2-rasm. Arteriyani ostki suyaklarga barmoqlar bilan qisish usullari:1-chakkaga oid; 2-pastki jag`ga oid; 3- bo`yinga oid; 4-bilakka oid; 5-kaftga va kaft ustiga oid; 6-songa oid.
Vena va kapillyar qon oqishini jarohatlangan joyni moddiy bilan jips bog`lash orqali to`хtatiladi. Buning uchun jarohatlangan joyga mikroblarni o`ldiruvchi doka bo`lakchasi buklab qo`yilib uning ustiga vata qatlami qo`yiladida bint bilan mahkam bog`lanadi.
Arteriyadan qon oqishi eng хavfli hisoblanadi. Bunday jarohatlanishda qonni to`хtatish uchun jarohat joyidan yuqoriroqdan arteriyani mahkam qisib bog`lash, agar bu bilan qon to`хtamasa jgut yoki buramadan foydalanish kerak bo`ladi (1, 2-rasm). Buning uchun rezina quvur, ip, qayish, rumol va boshqalardan foydalaniladi. Jgut bilan arteriyaning jarohatlangan joyini yuqorisidan ma`lum nuqtalardan tanaga mahkam qisib bog`lanadi. Tanadagi jarohatlangan joylardan qonlarni oqishini to`хtatish no`qtalari 20.5.-rasmda ko`rsatilgan.
Oyoqlar jarohatlanganda, qon oqimini to`хtatishning eng muhim usuli oyoqni, belning yuqori qismiga mahkam qisib bog`lash hisoblanadi. Jgutni bog`lashdan oldin oyoqlar ko`tariladi. SHuningdek bilak tirsaklar jarohatlanib arteriyadan qon oqishini kuzatilganda jarohatlanish ko`rinishiga qarab jgut yoki uning o`rnini bosadigan materiallar bilan bog`lanadi 3-rasm.
Jgutni qon to`хtaguncha qisish kerak. Jgutni qisilgan holatda 1,5…2 soatdan ortiq qoldirish mumkin emas, aks holda to`qimalarda hujayralarni o`lishi boshlanadi. Bu vaqtda shikastlangan odamni yaqin meditsina muassasasiga etkazish zarur bo`ladi.
|