• J.Detri atmosferaning ifloslanish sabablarini 4 guruhga bo’lis
  • Atmosferaning ifloslanishi xalq xo ’ jaligiga katta iqtisodiy zarar etkazadi
  • Atmosfera
  • Nigmatov I., Tojiev M. Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi. Darslik. – Тoshkent: “Iqtisod-moliya”. 2011, B .129.
  • Global havo ifloslanishida ba’zi sanoat tarmoqlar tasir dinamikasi
  • TURLI TARMOQLARDAN CHIQADIGAN ATMOSFERANI IFLOSLANTIRUVCHI MODDALAR DINAMIKASI




    Download 7,87 Mb.
    bet42/58
    Sana24.12.2019
    Hajmi7,87 Mb.
    #4670
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   58

    TURLI TARMOQLARDAN CHIQADIGAN ATMOSFERANI IFLOSLANTIRUVCHI MODDALAR DINAMIKASI



    J.Detri atmosferaning ifloslanish sabablarini 4 guruhga bo’lis

    Shunday qilib, atmosfera qatlami ifloslanishining asosiy manbaalari qyidagilar :



    • Tabiiy yo’l bilan ifloslanish (mineral, o’simlik, hayvon va mikroorganzmlar ta’sirida);

    • Sanoat tarmoqlari, transport va turar joylarni isitishda foydalaniladigan yoqilg’ilar orqali ifloslanish;

    • Sanoat chiqindilari orqali ifloslanish;

    • Sanoat chiqindilari va maishiy-xo’jalik chiqindilarini yoqish orqali ifloslanish;



    Atmosferaning ifloslanishi xalq xojaligiga katta iqtisodiy zarar etkazadi:

    • Atmosferaning ifloslanishi tufayli materiallar yemiriladi va korroziyaga uchraydi.

    • Shaharlarda, ayniqsa sanoatlashgan joylardagi iflos havo korxona asbob-uskunalarining foydalanish muddatini 1,5 barobar kamaytiradi.

    • Atmosferaning ifloslanishi natijasida ko’pgina kasalliklar vujudga kelmoqda.

    • Havo ifloslanishi qishloq xo’jalik ekinlariga katta zarar ko’rsatmoqda.

    • Havo ifloslanishidan, achchiq tutundan, transportlarning harakati qiyinlashib, ko’p halokatlar (ayniqsa aviahalokatlar) ro’y bermoqda.

    • Atmosferaning ifloslanishi yarim o’tkazgishlar, aniq asboblar, vaksina va antibiotiklarni ishlab chiqarishni qiyinlashtirib yubormoqda.

    • Zavod va fabrikalardan qimmatbaho moddalar bekorga atmosferaga chiqib ketmoqda.

    • Atmosferaning ifloslanishi natijasida geografik qobiqning tabiiy holatida o’zgarish yuz bermoqda.

    Atmosfera havosini ifloslanishdan muhofaza qilishga qaratilgan tadbirlar.

    Shahar havosi tarkibidagi har xil zaharli gazlar, ayniqsa antropogen changlar transportlardan, sanoatdan, isitish inshoatlaridan, qurilishlardan chiqadi. Shaharlarda havo aylanishi (sirkulyatsiya)ning sustligi tufayli diametri 4-10 mikron changlar 1 km balandlikkacha ko’tarilib, radiusi 10 km bo’lgan maydonga tarqaladi. Diametri kattaroq (10 mikrondan katta) bo’lgan changlar, uncha yuqoriga ko’tarilmay atrofga yoyilib, 300-500 metr balandliklarda uchib yuradi va so’ngra shaharga chang, qurum sifatida qaytib tushadi.


    . Nigmatov I., Tojiev M. Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi. Darslik. – Тoshkent: “Iqtisod-moliya”. 2011, B.129.

    Atmosfera havosini toza saqlashda sanoat ob’yektlarini geografik sharoitiga qarab joylashtirish muhim ahamiyatga ega. Bunda sanoat ob’yektlari va yirik kommunal korxonalari alohida sanoat zonasida uy-joy massivlaridan tashqarida bo’lishi kerak.

    Shuningdek, shamolning yonalishi uy-joy zonasidan, sanoat zonasi tomon esadigan bo’lishiga rioya qilish lozim. Aks holda sanoatdan chiqqan chang, qurum va gazlar uy-joy zonasi tomon shamol tufayli kelib, havoni ifloslaydi. Uy-joy zonasi bilan sanoat zonasi orasida kengligi 100 m dan bir necha kilometrgacha keladigan yashil o’simliklardan iborat sanitariya - himoya zonasining bo’lishi yaxshi natija beradi

    Atmosferani ifloslantiradigan eng katta omillardan biri bu-transportdir. Hozirgi kunda yirik shaharlarda atmosfera havosini toza saqlash maqsadida, neft va benzinning tanqisligi hisobga olinib, al’ternativ yoqilg’ilar izlanmoqda. Bu sohada elektromobillarning kelajagi porloq. Elektromobillar - oddiy avtomobillar bilan bir vaqtda kashf etilgan bo’lib, akkomulyator batareyalari kuchsiz va benzinli motordan zaif bo’lganligi sababli, hayotda o’z o’rnini tezlikda topa olmadi.


    Global havo ifloslanishida ba’zi sanoat tarmoqlar ta'sir dinamikasi




    Download 7,87 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   58




    Download 7,87 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    TURLI TARMOQLARDAN CHIQADIGAN ATMOSFERANI IFLOSLANTIRUVCHI MODDALAR DINAMIKASI

    Download 7,87 Mb.