Atmosfera – yerning gazsimon qobig’I bo’lib, hayot uchun zarur bo’lgan birlikdir. Atmosfera yer po’stiga fizikaviy, kimyoviy, biologik ta’sir ko’rsatadi va yer yuzasida issiqlik, namlikni tartibga solib turadi. Atmosfera yerning himoya qobig’idir. Chunki, u tirik organizmlarni turli ultrabinafsha nurlar va koinotdan tushadigan meteoritlarning zararli ta’siridan himoya qiladi. Atmosfera bo’lmaganda edi, yer yuzasida ham Oydagi kabi hayot bo’lmas edi.Yer yuzasi kunduzi 1000 darajagacha qizib, kechasi esa – 1000 darajagacha sovigan bo’lar edi.
Havo qobig’i asosan azot (78,09 %) – N2; kislorod (20,95 %) – O2 dan iborat bo’lib, ular atmosfera gaz tarkibining 99% ini tashkil etadi, qolgan 1% i esa boshqa (argon - 0,93%; karbonat angidrid (CO2) - 0,03%; neon, vodorod, geliy, kripton, ksenon va boshqalar) gazlardir. Gazlarning biri ko’payib, ikkinchisi kamayib ketishi tirik mavjudot hayotini muvozanatdan chiqarib yuboradi va halokatga olib borishi mumkin. Atmosferadagi Azot asosan yerdagi mikroorganzmlar faoliyati natijasida yuzaga kelib, biologik jarayonlarda unchalik ahamiyat kasb etmaydi. Yerdagi tog’ jinslarida mujassamlashgan azot atmosferadagi azotga qaraganda 50 baravar ko’pdir.
|