Atmosfera changlari havo qobig’ining ajralmas qismidir. Juda mayda zarrachalar organik va noorganik jarayonlar natijasida hamda tog’ jinslari va tuproq qatlamining yemirilishi (nurashi), vulqon hodisalari, o’rmon, dasht va torf yong’inlari, dengiz suvining bug’lanishi oqibatida paydo bo’lgan. Atmosferada juda ko’p miqdorda kosmik changlar bo’lib, yer yuzasiga yiliga 2-5 mln.tonna kosmik chang tushadi.
Atmosfera havosining ifloslanishi va uning salbiy oqibatlari.Atmosferaning ifloslanishi yerning havo qobig’iga ta’sir etibgina qolmasdan, balki inson hayoti va tevarak-atrofidagi muhitni xavf ostiga qo’yadi. Atmosfera havosidagi har xil gazlar, suv bug’lari, qattiq va suyuq zarrachalari, radioaktiv changlar havo sifatini buzadi, tabiiy muhitda turli salbiy oqibatlar keltirib chiqaradi. Avvallari havo sanoat ob’yektlari ustidagina ifloslangan bo’lsa, hozir sanoat, transport, energetika va boshqalardan chiqqan chiqindi katta-katta rayonlar - bir necha minglab kilometr masofalardagi hududlar havosining ifloslanishiga sababchi bo’lmoqda1.
Atmosfera ifloslanishini oldini olish uchun butun jahon miqyosida
ajratilgan va ajratilishi ko’zda tutilgan mablag’lar,mlrd. $
|