Mehnat Kodeksining moddalari.
Mehnat muhofazasining huquqiy asoslari. Mehnat Kodeksining moddalari.
Mehnat muhofazasi – ish jarayonida insonning mehnat qobiliyatini, sog‘ligi va xavfsizligini ta’minlash uchun yо‘naltirilgan qonunlar majmuasi bо‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, gigiyenik va profilaktik tadbirlarni о‘z ichiga qamrab olgan. Har qanday demokratik jamiyatda inson huquqlarini himoyalashga qaratilgan qonun asoslari bо‘lishi zarur.
1992 yil 8 dekabr kuni qabul qilingan О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi ana shu qonun asoslari bо‘lib hizmat qiladi. Konstitutsiyaning IX bobi insonning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.
37-moddada “Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda kо‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir”.
39-moddada “Har kim qariganda mehnat layoqatini yо‘qotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum bо‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega”.
40-moddada “Har bir inson malakali tibbiy hizmatdan foydalanish huquqiga ega” deb belgilab qо‘yilgan.
X bobning 43-52- moddalarida inson huquqlari, burchlari va erkinliklari belgilangan.
Tashkilotlarda mehnat xavfsizligiga doir barcha qaror va hujjatlarni tahlil qilish, kelgusi mehnat xavfsizligi darajasini kо‘tarish, ish yuritishda texnika xavfsizligi mashg‘ulotlarini о‘tkazish, о‘quv yurtlari о‘qituvchilari, talabalari, xizmatchi va ishchilari о‘rtasida shikastlanishlarni oldini olish, davlat standarti masalalari talablariga rioya etish maqsadida 1993 yil 6 mayda “Mehnatni muhofaza qilish tо‘g‘risi”dagi qonun qabul qilingan. Bu qonunda jamoat shartnomasi, mehnat shartnomasi, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish, mehnat intizomi, ayollar va bolalar mehnati, ijimoiy va boshqa masalalar yoritilgan.
Qonunning 1-7 moddalarida umumiy qoidalar, 8-15-moddalarida mehnatni muhofaza qilishni ta’minlash, 16-21-moddalarida ishchilarning mehnatini muhofaza qilishga doir huquqlarini rо‘yobga chiqarishdagi kafolatlar ifodalangan, 22-29-moddalarida mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa meyoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazorati о‘z aksini topgan.
О‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi 1995 yil 21 dekabrda О‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksini tasdiqladi. Kodeksning VI bobi 73-87-moddalarida ishga qabul qilish va dastlabki sinov muddati, 93-113 moddalarida mehnat shartnomalarining bekor qilinishi, 217 moddada xodimlarni sut , oziq-ovqat, gazli suv, davolash –profilaktika, shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan ta’minlash о‘z aksini topgan.
Mehnat Kodeksida xotin-qizlarning fiziologiyasi va onalikni himoya qilish hisobiga olinib, ularning mehnatini muhofaza qilish belgilangan. Unga kо‘ra, og‘ir va organizm uchun zarar bо‘lgan ishlarda ayollarning mehnat qilishiga yо‘l qо‘yilmaydi. Ular qо‘lda 20 kg gacha, zambilg‘altakda 50 kg dan oshmagan yuklarni tashishlari mumkin. Homilador ayollarga davlat tomonidan ish haqi tо‘lanadigan ta’til beriladi. Homilador va 8 yoshgacha bolalari bо‘lgan ayollarni tunggi, ishdan tashqari, dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilish va hizmat safariga yuborish ta’qiqlanadi.
О‘smirlik davrida hayot muhim uchun funksiyalar, ya’ni tez о‘sish va tananing fizik rivojlanishi yuqori bо‘ladi. Bu bilan bir qatorda bо‘g‘im apparati hali nozik bо‘ladi, mushaklarni tez charchashi kuzatiladi, nafas olish, qon-tomir va hazm qilish tizimida buzilishlar kuzatilib turiladi. Mehnat qonunlariga asosan, 16 yoshga tо‘lmagan о‘smirlar ishga qabul qilinmaydi. Ayrim sharoitlarda 15 yoshga tо‘lgan о‘smirlar FZKU ruxsati bilan ishga olinadi. 16 yoshgacha bо‘lgan о‘smirlar uchun 24 soatlik, 16-18 yoshgacha bо‘lgan о‘smirlar uchun 36 soatlik ish haftasi belgilangan. О‘smirlar uchun bir kalendar oy miqdorida yilning eng yaxshi davrlarida yoki о‘zi hohlagan vaqtda ta’til beriladi. Tunggi ishlarda, ishdan tashqaridagi dam olish kunlarida va ularning sog‘ligi uchun zararli moddalar ishlab chiqaradigan ishlarda о‘smirlar mehnatidan foydalanish ta’qiqlanadi. 18 yoshga tо‘lmagan о‘smir bolalarga 16 kg gacha, qizlarga esa 10 kg gacha og‘irlikda bо‘lgan yuklarni kо‘tariga ruxsat etiladi.
2. Mehnat muhofazasi bо‘yicha qonunlarning bajarilishini nazorat qilib turish quyidagi davlat tashkilotlariga yuklatilgan:
1. О‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi.
Korxonalarda xavfsiz ishlash, texnika xavfsizligi bо‘yicha meyor qoidalariga, sanoat sanitariyasi, mehnat gigiyenasi, mehnat qonunchiligiga rioya qilish masalalarini nazorat qiladi. Har bir tarmoq о‘z texnik inspektoriga ega.
2. “Sanoatgeokontexnazorat” DI.
Bug‘ qozonlarining tо‘g‘ri ishlashini bosim ostida ishlaydigan idishlarni, yuk kо‘tarish mashinalari (kо‘tarma kranlar, liftlar), ekskavatorlar, gaz uskunalari magistral quvurlari ishini va portlovchi moddalarni ishlatish, sakrash va tashish ishlarini nazorat qiladi.
3. О‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining sanitariya-epidemiologiya nazorati.
Havo, suv va tuproqni ifloslanishdan ogohlantirish, shovqin va vibratsiyani yо‘qotish sexlarning sanitariya holatlarini yaxshilash (harorat, nisbiy namlik, yoritilganlik va h.) ishlarini nazorat qiladi.
4. Respublika Ichki ishlar vazirligining yong‘indan muhofaza qilish Bosh boshqarmasi.
Yong‘inga qarshi tadbirlarni, о‘t о‘chirish vositalarining holatini, yong‘in haqida xabar berish vositalarining ishini nazorat qiladi.
5. О‘zbekiston Respublikasi energetika va elektrlashtirish Davlat aksionerlik jamiyati.
Korxonalardagi energiya tizimlarining texnik ekspluatatsiyaini va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishni nazorat qiladi.
Jamoat nazorati – mehnat qonunlari, xavfsizlik texnikasi va sanoat sanitariyasi meyor hamda qoidalarining bajarilishini kuzatib boradi. Shuningdek, korxonadagi baxtsiz hodisalarni kelib chiqishini, kasb kasalliklarini kamayishini ta’minlovchi chora-tadbirlarni qanday amalga oshirilayotganini nazorat qiladi.
Barcha ishlab chiqarish korxonalarida 3 pog‘onali nazorat amalga oshiriladi:
1-pog‘ona: har kuni usta jamoatchi-nazoratchi birgalikdagi sexdagi ish joylarini aylanib chiqib, uchragan kamchiliklarni tuzatish choralarini kо‘radilar.
2-pog‘ona: har xafta sex boshlig‘i katta jamoatchi-nazoratchi bilan birgalikda sexdagi ish joylarini aylanib chiqib, uchragan kamchiliklarni tuzatish choralarini kо‘radilar.
3-pog‘ona: oyda bir marta korxona bosh muhandisi birgalikda ish joylarini aylanib chiqadilar. Bu nazorat bо‘yicha korxonada qaror chiqariladi.
Barcha korxona, tashkilot, muassasa, vazirliklar va tarmoqlarda mehnat muhofazasi qonunlari bajarilishining oliy nazorati Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga yuklatilgan.
Ishlab chiqarish korxonalarida mehnat muhofazasiga doir ishlar tashkiliy-texnik tadbirlarning kompleks rejasi asosida amalga oshiriladi. Bu tadbirlarni korxona ma’muriyati mahalliy kasaba uyushmasi qо‘mitasi bilan birgalikda ishlab chiqadi. Kompleks reja yillik, besh yillik yoki kо‘p yillik rejalardan tashkil topadi. Bunda fan va texnikaning mehnat muhofazasi sohasida erishgan yutuqlari , korxonaning rivojlanish istiqbollari hisobga olinadi. Ishlarni bajarilishini nazorat qilish xavfsizlik ishlari bо‘yicha muhandis zimmasiga, uni amalga oshirishga javobgarlik esa korxona sexlari bо‘linmalari boshliqlari zimmasiga yuklatiladi. Maxsus mablag‘ni va moddiy ta’minotni talab qiluvchi tadbirlar jamoa shartnomasiga ilova qilinadigan rejaga kiritiladi. Jamoa shartnomasini har yili korxona rahbari ishchi-xizmatchilar nomidan kasaba uyushmasi qо‘mitasi bilan tuzadi. Jamoa shaotnomasiga kiritilgan mehnat muhofazasiga doir tadbirlarning bajarilishiga ajratilgan mablag‘lar ishlatib bо‘linganligi haqida maxsus dalolatnoma tuzilib, unga korxona kasaba uyushmasi qо‘mitasi raisi va korxonaning bosh muhandisi imzo chekadilar.
3. Davlat qonunchiligi mehnat muhofazasi qoida va meyorlarining buzilishi uchun qat’iy javobgarlik belgilaydi. Hamma vazirliklar, birlashmalar va sanoat korxonalarida mehnat qonunlarining aniq bajarilishini О‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi kuzatadi. Prokuratura umumiy nazorat tartibida tekshirish natijalaridan sanoat korxonalari rahbar xodimlarini xabardor qiladi va mehnat qilish qoidasi buzilishini tezda bartaraf etishni talab qiladi, rahbar xodimlarga ma’muriy chora kо‘rilishini talab qilib, yuqori rahbar xodimlarga murojaat etadi.
Javobgarlik turlari 3 ga bо‘linadi:
1. Ma’muriy javobgarlik – uyaltirish, xayfsan e’lon qilish, vaqtincha yoki butunlay past darajali ishga о‘tkazish, imtiyozlarni cheklash.
2. Jinoiy javobgarlik – О‘zbekiston Respublikasi jinoyat protsessual Kodeksiga binoan olib boriladi. Masalan:
-qoidaning buzilishi baxtsiz hodisaga olib kelsa, bir yilgacha ahloq tuzatish ishlariga yoki ozodlikdan mahrum qilish yoki 5 minimal ish haqi miqdorida jarima yoki ishdan bо‘shatish choralari qо‘llanadi.
-korxonadan chiqayotgan chiqindilar tufayli havo va suv havzalarining ifloslanishi uchun 1 yilgacha ahloq tuzatish ishlariga yoki 5 minimal ish haqi miqdorida jarima tо‘lanadi.
3. Moddiy javobgarlik – qonunsiz ravishda ishdan bо‘shatilgan, majburiy ish qoldirgan, kasbiy kasallik tufayli jabrlangan kishiga tо‘lanadigan haqni rahbar lavozimidagi xodimdan qisman yoki tо‘liq undirib olish.
3- Amaliy mashg‘ulot.
Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy termin va tushunchalari.
Hayot faoliyat – bu insonning kunlik faoliyati, dam olishi va yashash tarzidir.
Atrof-muhit –bu insonni o’rab turgan muhit bo’lib, insonning hayot faoliyatiga, uning sog’ligi va nasliga to’g’ridan to’g’ri, birdan urinma yoki masofadan ta’sir etishga qobiliyatli omillarning (jismoniy, ximiyaviy, biologik, informatsion, ijtimoiy) shartli yig’indisidir.
Xavf-xatar deganda, odam sog’ligiga bevosita yoki bilvosita zarar yetkazadigan ko’ngilsiz hodisalar tushuniladi
Xavflar taksonomiyasi - bu murakkab hodisalarni, tushunchalarni, kishi faoliyatiga qaratilgan narsalarni tasniflash va tizimlash to’g’risidagi fandir.
Xavflar ruyxati – bu aniq bir tartiblar bo’yicha qo’yilgan nomlar, atamalardir (o’zgaruvchan harorat, havo harakatining tezligi, havo bosimi, yorug’lik, havoni ionlash, portlash, gerbitsid, shovqin, tebranish, yong’in, zaharli moddalar, lazer nuri, elektr yoyi va boshqalar).
Xavflar kvantifikatsiyasi hayot faoliyat xavfsizligini taminlashga qaratilgan tadbirlar uchun yetarli darajada kerak bo’lgan miqdoriy, vaqtincha, fazoviy va boshqa xususiyatlarni aniqlab amalga oshirish jarayonidir.
Texnosfera - o’tmishda biosferaga taalluqli bo’lgan keyinchalik insonlar tomonidan moddiy,ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini yanada yaxshilash maqsadida to’g’ridan-to’g’ri yoki sirtdan texnik vositalar bilan ta’sir etgan hududdir.
Sog’lom turmush tarzi - bu avvalo qarilikkacha bo’lgan uzoq yillargacha har bir kishini sog’ligini mustahkamlovchi va ta’minlovchi turmush tarzining kechishidir.
Mehnat qobiliyati - bu insonning jismoniy yoki aqliy ishida unga yuklatilgan hajmdagi ishni bajarish qobiliyatidir.
Dam olish vaqti - xodim mehnat vazifalarini bajarishdan xoli bo’lgan va bunday u o’z ixtiyoriga ko’ra foydalanishi mumkin bo’lgan vaqtdir.
Mehnat muhofazasi - huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy texnologik va sanitariya me’yorlari sistemasi bo’lib, mehnatkashlarni ishlash sharoiti va hayot xavfsizligini ta’minlaydi.
Atrof muhitni muhofazalash-tirik (o’simliklar va hayvonot dunyosi) va o’lik (tuproq, suv, atmosfera, iqlim) tabiatni tiklash va muhofazalash va ulardan ratsional foydalanish bo’yicha kompleks tadbirlardir
Ishlab chiqarish sanitariyasi - ishchilarga zararli ishlab chiqarish omillarini ta’sirini oldini oluvchi vositalar, sanitarik-texnik gigienik va tashkiliy tadbirlar sistemasidir.
Ishlab chiqarishda shamollatish - bu davlat standarti talabiga mos holda, xonalardan ortiqcha issiqlikni, namlikni, changlarni, zararli gazlar va bug’larni chiqarish va mikroiqlimni yaratish uchun zarur qurilmalar sistemasidir.
Havoni konditsionirlash. Oddiy shamollatish sistemasi odamlar ega. Buning uchun havo maxsus chang ushlagich va filьtrdan o’tkaziladi. CHang ushlagichni keng tarqalgani tsiklon hisoblanadi (9.6.-rasm). Sanoat matodan, qog’ozdan, moyli elektrik va ulьtratovushli filьtrlar ishlab chiqariladi. Moyli filьtrni filьtrlovchi elementi moyga botirilgan metall to’r hisoblanadi.
Isitish ishchi zonada normal ishlash sharoitini taminlash uchun havo haroratini saqlab turishga mo’ljallangandir. Isitish mahalliy va markaziy ko’rinishlarda bo’ladi.
Ishlab chiqarishda yoritish-mehnatning muhim gigienik ko’rsatkichi, uni ilmiy tashkil etishning ajralmas qismi va ishlab chiqarish madaniyati hisoblanadi. Yorug’lik orqali biz tashqi omillarning sifati shakli haqidagi informatsiyalarni ko’zimiz orqali miyamizga yetkazamiz.
Favqulodda holat (FH) – bu qisqa muddatda sodir bo’ladigan, insonlarga, tabiiy muhitga va moddiy boyliklarga katta darajadagi zarar yetkazadigan voqealardir.
Favqulodda faziyatlar (FV) – bu ob’ekt va hudud yoki akvatoriyalarni FH dan keyingi holati bo’lib, bunda odamlarni hayoti va sog’ligiga tahdid soluvchi, aholi va iqtisodga moddiy zarar yetkazilgan, tabiiy muhit buzilgan holatdir.
Favqulodda holatlarning kompleks belgilarini quyidagi besh turga ajratish mumkin: lokal (ob’ekt bo’yicha), mahalliy, regional, milliy va global (umumiy, dunyo mikyosida).
Geologik favqulodda holatlarga – vulqonlar otilishi Yer qimirlashi – eng xavfli va vayron qiluvchi favqulodda holatdir.va yer qimirlashlari kiradi. Bo’ron, dovul va girdoblar – bu favqulodda tez yuz beradigan havo yoki shamolning ko’p holatdagi katastrofik harakatidir.
Er ko’chishi – o’z og’irligi ta’sirida ma’lum yer yuzasini balandlikdan pastga siljishi yoki so’rilishidir.
Suv toshqini - bu vaqtinchalik yomg’ir yoki tosh-shag’al aralash suv oqimi bo’lib kutilmaganda ko’p jala qo’yishi, qorlar erishi, yer qimirlash yoki boshqa sabablarga ko’ra ko’l, suv hovzalarining dambalarini buzilishida yuzaga keladi
-Ish joyidan evakuatsiya chiqish yo’ligacha masofa binolarni yong’inga chidamliligi darajasi, qavatliligi va ishlab chiqarish kategoriyalariga bog’liq holda 50 m dan 100 m gacha qabul qilinadi.
-Favqulodda holatlar vaqtida hayot faoliyat xavfsizligini taminlash insonning barcha sohadagi faoliyati davrida uning hayoti va sog’ligini saqlashga qaratilgan tashkiliy, muhandis-texnik tadbirlar Evakuatsiyani ruxsat etiladigan davomiyligi inson uchun sharoitni kritik holatga yetishishi, kritik harorat (60°S) xona havosida kislorod kontsentratsiyasining kamayishi, tutundan ko’rinishni kamayishi, toksik moddalarni paydo bo’lishiga bog’liq va vositalar majmuidan iboratdir bo’ladi.
-Favqulodda holatlar vaqtida ob’ektning turg’un ishlashiga tashkiliy, muhandis-texnik va boshqa tadbirlarni kompleks ravishda amalga oshirish natijasida erishiladi.
-Rejalashtirishda hujjat, reja tuziladi va u quyidagi qismlardan iborat bo’ladi: aniq ko’rsatkichlar (ish turi, tadbirlar); ushbu ishlarni bajarish vaqti; ishlarni bajarish uchun zarur resurslar (turi, soni, miqdori, manbai); ishni bajaruvchi mas’ul shaxs (har bir punkt bo’yicha); ishni bajarilishini nazorat qilish usuli.
-Favqulodda holatlar oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan barcha vazifalar bosqichma-bosqich, aniq ketma-ketlik asosida maksimal qisqa muddatlar ichida bajarilishi lozim.
Favqulodda holatlar ta’sir doirasini cheklash va uning oqibatlarini susaytirishga qaratilgan tadbirlar asosan: avariyalarni lokalizatsiyalash, ishlab chiqarish texnologik jarayonlarini to’xtatish yoki o’zgartirish, yong’inni oldini olish yoki uni o’chirish kabi vazifalarni o’z ichiga oladi.
-Elektromagnit maydonining inson organizmiga ta’siri natijasida qon, hujayralar oralig’idagi suyuqliklar tarkibida tashqi maydon ta’siridan ionlashgan toklar hosil qiladi. O’zgaruvchan elektr maydoni inson tanasi hujayralarini o’zgaruvchan dielektrik qutblanish, shuningdek, o’tkazuvchi toklar hosil bo’lishi hisobiga qizdiradi.
-Uzunligi 10 sm dan qisqa bo’lgan to’lqinlarning asosiy qismi teri hujayralarida yutilishi tajriba asosida tasdiqlangan. 10-30 sm diapazondagi nurlanishlar teri hujayralarida kam yutiladi (30-40%) va asosan ularning yutilishi insonning ichki organlariga to’g’ri keladi. Bunday nurlanishlar nihoyatda xavfli hisoblanadi.
-SVCH 30-300 000 MGts diapazonida ish kuni davomida ruxsat etiladigan maksimal nurlanish oqim kuchlanishi 10 mk Vt/sm2 , ish kunining 2 soatidan ortiq bo’lmagan vaqtdagi nurlanish 100 mk V/sm2 dan oshmasligi kerak. Bunda albatta muhofaza ko’zoynagi taqilishi kerak. Qolgan ish vaqti davomida nurlanish intensivligi 10 mk Vt/sm2 dan oshmasligi kerak.
-SVCH diapazonida kasbi nurlanish bilan bog’lanmagan kishilar va doimiy yashovchilar uchun nurlanish oqimi zichligi 1 mk Vt/sm2 dan oshmasligi kerak.
-Elektromagnit nurlanishlaridan muhofazalanishning asosiy usullaridan biri-ekranlar usulidir. Ekranni to’g’ridan-to’g’ri elektromagnit to’lqinlarini tarqatayotgan manbaga yoki ish joylariga o’rnatish mumkin. Nur qaytarish ekranlari elektr tokini yaxshi o’tkazadigan materiallardan yasaladi.
-Ionlashgan nurlar inson organizmiga zararli ta’sir ko’rsatib, og’ir kasalliklarning kelib chiqishiga sababchi bo’lishi mumkin. Uning ta’sirida inson og’ir kasallik hisoblanadigan nur, oq qon kasalligi va har xil xavfli shishlar, teri kasalliklariga duchor bo’lishi mumkin. SHuningdek ionlashgan nurlar ta’sirida genetik ta’sirlanish, ya’ni keyingi avlodlarga ham ta’sir ko’rsatuvchi nasliy kasalliklar kelib chiqishi mumkin.
-Radioktiv nurlanishlar ionlovchi nurlanishlar deb ataladi, chunki bu nurlar ta’sir etgan moddalar atom va molekulalarida ionlar hosil bo’ladi. Bunday ionlovchi nurlanishlarga rentgen nurlari, radio va gamma nurlari, alьfa va beta nurlari, shuningdek neytron oqimlari kiradi.
-Radioaktiv moddalarning eng xavfli tomoni shundaki, uning ta’siri inson organizmidagi sezish organlari orqali sezilmaydi. Ya’ni inson radioaktiv nurlar ta’sirida uzoq vaqt ishlashiga qaramasdan ularning zararli ta’sirlarini mutlaqo sezmasligi mumkin. Buning natijasi esa ayanchli tugaydi.
-Ko’pchilik radioaktiv moddalar organizmning ba’zi bir qismlarida yig’ilish xususiyatiga ega. Masalan jigar, buyrak va suyaklarda yig’ilishi butun organizmni tezda ishdan chiqaradi.
-Ishchilarni va boshqa ishlar bilan radioaktiv zonalarda shug’ullanayotgan va yashayotgan shaxslarning xavfsizligini taminlashning asosiy vositalari: xavfsiz oraliq masofalari bilan taminlash, nurlanish vaqtini kamaytirish, umumiy muhofaza vositalari va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishdir. Bunda radioaktiv nurlanishlar miqdorini o’lchash asboblaridan foydalanib nurlanish dozasini bilish muhim ahamiyatga ega.
Mehnat xavfsizligi-bu shunday mehnat sharoitiki, bunday ishlab chiqarishda ishchilarga zararli va xavfli omillarning ta’sirini butunlay oldi olingan bo’ladi.
Yong’in-maxsus joydan boshqa joyda yonuvchi, moddiy zarar keltiruvchi va nazorat qilib bo’lmaydigan yonish jarayonidir.
Tashqi arterial-puls bilan tez, qon rangi-och-qizil, shu bilan birga u jarohat joyidan favvoralanib oqadi, organizmda umumiy kuchsizlik va tananing shikastlangan joyida kuchli og’riq bilan kechadi.
4- Amaliy mashg‘ulot.
Meyoriy-texnik qoidalar.
]Mehnat muhofazasini o‘qitishni tashkil qilish va bilimlarni tekshirish bo‘yicha namunaviy nizomda (№ 272, 14.08.1996) barcha korxona, tashkilot, muassasa, institut, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, birlashma, assotsiasiya, korpooratsiya, xolding, tarmoq, vazirlik va boshqa mulk shaklidan qat’iy nazar malaka talablari hajmida ishchilar, rahbarlar, mutaxassislar, muhandis-texnik xodimlar uchun mehnat muhofazasidan bilimlarni majburiy nazorat qilish tartibi belgilangan.
Korxonaga ishga kirayotgan har bir xodimga xavfli ish usullari bo‘yicha yo‘riqnoma, maxsus malaka olgandan va bilimi tekshirilgandan keyin mustaqil ishlashga ruxsat beriladi. Bug‘ va issiqlik qozonlari, yuk ko‘tarish kranlari, bosim ostida ishlovchi idishlar, elektr uskunalari, maxsus uskunalar kabi xavfli ishlarda ishlovchilarga maxsus o‘quv kurslarini bitirganlari haqida hujjatlari bo‘lsagina ishlashga ruxsat beriladi. Xodimlarni xavfsiz ish usullariga o‘qitish va ularni to‘g‘ri tashkil qilish bo‘yicha umumiy rahbarlik hamda javobgarlik korxona rahbarlariga va boshqaruv tashkilotlariga yuklanadi. Sexlarda, bo‘limlarda ishchilarni va ustalarni xavfsiz ish usullariga o‘rgatish shu sex hamda bo‘lim rahbarlariga, shuningdek, o‘z vaqtida va sifatli o‘qitishni nazorat qilish esa mehnat muhofazasi bo‘limlari zimmasiga yuklatiladi.
Ishchilar bilan yo‘riqnoma o‘tkazish. Yo‘riqnomalar ikki xil bo‘ladi: kirish va ish joyida o‘tkaziladigan yo‘riqnoma. O‘z navbatida ish joyida o‘tkaziladigan yo‘riqnoma 3 xil bo‘ladi: dastlabki, davriy va navbatdan tashqari.
Kirish yo‘riqnomasi. Barcha ishga yangi kiruvchilar, boshqa korxonalardan xizmat safariga jo‘natilganlar (ish malakasi va stajidan qat’iy nazar) amaliyot o‘tayotganlar va shogirdlar kirish yo‘riqnomasini o‘tadilar. Uni korxonaning mehnat muhofazasi bo‘yicha mas’ul xodimi yoki shu vazifa yuklatilgan boshqa rahbar xodim o‘tkazadi. Agar ishga qabul qilish bevosita sexlarda amalga oshirilsa, kirish yo‘riqnomasini shu sexning boshlig‘i o‘tkazishi kerak.
Shikastlanganlarga dastlabki yordam ko‘rsatish, yong‘in xavfsizligi va boshqa maxsus masalalar bo‘yicha yo‘riqnomalarni tegishli mutaxassislar olib boradilar.
Kirish yo‘riqnomasi maxsus adabiyot, ko‘rgazmali qurollar bilan jihozlangan mehnat muhofazasi xonasida, zamonaviy texnik vositalardan foydalangan holda o‘tkaziladi. Kirish yo‘riqnomasi guruh bilan va yakka tartibda o‘tkazilishi mumkin. Guruh bilan o‘tkazilganda eshituvchilar soni 10 kishidan oshmasligi kerak.
Kirish yo‘riqnomasi o‘tkazilganligi haqida maxsus jurnalga va ishchi qo‘liga topshiriladigan ishga kirish varaqasiga yozib qo‘yiladi.
Kirish yo‘riqnomasining dasturi:
1. Korxona to‘g‘risida umumiy ma’lumot.
2. Mehnat muhofazasi.
Xavfsizlik standartlari tizimlari hakida umumiy ma’lumot. Ish vaqti va dam olish vaqti. Ayollar va balog‘atga etmaganlar mehnatini muhofaza qilish. Davlat, tarmoq va jamoat nazorati. Korxonada baxtsiz hodisalarni taftish qilish. Ichki mehnat tartibi qoidalari.
3.Xavfsizlik texnikasi.
Xavfli, zararli ishlab chiqarish omillari va ulardan himoyalanish. Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarning va kasb kasalliklarining asosiy sabablari. Xavfsizlik standartlari tizimlarida ishlab chiqarish jarayonlariga va uskunalariga qo‘yiladigan talablar. Uskunalarning asosiy xavfsizlik qoidalari. Ogohlantiruvchi, to‘suvchi va signal beruvchi vositalar. Xavfsizlik ranglari va belgilari. Elektr toki bilan jarohatlanish xavfini oshiruvchi sharoitlar. Jarohatlarning oldini olish tartiblari.
Ish joyini xavfsiz tashkil qilish va saqlashga qo‘yiladigan talablar. Yuk ko‘tarish va tashish mexanizmlari, ichki transport vositalaridan xavfsiz foydalanish qoidalari.
4.Ishlab chiqarish sanitariyasi.
Ishlab chiqarish muhitining asosiy sanitariya-gigienik omillari. Mehnat sharoitini yaxshilash bo‘yicha asosiy tadbirlar (texnik va tashkiliy, sanitariya-gigienik, davolash-profilaktik). Ish joylari havosini almashtirishning zarurati va tuzilishi. Yorug‘likni to‘g‘ri tashkil qilish. Shovqinga qarshi tadbirlar.
5.Shaxsiy himoya vositalari, ulardan foydalanish me’yor va qoidalari. Himoya vositalariga qo‘yiladigan talablar. Korjomalar maxsus poyafzallar. Qo‘l, bosh, yuz, ko‘z, nafas a’zolari, quloqni himoya qilish. Ogohlantiruvchi moslamalar.
6.Shaxsiy gigiena qoidalari. Sanitariya kiyimlari, poyafzallari va vositalariga qo‘yiladigan talablar.
7.Korxonada yong‘in xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar.
8.Mexanik jarohat olganda, kuyganda, kislota va ishqorlar bilan kuyganda zaharlanishda, elektr va ko‘z jarohatlari olgandagi dastlabki yordam.
9.Xavfsizlik texnikasi yo‘riqnomalari buzilganda qo‘llanadigan javobgarlik.
Ish joyida o‘tkaziladigan yo‘riqnoma. Barcha ishchilar kirish yo‘riqnomasidan tashqari ish joyida o‘tkaziladigan yo‘riqnomalarni xam bilishlari lozim. Ish joyida o‘tkaziladigan yo‘riqnomadan maqsad-har bir ishchini to‘g‘ri va xavfsiz ish usullariga o‘rgatish hisoblanadi. Yo‘riqnomani o‘tkazish jarayonida ishchiga u ishlaydigan uskunada bajariladigan texnologik jarayon, uning harakat uzatish mexanizmlari, xavfli joylari, konstruktiv xususiyatlari, paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavflar, ishni xavfsiz bajarish usullari, ish joyini to‘g‘ri tashkil qilish va shu kabi masalalar tushuniladi.
Yo‘riqnoma o‘tkazish ishchining bevosita rahbari bo‘lgan ustaga yuklatiladi. Ayrim zarur hollarda bu yo‘riqnoma tegishli mutaxassislar (mexanik, energetik, texnolog) ishtirokida o‘tkaziladi.
Xodimlarga elektr xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tkazish va malaka guruhi berish korxona bosh energetigi zimmasiga yuklatiladi.
Ish joyida o‘tkaziladigan yo‘riqnoma ishni xavfsiz olib borish qoidalari asosidassex boshliqlari tomonidan tuzilgan va korxona bosh muhandisi tasdiqlagan dastur bo‘yicha olib boriladi. Bu yo‘riqnomalar ruyxatini korxona bosh muhandisi kasaba uyushmasi raisi bilan birgalikda tasdiqlaydi. Ish joyida o‘tkaziladigan dastlabki yo‘riqnoma ishchini mustaqil ishlashga qo‘yishdan oldin yoki ish harakteri o‘zgargan hollarda o‘tkaziladi.
Korxonaga ishga kirayotgan shaxs kasbiy malakasini malakali va tajribali ishchiga biriktirib qo‘yish orqali oshiradi. Bunday biriktirib qo‘yish sex boshlig‘ining vazifasi hisoblanadi.
Dastlabki yo‘riqnoma o‘tkazish yo‘riqnomalarni rasmiylashtirish jurnaliga yozib qo‘yish orqali mustahkamlanadi. Barcha ishchilar o‘ta xavfli ishlarni bajarishga vazifa olishlaridan avval javobgar rahbar tomonidan yo‘riqnoma olishlari va bu haqda jurnalga xavfsizlik choralari ko‘rsatilgan holda rasmiylashtirilishi kerak. Ish joylarida o‘tkaziladigan yo‘riqnomaning dasturi.
1.Texnologik jarayon va uskuna haqida umumiy ma’lumotlar. Asosiy xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari.
2.Ish joyiga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari.
3.Uskunaning (mashina, dastgoh, mexanizm) tuzilishi. Xavfli joylari, to‘siqlari, ogohlantiruvchi moslamalari, blokirovka va signal berish tizimlari.
4.Ishga tayyorgarlik tartibi (uning sozligini, kerakli asbob-uskunalarning mavjudligini, yerga ulash va boshqa himoya vositalarining mavjudligini tekshirish).
5.Xavfsiz ishlash usullari, xavfli vaziyatlar paydo bo‘lganda qilinadigan ishlar.
6.Korjomalar, shaxsiy himoya vositalari va ulardan foydalanish.
7.Ishchilarni elektr xavfsizligini taminlashiga qo‘yiladigan asosiy talablar.
8.Sexda xavfsiz harakatlanish sxemasi.
9.Yuk ortish-tushurish va tashish ishlarida xavfsizlik talablari. Yuk ko‘tarish, tashish uskunalari va mexanizmlarini xavfsiz ishlatish.
Davriy yo‘riqnoma. Ishchining malakasi va ish stajidan qat’iy nazar har 6 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda xavfsiz ishlash usullari bo‘yicha davriy yo‘riqnoma o‘tkazib turiladi. Bunday asosiy maqsad-ishchining asosiy va doimiy bajarib turadigan ishida xavfsizlik qoidalari bo‘yicha bilimlarini yangilab va to‘ldirib turishdir.
Davriy yo‘riqnoma yakka tartibda va guruh (bir xil kasbdagi ishchilar) bilan o‘tkazilishi mumkin, bunda sex yoki korxonada bo‘lib o‘tgan noxush hodisalarni talqin qilgan holda suhbat o‘tkaziladi.
Turli sabablar bilan (ta’til, kasallik, mehnat safari va h.k) o‘z muddatida ishchilarga o‘tkazilmagan yo‘riqnoma keyinchalik o‘tkaziladi. Davriy yo‘riqnoma o‘tkazilganligi haqida jurnalga yozib rasmiylashtirilib qo‘yiladi.
Navbatdan taashqari quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
texnologik jarayon o‘zgarganda, bir uskuna o‘rniga boshqa uskuna o‘rnatilganda va mehnat sharoiti o‘zgartirilganda;
sex bo‘limi yoki brigadada baxtsiz hodisa yoki avariya ro‘y berganda;
ishlarni xavfsiz bajarish bo‘yicha yangi qoida va yo‘riqnomalarni ishchilar diqqatiga etkazish zarurati to‘g‘ilgan hollarda;
ishlab chiqarish intizomi qoida va yo‘riqnomalarni talablari buzilishi aniqlangan hollarda.
Navbatdan tashqari yo‘riqnomada dastlabki yo‘riqnomaning shu yo‘riqnoma o‘tilishiga sabab bo‘lgan qismigina ko‘rib chiqiladi.
Bu yo‘riqnoma ham dastlabki va davriy yo‘riqnoma singari bevosita rahbar (usta) tomonidan o‘tkaziladi va jurnalga yozib rasmiylashtiriladi va sababi ko‘rsatiladi.
Ishchilarni bilimini tekshirish. Dastlabki yo‘riqnomadan va malaka oshirishdan keyin (mustaqil ishlashga ruxsat berishdan yoki boshqa ishga o‘tkazishdan avval) ishchilarning xavfsiz ishlash usullari bo‘yicha bilimlarini tekshirish kerak bo‘ladi. Buning uchun korxona ma’muriyati tomonidan maxsus komissiya tuziladi va unga rais qilib sex boshliqlaridan biri belgilanadi. Zarurat bo‘lganda, aniq sharoitdan kelib chiqib komissiya tarkibiga mexaniklar, energetiklar va boshqa mutaxassislar kiritilishi mumkin.
5- Amaliy mashg‘ulot.
Xavflarning sinflanishi.
Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchasi hisoblanib, u hodisa, jarayon, obektlar, ta`sir etuvchi omil va kuchlarning inson umriga, sog’lig’iga qay darajada zarar keltirishini anglatadi. Jumladan yong’inlar, ishlab chiqarishdagi avariyalar, portlashlar, epidemiologik vaziyatlar, tabiiy ofatlar va boshqa ko`rinishdagi xavflardan insonlarni ko’radigan talofatlarini aytish mumkin.
Наr qanaqa xavflarning turini, xususiyatlarini xarakterlovchi belgilar, ко’rsatkichlar va ularning soni turli holda bo’lishi mumkin. Jumladan ba’zi bir xavflarda xarakterlovchi ko`rsatkichlar ko`p sonda, ba’zi birlarida kichik sonda boladi. Ya`ni har qanaqa xavflarni standart aniq ko`rsatkichlar bilan xarakterlab bo’lmaydi.
Demak, har qanday xavflar turli ko`rsatkichlar orqali va ularning soni turlicha bo`lishidan qat’iy nazar ularning barchasi bir umumiy xususiyatga ega. Ya`ni ularning ta`siri atrof-muhitga (ish sharoitlariga, qo`llanilayotgan asbob-uskuna, jihozlar, obektlarga xom-ashyo, tayyor mahsulotlarga) jiddiy salbiy ta`sir kuchini ko’r satadi hamda insonlarning sog`ligini, hayotini, umrini xavf ostida qoldiradi.
Shuning uchun xavflarni o’z vaqtida bilib, ularni kelib chiqish sabablari, tavsiflari aniq o'rganilsa, xavflarning oldini olish yoki ularni zarar keltiruvchi xususiyatlarini kamaytirishga erishishmumkin. Shuningdek, xavflardan keyingi qilinadigan tadbirlarni va xavf oqibatlarini tezroq hal qilish imkoniyatiga ega bo'linadi.
Har qanaqa xavf o’zida inson faoliyatini izdan chiqaruvchi ta’sirga yoki energiyaga ega bo’lib, o’zida biologik yoki kimyoviy aktiv moddalarni saqlaydi. Masalan, atir-upa sanoatida qo’llaniladigan erituvchilar: efir, spirt, xloroform va boshqalarni surunkali ta’sir etishi oqibatida allergik kasalliklarni, kimyo sanoatida qo’llaniladigan homashyolar esa insonlarni kimyoviy zaharlanishiga yoki texnologik rejimga amal qilinmasdan tayyorlangan qo’ziqorinli, baqlajonli, baliqli va go’shtli konserva mahsulotlarini yeyish oqibatida biologik zaharlanishga olib keladi.1
|