziyat yuz berganda fuqarolarni saqlashning asosiy uslublari muayyan tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Fuqarolarni muhofaza qilishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
1. Davlat organlari, vazirlik rahbariyati va xalq xo’jalik obyektlarining
rahbarlari tomonidan fuqarolarni muhofaza qilish omillarini doimiy ravishda amalga oshirish va boshqarish.
2. Mamlakatning har bir burchagida, aholi yashash joylarida, xalq xo’jaligi tarmoqlarida, fuqarolarni saqlashning omillarini oldindan rejalashtirish.
3. Har bir joyning iqtisodiy, siyosiy va mudofaa qudratini hisobga olgan holda fuqarolar muhofazasini rejalashtirish va amalga oshirish.
4. Fuqarolarni muhofaza qilishning omillarini har bir joyning (respublika, viloyat, shahar, hudud, xalq xo’jaligi tarmoqlari) iqtisodiy va sotsial rivojlanish rejalari bilan birga amalga oshirish.
Fuqarolarni muhofaza qilishning uslublari quyidagilardan iborat:
1. Fuqarolarni xavfli vaziyat xususida o’z vaqtida ogohlantirish.
2. Radiatsiyaga va kimyoviy ta’sirlarga qarshi (RQ va KTQ) omillar.
3. Himoya inshootlarida saqlash.
4. Evakuatsiya omillarini o’tkazish (fuqarolarni xavfli hududdan, vaqtinchalik uzoqlashtirish yoki to’liq uzoqlashtirish).
5. Shaxsiy saqlovchi vositalardan foydalanish.
Fuqarolarni favqulodda vaziyat haqida ogohlantirish. Favqulodda vaziyatlarda fuqarolarni himoya qilishning har tomonlama omillarida alohida o’rin tutadigan uslub – bu fuqarolarni o’z vaqtida ogohlantirish hisoblanadi. Ogohlantirish radio, televizor vositalari orqali amalga oshiriladi. Bunda fuqarolar sirena, ishlab chiqarish gudogi, transport vositalarining signallari va boshqa belgilar orqali ogoh etiladi. Yani bu belgilar «DIQQAT, HAMMAGA!» degan ma’noni anglatadi.Shu belgilarni eshitgan har bir fuqaro radio, televizorlarni qo’yishlari zarur. Har bir ofat yuz berganda, ularni fuqarolarga hamda xalq xo’jaligiga ko’rsatadigan ta’sir xususiyatlarini hisobga olgan holda ogohlantirish matnlari tuziladi. Masalan: a) atom elektr stansiyasida yuz bergan avariya haqida fuqarolar muhofazasi quyidagi tartibda aholini ogoh qiladi: Masalan .
«DIQQAT!», Fuqaro Muhofazasi shtabidan gapiramiz. Fuqarolar! Atom elektr stansiyasida avariya sodir bo’ldi. Shu AES atrofida joylashgan «UzBAT» korxonasi, Hamza aloqa uzatish tarmog’i, yangi qurilayotgan metro stansiyasi, Toshkent mineral suv quyish zavodi va uy-joylar, mahallalarga radioaktiv changlarning tushishi kutilmoqda.Shu hududda yashovchi hamma fuqarolar o’zlari yashayotgan uylarning germetikligini (zichligini) mustahkamlashlari, uy hayvonlarini pana joyga kiritishlari, oziq-ovqat mahsulotlarini, suvlarni radioaktiv
chang tushishidan saqlashlari, o’zlari esa yodli preparatdan qabul qilishlari kerak. Keyingi xatti-harakatlar fuqarolar muhofazasi shtabi yo’riqnomalari asosida boradi»:
b) xavfli kimyo zavodidagi avariyada:
«Diqqat! Fuqarolar muhofazasi shtabidan gapiramiz. Fuqarolar! Chirchiq kimyo kombinatida odamga kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda (KTZM) – ammiakning to’kilishi oqibatida avariya sodir bo’ldi. Zaharlangan havo Toshkent shahri tomon tarqalmoqda. Kimyoviy zaharlanish hududiga o’sha atrofdagi korxonalar va aholi yashash joylari (korxona, mahalla yashash joylari nomlari ko’rsatiladi) kiradi.
Kimyo korxonasiga yaqin bo’lgan ishlab chiqarish tarmoqlaridagi ishchi-xizmatchilar, mahallalarda yashovchilar o’z uylarini, ish joylarini xavfsiz holatda qoldirib (gaz, suv, elektrni o’chirishlari), Toshkentga evakuatsiyaga tayyorlansinlar. Kimyo korxonasidan uzoqdagi korxonalar, mahallalarda (nomlari ko’rsatiladi) yashovchilar o’z ish joylarida, uylarida qo’shimcha germetiklikni ta’minlab saqlanishlari lozim.
Radiatsiya va kimyoviy ta’sirlarga qarshi omillar. RQ va KTQ omillar deyilganda ionlantiruvchi nurlar (g), zaharli kimyoviy moddalar va odamga kuchli ta’sir etuvchi moddalar (KTZM) ta’sirini kamaytirishga mo’ljallangan kompleks omillar tushuniladi. RQ va KTQ omillarida quyidagi vazifalar ko’zda tutiladi:
a) radiatsiyaviy-kimyoviy holatni aniqlash va baholash;
b) dozimetrik va kimyoviy nazoratni tashkil etish va o’tkazish;
d) radiatsiyaga qarshi himoyalanish rejimlarini ishlab chiqish;
e) radioaktiv va kimyoviy shikastlanishda fuqarolarni himoyalash uslublari hamda KTQ omillari bilan ta’minlash (bunda gazniqoblar, maxsus kiyim-kechaklar va boshqa vositalarni yig’ish, saqlash, taqsimlash);
f) radioaktiv va kimyoviy shikastlanish oqibatlarini tugatish omillari (maxsus sanitar qayta ishlash, yashash, ishlash joylarini, inshootlarni zararsizlantirish va boshqa omillar).
Radiatsion va kimyoviy holatni aniqlash va baholash. Radiatsiyaviykimyoviy holatni baholash – RQ va KTQ omillarning asosini tashkil etib, uni o’tkazishdan maqsad:
– fuqaro muhofazasi tizimlariga kiruvchi fuqarolarning ishlash qobiliyatlarini baholash;
– ishchi-xizmatchilarning ish faoliyatlarini baholash va ulardan foydalanish chegaralari;
– evakuatsiya davrida tibbiy yordam ko’rsatish hajmi;
– fuqarolarni sanitar-qayta ishlovdan o’tkazish hajmi;
– jihozlarni, transport vositalarini, shaxsiy saqlovchi vositalarni, kiyim-kechaklarni, ish joylarini dezaktivatsiya va degazatsiya qilish;
– radiatsiyaviy-kimyoviy zararlangan hududlarda qolgan suv, yem, oziq-ovqat va boshqalarni qayta ishlab foydalaniladi va boshqa omillar bajariladi.
Dozimetrik va kimyoviy holatni baholash – obyektning fuqarolar muhofazasi shtabi, uning tizimlari, jumladan, razvedka bo’limlari amalga oshiradi.
Radioaktiv shikastlangan hududda fuqarolarni saqlash. Radioaktiv shikastlangan hududlarda xalqni saqlashning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:
– radioaktiv shikastlanish xususida ogohlantirish;
– himoya inshootlarida saqlash (boshpana, radiatsiyadan saqlovchi
boshpana);
– shaxsiy saqlovchi vositalardan foydalanish;
– radiatsiyadan saqlovchi preparatlardan (SHD-2) foydalanish;
– zararlangan suv va yemishlardan saqlanish;
– zararlingan joylarda fuqarolarni saqlash rejimlariga rioya qilish;
– zararlangan joylardan fuqarolarni evakuatsiya qilish;
– zararlangan hududlarga odamlarni kiritmaslik;
– fuqarolarni sanitar qayta ishlovdan o’tkazish, kiyim-kechak, texnika, inshootlarni dezaktivatsiya qilish.
Radioaktiv moddalar bilan zararlangan joylarda odamlarning xatti harakatlari radiatsiyaviy holatdan kelib chiqib aniqlanadi, bunda:
a) muayyan zararlangan joylarda, odamlar, RSBda bir necha soatgacha saqlanishlari, so’ngra oddiy inshootlarda bo’lishlari tavsiya etiladi.
b) kuchli zararlangan joylardagi fuqarolar himoya inshootlarida uch
kungacha saqlanishlari va keyingi to’rtinchi kunda oddiy inshootlarda
bo’lishlari mumkin. Bunday holatlarda korxona va maskanlar alohida
rejimda ishlashlari, ochiq joyda ishlovchilar esa bir necha soatdan, bir
necha kungacha ishni to’xtatishlari zarur;
d) xavfli va juda xavfli shikastlanishda fuqarolar himoya inshootlarida
uch kundan kam bo’lmasliklari hamda oddiy inshootlarda tashqariga
chiqmasdan saqlanishlari kerak.
Kimyoviy shikastlanishda fuqarolarni saqlash. Xavfli kimyoviy korxonalarda fuqarolarni saqlashning asosiy uslublari quyidagilardan iborat:
– kimyoviy shikastlanish xavfi haqida ogohlantirish;
– himoya inshootlarida (boshpanalarda) saqlanish;
– shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish;
– antidod va SHXP-8 ni qo’llash;
– shikastlangan joylarda yurish-turish rejimlariga rioya qilish;
– zararlangan hududlardagi odamlarni evakuatsiya qilish;
– fuqarolarni sanitar-qayta ishlash, kiyim-kechak, inshootlarni, transport va texnikalarni degazatsiya qilish.
Kimyoviy zararlanishda, birinchi navbatda, razvedka o’tkaziladi: bunda avariyaning aniq joyi, KTZM turi, hududning shikastlanish darajasi, odamlarning zararlangan o’choqdan yaqin-uzoqligi, shamolning kuchi hamda yo’nalishini va boshqa ko’rsatkichlar aniqlanadi. Zaharlangan fuqarolarga birinchi yordam berilib, tibbiy yordam ko’rsatish shoxobchalariga yotqiziladi. Zararlangan oziq-ovqatlar, suv tekshirilib, degazatsiya qilinadi yoki yo’q qilib yuboriladi. Zararlangan hududda chekish, ichish, himoya vositalarisiz yurish taqiqlanadi.
Zararlangan hududdan chiqqanda, ochiq qolgan terilar, shaxsiy himoya vositalari, kiyim-kechaklar SHXP-8 bilan zararsizlantiriladi, so’ngra o’zlari to’liq sanitar ishlovdan o’tkazilib, kiyim-kechaklar almashtiriladi.
Fuqarolarni himoya inshootlarida saqlash. Respublikamizda qabul qilingan «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risida»gi Qonunning 11-moddasida «Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi majburiyatlar» da muhofaza inshootlari zaruratga qarab oldindan barpo etilishini ta’minlashlari hamda ularni doimo shay holatda saqlab turishlari lozim, deb ta’kidlangan. Himoya inshootlari fuqarolarni tabiiy ofatlar, avariya va halokat oqibatlaridan hamda qirg’in qurollar ta’sir omillaridan va ularning ikkilamchi ta’sir omillaridan saqlaydigan boshpanalar hisoblanadi.
Himoya inshootlari quyidagilarga bo’linadi:
a) yo’nalishiga ko’ra: fuqarolarni saqlashga, boshqaruv tizimlarini joylashtirishga mo’ljallangan;
b) joylashgan o’rniga ko’ra; alohida joylashgan (metropolitenlar va
tog’-kon qurilishlari);
d) qurilish muddatiga ko’ra – oldindan qurilgan va tez quriladigan;
e) himoyalash darajasiga ko’ra – boshpana, RSB va oddiy boshpana
(ochiq yoki yopiq yerto’lalar).
Boshpanani qurishda quyidagi talablar qo’yiladi:
1) 3 sutkadan kam bo’lmagan muddatda saqlash;
2) suv bosmaydigan joylarda qurish;
3) oqar suvlardan, kanalizatsiya kommunikatsiyalaridan hamda qurilish kommunikatsiyalaridan uzoqroq joylarda qurish;
4) chiqish va kirish eshiklarining bo’lishi.
Boshpana ma’lum jihozlar bilan jihozlanishi shart, jumladan: shamollatgich, sanitar-texnik jihozlar, havodagi zaharli moddalarni, radioaktiv birikmalarni va biologik vositalarni tozalovchi uskunalardan iborat bo’lishi kerak. Boshpana asosiy va qo’shimcha xonalardan tashkil topadi. Asosiy xonalarga – odamlar, boshqaruv tizimlari, tibbiy xizmat tizimlari joylashtiriladi, qo’shimcha xonalarda jihozlar, asbob-uskunalar, oziq - ovqatlar, suv va boshqa kerakli vositalar joylashtiriladi. Bu boshpananalar juda mustahkam qurilganligi, germetikligi yuqoriligi va sanitar-gigiyenik sharoiti bo’lganligidan aholini bir necha kun davomida betalafot saqlashi mumkin. Boshpanalar odamlar yotadigan va turib saqlanadigan holda bo’ladi. Turib saqlanadigan boshpanalar uchun ishlab chiqarish, ma’muriy va aholi yashaydigan baland uylarning yerto’lalaridan foydalaniladi.
Boshpana juda yaxshi germetik ravishda qurilishi, Yani devorlari, xona bo’limlari juda zich qilib ishlanishi zarur. Aks holda tashqaridan radioaktiv, kimyoviy va biologik zaharlovchilar havo bilan birga kirishi mumkin.
Boshpanada kamida ikkita qarama-qarshi tomondan kiradigan eshik va ehtiyot eshigi bo’lishi kerak. Eshiklar tambur tipida ikki qavatli qilib germetik ravishda yopiladigan bo’lishi lozim. Eshikning tashqi tomoni juda mustahkam materialdan yasaladi, sababi, u yadro portlaganda chiqadigan to’lqin zarbidan saqlaydi. Boshpanalar filtrlaydigan, havo almashtiradigan asbob-uskunalar bilan jihozlanadi. Ularda elektr, aloqa, suv hamda kanalizatsiya va isitish tarmoqlari ham bo’lishi kerak. Boshpanada dozimetr, kimyoviy razvedka jihozlari, himoyalovchi vositalar, o’t o’chirish qurollari, oziq-ovqatlar, suv zaxirasi va dori-darmonlar bo’lishi shart.
Agar favqulodda vaziyatda alohida qurilgan boshpanalar bo’lmaganda tez jihozlanib foydalanadigan boshpanalar quriladi. Bunday boshpanalarni metropolitenlar, yer osti yo’llari, inshootlarning yerto’lalarini kerakli jihozlar bilan jihozlab tayyorlanadi.
Xavfli hududdan xavfsiz hududga evakuatsiya qilish. Qirg’in qurollari ta’siridan saqlash usullaridan yana biri – bu fuqarolarni falokat yuz bergan joydan vaqtinchalik uzoqlashtirish yoki butkul evakuatsiya qilish hisoblanadi. Ish bilan mashg’ul bo’lgan odamlarni harbiy vaqtda vaqtinchalik shahardan tashqari hududga yoki boshqa qishloqqa ko’chirishni biz uzoqlashtirish deb bilamiz. Evakuatsiya deganda hammani bir vaqtda bir yashash joyidan ikkinchi yashash joyiga doimiy yashash uchun ko’chirilish tushuniladi (asosan, ishlamaydigan fuqarolar, pensionerlar, bolalar va kasallar evakuatsiya qilinadi).
Evakuatsiya qilinganda alohida buyruq bo’lmaguncha fuqarolar o’sha joyda yashab turadilar. Xavfsiz hudud xavfli hududdan birmuncha uzoq masofada joylashgan bo’lishi va aholiga hech qanday xavf tug’dirmasligi lozim. Yana xavfsiz hudud temiryo’l, avtomobil yo’llariga yaqin, ishchi-xizmatchilarning ishga borishi va qaytib kelishi uchun qulay bo’lgan joylarda tashkil etiladi. Ishga bog’liq bo’lmagan ishchilar hududdan uzoqroq yerga evakuatsiya qilinadi.
Ko’chirish ishlarining hammasi evakuatsiya qilinadiganlarning yig’iladigan joyidan tashkillashtiriladi. Yig’ilish joylari (evakuatsiya punkti – EP) asosan, maktablar, klublar va boshqa jamoat inshootlari bo’lishi mumkin. Aholini ko’chirish haqida ma’lumot olganda, darhol ishlab chiqarish korxonasi, o’quv yurtlari, korxonalar, militsiya organlari hamda radio, televideniye orqali odamlar xabardor qilinadi. Yg’ilgan odamlar qayta hisobotdan o’tkazilib, guruhlarga bo’linadi, transport vositalariga taqsimlanib, ko’rsatilgan vaqt ichida xavfsiz hududga yetkazaladi.Evakuatsiya qilingan fuqarolar o’sha yerdagi ishlab chiqarish korxonalarining evakuatsiya qilingan qismida ishlashlari mumkin.
Yakka tartibda saqlovchi vositalar yordamida fuqarolarni muhofaza qilish. Yakka tartibda saqlovchi vositalar inson tanasiga, ichki organlariga, terisiga va kiyim-kechaklariga radioaktiv moddalar, zaharli birikmalar va biologik tumanlar tushishidan saqlaydi. Yakka tartibda saqlovchi vositalar qo’llanilishiga ko’ra: terini saqlovchi, nafas organlarini, yuz-ko’zni saqlovchi turlarga bo’linadi. Bundan tashqari, filtrlovchi va izolirlovchi xillarga bo’linadi. Bunday vositalarga tibbiy saqlovchi vositalar ham kiradi.Nafas organlarini saqlovchi vositalarga gazniqoblar, resperatorlar, matoli niqoblar, paxta, dokali taqqichlar kiradi.
Gazniqoblar – nafas yo’llarini, yuz va ko’zni har xil zaharli ta’sirlardan
saqlaydi, gazniqoblar filtrlovchi va izolirlovchi xillarga bo’linadi. Fuqaro muhofazasi bo’yicha quyidagi filtrlovchi gazniqoblar: GP-5, GP-5M, GP-7, GP-7V; bolalar uchun – PDFSH, PDF-D, PDF-2SH, PDF-2D va BXKdan foydalaniladi.
Bolalar himoya kamerasi (BXK) 1,5 yoshgacha bo’lgan bolalarni zaharli birikmalar, radioaktiv moddalar va biologik ta’sirlardan saqlaydi. BXK tarkibiga: himoya kamerasi, atmosfera yog’inlaridan saqlovchi yopinchiq, kartonli quti va kamerani saqlovchi g’ilof kiradi.
Gazniqoblarning o’lchami 2 xil usulda aniqlanadi:
a) yuzning o’lchamini aniqlash orqali;
b) dahan bilan qosh suyagi orasidagi masofani o’lchash orqali.
Birinchi uslub bilan 0-o’lcham 63 sm gacha, 1-o’lcham 63,5–65,5 sm gacha, 2-o’lcham 66–68 sm gacha, 3-o’lcham 68,5–70,5 sm va 4-o’lcham 71 sm va undan katta.
Resperatorlar asosan radioaktiv va mexanik changlardan nafas organlarini saqlovchi vosita hisoblanadi. Fuqarolar muhofazasida asosan R-2 va ShB-1 rusumli resperatorlar ishlatiladi. Resperator R-2 filtrlovchi yarim niqob va mahkamlovchi tasmadan iborat. Niqobda 3 ta klapan: 2 tasi nafas olish uchun va bittasi nafas chiqarish uchun xizmat qiladi.
Resperator R-2 uch xil o’lchamda chiqarilib, uning o’lchami yuz balandligini o’lchash orqali aniqlanadi.1-o’lcham 99–109 mm, 2-o’lcham 109–119 mm va 3-o’lcham 119 dan katta. Bolalar uchun resperator nol o’lchamda chiqariladi.
Matoli niqoblar – nafas organlarini saqlovchi vositalarning asosiy uslubi sanalib, u radioaktiv moddalardan, biologik tumanlardan saqlovchi vosita hisoblanadi. Lekin bu vosita zaharli moddalardan saqlay olmaydi.
Bunday vositalarni har bir fuqaro zich to’qilgan matolardan o’zi tayyorlashi mumkin va uning rusumi MM-1 deb ataladi. Yana nafas organlarini saqlovchi oddiy vositalar qatoriga paxta, dokali taqqichlar ham kiradi.
Terini saqlovchi vositalar ham saqlash darajasiga ko’ra: filtrlovchi va izolirlovchi xillarga bo’linadi. Izolirlovchi terini saqlovchi vositalar havo o’tkazmaydigan rezinali elastik materiallardan ( masalan, PVX) tayyorlanadi. Ular germetik va nogermetik holda bo’ladi. Germetik vositalar butun teri a’zolarini berkitib, zaharli moddalarning bug’i va tomchilaridan butunlay saqlaydi. Germetik bo’lmagan vositalar esa faqat zaharli moddalarning tomchilaridan saqlaydi. Izolirlovchi terini saqlovchi vositalarga: kombinezon va kamzul, yengil himoya kostumi L-1 va umumqo’shin himoya jamlamasi kiradi. Himoya kombinezoni – bitta qilib tikilgan kurtka, shim va bosh kiyimdan tashkil topgan.
Himoya kombinezoni va kostumi odamlarning tuzilishiga ko’ra 3 o’lchamda ishlab chiqariladi: 1-o’lcham 166 sm gacha, 2-o’lcham 165–172, 3-o’lcham 172 sm dan yuqori.
Kimyoviy zaharlovchilarga qarshi yakka tartibdagi paket (SHKP-8) ishlatladi. Bu vosita har bir odamda bo’lishi shart. Bu paket kimyoviy zaharlovchilar teriga, kiyimlarga, shaxsiy saqlovchi vositalarga tushganda zararsizlantirishda foydalaniladi. Bu paketda degazatsiya qiluvchi idish eritmasi va to’rtta paxta dokali tampon bo’lib, bular polietilen qopchada germetik joylashtirilgan bo’ladi.
1-Topshiriq: Berilgan topshiriq variantlari bo’yicha FV yuzaga kelganda fuqarolarni qanday himoya vositalari va usullari bilan himoyalash zarurligini tahlil qiling:
.
FV turlari
|
Variantlar
|
1,20
|
2,19
|
3,18
|
4,17
|
5,16,
|
6,15
|
7,14
|
8,13
|
9,12
|
10,11
|
Fuqarolarni FV xususida ogohlantirish (matn tuzish)
|
X
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Fuqarolarni himoya inshootlarida saqlash qoidalari.
|
|
X
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Aholini xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish tartibi va qoidalari
|
|
|
X
|
|
|
|
|
|
|
X
|
Shaxsiy saqlovchi vositalar qanday holatlarda qo’llaniladi
|
|
|
|
X
|
|
|
|
|
X
|
|
Terini himoya qiluvchi vositalarning qo’llanilishi, turlari, xususiyatlari, va ularga qo’yiladigan talablar
|
|
|
|
|
X
|
|
|
X
|
|
|
Shaxsiy dorixonaning (SHD2) tuzilishi va qo’llanilishi
|
|
|
|
|
|
X
|
X
|
|
|
|
Mustahkamlash uchun savollar.
1.FV yuzaga kelganda qaysi himoya uslublaridan foydalaniladi?
2.Kimyoviy tasirlarga qarshi qo’llaniladigan shaxsiy (SHKP-8) paket nima?
3.Nafas olish organlarini himoya qilishning qanday saqlovchi vositalarini bilasiz?
4.Fuqarolarni himoya qilish usullarini aytib bering?
5.Terini himoya qilishning qanday vositalari mavjud?
6.Himoya inshootlarining bir-biridan farqi va ularni himoyalash darajalari qanday?
7.Mavzuga oid bir nechta test savollari tuzing va o’zingizni sinab ko’ring?
18-MA’RUZA. XAVFLAR, JARAYONLAR, AVARIYA VA FAVQULODDA VAZIYATLAR.
1. Baхtsiz hodisalarda birinchi yordam ko`rsatish.
2. Jarohatlanganda va lat eganda birinchi yordam ko`rsatish.
3. Elektr tokidan jarohatlangan kishiga birinchi yordam ko`rsatish.
4. Kuyganda va sovuq urganda birinchi yordam ko`rsatish.
5. Zaharlanganda birinchi yordam ko`rsatish.
1. Baхtsiz hodisalarda birinchi yordam ko`rsatish
Ma`lumki, jarohatlanish oqibati o`z vaqtida ko`rsatilgan yordamga ko`p jihatdan bog`liq bo`ladi. Shuning uchun har bir ishlovchi bevosita baхtsiz hodisa sodir bo`lgan joyda vrachga birinchi yordam ko`rsatishni bilishi kerak.
Ishlab chiqarish korхonalari, tashkilotlarida tseхlarda, bo`limlarda, brigadalarda, dala shiyponlarida, fermalarda, ustaхonalar va boshqa ishlab chiqarish uchastkalarida birinchi yordam ko`rsatishga maхsus o`qitilgan 3-4 kishidan iborat sanitar postlar tashkil etiladi. Sanitar postlari zarur meditsina dorilar va bog`lash materiallari mavjud bo`lgan aptechkalar bilan ta`minlanadi.
|