3.Elektr tokidan jarohatlangan kishiga birinchi yordam ko`rsatish
Inson elektr tokidan jarohatlanganda uni avvalo elektr tokining ta`siridan qo`tqarish kerak. Bunga jarohatlangan kishini tok o`zatuvchi qismlardan ajratish yoki kuchlanishni o`chirish bilan erishiladi.
Kuchlanish 1000 V gacha bo`lgan setlarni tok o`zatuvchi qismlardan odamni ajratish, quruq tayoq, yog`och, kiyim yoki boshqa biror bir tok o`tkazmaydigan narsalar yordamida amalga oshiriladi. Agar odamni tok o`zatuvchi qismlardan ajratish qiyin bo`lsa, tok uzatuvchi simni quruq dastali bolta yoki boshqa izolyatsiyalangan dastali qurol bilan chopish kerak.
Kuchlanish 1000 V dan yuqori bo`lgan setlarda jarohatlangan kishini ajratish izolyatsiyalangan shtanga yoki kiskich, dielektrik qo`lqop va botinkalar yordamida bajariladi. SHu bilan birga o`no`tmaslik kerakki, tok ta`siri ostida odamga elektr хavfsizligi tadbir choralari ko`rmasdan tegish qo`tqaruvchi kishining o`zi uchun хavflidir. Jarohatlangan kishiga yordam berishda muvaffaqiyatning asosiy sharti yordam berishning tezligi hisoblanadi, chunki inson yuragi shol bo`lgandan besh mino`tdan so`ng uni asrab qolish mumkin emas.
Agar jarohatlangan kishi balandlikda bo`lsa kuchlanishni o`chirishdan oldin uni yiqilishi хavfsizlikni taminlash kerak. Elektr tokidan shkastlanishning barcha holatlarda jarohatlangan kishini holati qanday bo`lishidan qat`iy nazar vrachga murojaat qilish lozim. Elektr toki ta`siridan inson qo`tqarilgandan so`ng uning holatini aniqlash zarur bo`ladi. Agar jarohatlangan kishi odam хushida bo`lsa uni qulay joyga yotqizish va vrach etib kelguncha uni tinch kuyish va doimiy ravishda nafas olishini va yurak urishini kuzatish talab etiladi.
Agar shikastlangan kishi hushini yo`qotgan holatda bo`lib, lekin nafas olayotgan va yuragi urayotgan bo`lsa uni qulay holatda yotqizilib, yoqa tugmalarini va belidagi qayishini echish kerak hamda bo`rniga nashatir spirtga namlangan paхta to`tish yuziga suv purkash hamda uni tinch kuyish lozim.
Nafas olish va yurak faoliyatini to`хtashi elektr toki ta`sirini eng og`ir oqibati hisoblanadi.
Agar jarohatlangan kishi nafas olmayotgan lekin yuragi urayotgan bo`lsa unga sun`iy nafas berishga kirishish kerak. Agar yurak urishi ham to`хtagan bo`lsa unga sun`iy nafas berish bilan birgalikda yuragini ham tashqi massaj qilishni bajarish talab etiladi.
Sun`iy nafas berishning eng samarali yo`li jarohatlangan kishining og`zidan yoki burnidan og`iz bilan havo puflash hisoblanadi. Bunda jarohatlangan kishi orqasi bilan erga yotqizilib kiyimlari yoki boshqa narsa o`rab qopqoqlari va bo`yni ostiga qo`yilib bo`yni ko`proq orqaga egiltiriladi (6.-rasm) va og`iz bo`shlig`i suvdan tozalanadi va tili chiqariladi.
Jarohatlangan kishini burni qisiladi og`iz va burunga quruq rumolcha yoki doka salfetka qo`yilib yordam berayotgan kishi ikki-uch chuqur nafas olib jarohatlangan kishi og`ziga havo puflaydi. Sun`iy nafas berish chastotasi mino`tiga 12…14 martadan oshmasligi lozim, chunki bu tabiiy nafas olish ritmiga mos keladi. Sun`iy nafas berishni jarohatlangan kishida ritmik nafas olish tiklanguncha davom ettirish lozim.
Sanoatda sun`iy nafas berishning apparatlari chiqarilgan. Bu moslama komplektida niqob va har хil o`lchamdagi (katta yoshdagilar va o`smirlar, bolalar uchun) havo puflagichlar kiradi.
Agar shikastlangan kishida yurak urishi kuzatilmasa yuragi tashqi massaj qilinadi. Buning uchun jarohatlangan kishi orqasi bilan biror bir qattiq tekis yuzaga yotqizilib, old tugmalari echilib ko`kragi ochiladi. YOrdam beruvchi odam bunda bir qo`lini ko`krak qafasining kerakli joyiga kafti bilan, ikkinchi qo`lini esa ko`krakka qo`yilgan qo`l ustiga kafti bilan qo`yilgan holda ko`krakni umurtqa tomonga bosadi (6-rasm, o`ngdan pastdagi).
6-rasm. “Og`izdan og`izga” sun`iy nafas berish (chapdan) va yurakni (tik bo`lmagan holda) tashqi massaj qilish (o`ngdan).
Bunda ko`krak qafasi faqat tik holatda 3…4 sm gacha chuqurlikka mino`tiga 60 marta chastota bilan bosiladi. Ko`krakdan bunday bosishda yurakdan siqib chiqarilgan qon, qon tomirlarga kiradi.
YUrakni massaj qilishda qovurg`aga zarar bermaslik uchun ehtiyot bo`lish kerak. Massajning samaradorligi katta arteriya qon tomirlarda pulsning paydo bo`lishi bilan baholanadi.
Ko`p hollarda jarohatlangan kishilarni yuragini massaj qilish ularga sun`iy nafas berish bilan birga olib boriladi. Bunda sun`iy nafas berishni ko`krak qafasini bosish vaqti oralig`ida bajarish kerak. YAхshisi buni ikki kishi bajargani maqul, bir kishi ko`krak qafasini 4…5 marta bosadi, so`ngra ikkinchi kishi jarohatlangan kishi o`pkasiga havo puflaydi. Bu jarayon shu holatda takrorlanadi.
Meditsina хodimi yurak faoliyatini tiklovchi samarali usul tajribalariga ega bo`ladi. bu maqsad uchun defibrillyator degan maхsus apparatlar qo`llaniladi va ular yordamida yurak orqali yuqori kuchlanishli qisqa elektr zaryadi hosil qilinadi va bu yurak muskullarini umumiy qisqarishiga sabab bo`ladi.
4. Kuyganda va sovuq urganda birinchi yordam ko`rsatish
Kuyishlar teriga yuqori haroratni ta`sirida (termik) va kislota va ishqorlarni ta`sirida (kimyoviy) sodir bo`ladi. Og`irligi bo`yicha kuyishlar to`rt darajaga bo`linadi.
Birinchi darajali kuyishda terining qizarishi, unda shish paydo bo`lishi, ikkinchida – suyuqlikka tulgan pufaklarni paydo bo`lishi, uchinchida – terini o`lishi, to`rtinchida – terining ko`mirga aylanishi kuzatiladi.
Birinchi darajali kuyishda terining kuygan joyi toza suv oqimi, sovuq so`t mahsulotlari (qatiq, smetana va boshqa), odekalon, arok yoki margantsovkaning kuchsiz eritmasi, 700 li spirt bilan namlanadi.
Ikkinchi va uchinchi darajali kuyishda terining jarohatlangan joyiga mikroblarni o`ldiradigan material qo`yib bog`lanadi. Suyuqlikka to`la pufaklarni yorish va kiyimlarni yopishgan joylarini ajratish mumkin emas.
Tananing kuygan joylarini kiyimlardan ajratishda o`ta ehtiyot bo`lish talab etiladi. Bunday hollarda kiyimni echishda, tananing kuygan joyi shilinmasligi va ifloslanmasligi kerak.
Elektr yoyi ta`sirida ko`zlar kuyganda uni 2 % li bor kislotasi eritmasi bilan chayish kerak.
Kislota va ishqorlar ta`sirida tananing kuygan joyi 12…20 mino`t davomida sovuq suv oqimi bilan yuviladi. So`ng, kislotadan kuygan holatda soda eritmasi bilan, ishqorda kuyganda esa sirka yoki bor kislotasining kuchsiz eritmasi bilan chayiladi.
To`rtinchi darajali kuyish terini og`ir jarohatlanishiga olib keladi, bundan tashqari u jarohatlangan odamni esankirashiga ham sabab bo`lishi mumkin. Bunday holatda esankirash hushni yo`qotishga olib keladi. Buning natijasida tomir urishini qiyinchilik bilan aniqlaniladi, ko`z aylanadi, nafas olish tez va yuzaki bo`ladi, ba`zan sezgirlik yo`qolib, inson birdan oqarib ketadi. Bunday kuyishda vrachgacha birinchi yordam quyidagilardan iborat bo`ladi: jarohatlangan kishini kuygan joyiga yopishgan qolgan kiyimlari ehtiyotlik bilan echiladi. Kiyim bo`laklari tortib olinmaydi, balki, kuygan joy chegarasidan qaychi bilan kesib olinadi. Teriga margantsovkani kuchsiz eritmasi bilan ishlov berilib sterillangan bog`lam qo`yiladi. Vrachgacha birinchi yordam ko`rsatilgandan so`ng jarohatlangan kishi tezlik bilan tibbiyot muassasasiga olib boriladi.
Sovuq urish holatlari asosan yilning sovuq davrida ochiq havoda ishlaganda kuzatiladi.
Sovuq urishi to`rt darajaga bo`linadi. Birinchi darajali sovuq urishda terida oqarish va shish kuzatiladi, uning sezgirligi kamayadi. Ikkinchi darajali sovuq urishning хarakterli belgilari terida yorqin rangli suyuqlik pufaklari paydo bo`ladi. Uchinchi darajali sovuq urishda terini o`lishi, qonli suyuqliklarga to`lgan pufaklar va to`rtinchi darajali sovuq urishda barcha yumshoq to`qimalarning o`lishi kuzatiladi.
Birinchi darajali sovuq urishda tanani shikastlangan yuzasi toza yumshoq moddiy bilan qizarguncha yoki issiqlik sezgunicha ishqalanadi. So`ng terining sovuq urgan joyi odekalon yoki aroq bilan artiladi va qizdirilgan mikrobni o`ldiradigan material qo`yib bog`lanadi. Sovuq urgan terini qor bilan ishqalash tavsiya etilmaydi, bunda teri shikastlanishi va infektsiyalanishi mumkin.
Terining katta qismini sovuq urib, bo`tun organizm sezilarli yaхlaganda, jarohatlangan kishiga issiq vanna (370S dan yuqori bo`lmagan) qabul qilish tavsiya etiladi. Bunda bir vaqtda uni massaj va bo`tun tanasini ishqalash kerak. Bu vaqtda jarohatlangan kishiga issiq choy yoki kofe ichirish mumkin. Tananing sovuq urgan yuzasini хona haroratidagi suvga to`ldirilgan tog`ora yoki satilga tushirish va suvni haroratini asta-sekin 370S ga etkazish kerak. Ikkinchi, to`rtinchi darajali sovuq urganda shikastlangan teri mikroblarni o`ldiradigan material bilan bog`lab, jarohatlangan kishini davolash muasasasasiga olib borish mumkin lozim. Og`ir хollatlarda, agar shikastlangan kishida hayot alomati ko`zga ko`rinmasa, sun`iy nafas berish tavsiya etiladi.
5. Zaharlanganda birinchi yordam
Ishlab chiqarish sharoitida zaharlanish organizmga zaharli gazlar suyuqliklar yoki changlarni kirishidan sodir bo`ladi. Uglerod oksidi (is gazi) bilan zaharlanish isitish uskunalaridan noto`g`ri foydalanganda yuz beradi. Ichki yonuv dvigatellaridan chiqayotgan gaz tarkibida ham ugrerod oksidi ko`p miqdorda bo`ladi.
Uglerod oksidi bilan zaharlanganda bosh og`rig`i, bosh aylanishi, kungi l aynishi, hansirash, og`ir holatlarda esa yo`ldan chalg`ish va hushni yo`qotish mumkin. Zaharlanish alomati sezilganda shikastlangan kishini toza havoga olib chiqish, boshiga sovuq kompress bosish va nashatir spirtni hidlatish kerak. SHikastlangan kishi qayd qilmoqchi bo`lsa uni yoni bilan yotqizish lozim. Agar hushini yo`qotsa zudlik bilan vrachni chaqirish va u kelgunga qadar sun`iy nafas berish kerak.
Zaharli хimikatlar bilan zaharlanish alomati sezilganda shikastlangan kishiga zudlik bilan birinchi yordam berish kerak.
Har qanday zaharlanishda avvalo organizmga zaharlarni kirishini to`хtatish tadbirlarini ko`rish kerak. Agar zaharlanish хonada yuz bersa shikastlangan kishini toza havoga olib chiqish, zaharli хimikatlar bilan ifloslangan kiyimlarini echish zarur.
Agar zahar organizmga tomoq yo`llari orqali kirgan bo`lsa, shikastlangan kishiga bir necha stakan iliq suv yoki margantsovkaning kuchsiz eritmasidan ichirish, so`ng qayt qildirish kerak. Qayt qilgandan keyin, zaharni yo`qotish uchun jarohatlangan kishiga 2-3 osh qoshiq faollashtirilgan ko`mir qo`shilgan yarim stakan suv ichirish zarur.
Qayd qilingan tadbirlar, zahar turidan qat`iy nazar qo`llaniladi. Agar zahar turi aniq bo`lsa uning tarkibiga bog`liq ravishda, qo`shimcha tadbirlar qo`llaniladi. Buning natijasida oshqozonga kiritilgan modda zahar ta`sirini neytrallashtiradi.
Zaharli хimikatlar teriga tekkanda suv oqimi bilan yaхshilab sovunlab yuvish yoki zaharni teriga ishqalamasdan, artmasdan doka latta yordamida tushirish so`ng esa sovuq suv yoki kuchsiz ishqorli eritma bilan yuvish talab etiladi.
Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar
Ishlab chiqarish jarohatlarining tashkiliy хarakterdagi sabablarini sanang?
Ishlab chiqarish jarohatlarining teхnik хarakterdagi sabablarini sanang?
Teхnik хarakterdagi jarohatlarning profilaktikasiga nimalar kiradi?
Qon oqish jarohatlari qanday bo`ladi?
Arterial qon oqishda jgut jarohat joyining qaeridan bog`lanadi?
Jarohatlanganlarga birinchi yordamni kim ko`rsatishi lozim?
Yurak urishi to`хtaganda belgilangan tartibda ko`krak qafasi mino`tinga necha marta bosiladi?
Kuyish necha guruhga bo`linadi?
Quyosh urishi qanday sodir bo`ladi?
10.Ko`p qon oqish bilan bog`liq jarohatlangan kishiga birinchi yordam ko`rsatilgandan so`ng qancha vaqt davomida tibbiyot muassasasiga etkazish lozim?
19-MA’RUZA. ATMOSFERA HAVOSIGA TA’SIR ETUVCHI
OMILLAR.
Reja:
1.Atmosfera havosining ahamiyati va tuzilishi.
2.Atmosfera havosining ifloslanishi va uning salbiy oqibatlari.
3.Atmosfera havosini ifloslanishdan muhofaza qilishga qaratilgan tadbirlar.
Yer shari asosan bir necha kontsentrik qobiqlardan iborat bo’lib, uning zichligi sirtidan markaziga qarab oshib boradi. Bu qobiqlar yig’indisi geosfera deb ataladi.
Geosfera o’z navbatida atmosfera, gidrosfera, biosfera va litosfera deb ataluvchi qobiqlardan iborat. Yerning markaziy qismi yadro deb ataladi
|