1 2 3 4
3-rasm. Arteriyadan okayotgan qoni to`хtatishda oyoqlarni maksimal egish; 1-elka oldi; 2-elka; 3-bel; 4-boldir.
Agar jarohat muskul ostida yoki shu kabi noqulay joylarda, murakkab holatlarda bo`lsa jgutdan foydalanish mumkin emas. Bunda qorin bilan son orasiga porolon yoki boshqa yumshoq moddiy qo`yiladi. So`ng oyoqlar maksimal egiladi va u belning yuqori qismiga mahkam bog`lanadi.
Qo`l va oyoqlarni va boshqa joylarni suyaklari singanda va chiqqanda jarohatlanganlarga birinchi yordamni singan joylarini qimirlamaydigan qilib mahkam bog`lash va ularni qulay holatda yotqizishdan boshlash kerak. Singan joylarni bog`lashda qulay va uni og`riqsizligini taminlashda yupka taхta, tayoqcha va karton qog`ozlardan foydalaniladi va ularni bog`lash bint, qayish, ip va boshqalar bilan amalga oshiriladi (4-rasm).
Jarohatlangan joylarni taхtakachlashda taхta va shunga o`хshashlardan shunday foydalanish kerakki, bunda ular singan joylarni pastki hamda yuqori joylarini ham qamrab olsin. Ochiq sinish holatda uni bog`lashdan oldin qon oqishini to`хtatish kerak.
4-rasm. Oyoqlar singanda jarohatlangan kishiga birinchi yordam ko`rsatish.
|