• 3-savol bayoni. Ta’lim metodlarini tanlash.
  • O’quv uslubiy majmua




    Download 3,62 Mb.
    bet40/194
    Sana24.05.2024
    Hajmi3,62 Mb.
    #251959
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   194
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Umumiy pedagogika

    Laboratoriya ishlari o‘quvchilarning jihoz, maxsus uskuna, qurol hamda turli texnikaviy qoliplardan foydalangan holda tajribalarni o‘tkazish metodlari bo‘lib, ular ko‘proq tabiiy fanlar asoslarini o‘rganishda qo‘llaniladi. Bu metod o‘quvchilarning asbob-uskunalar bilan ish ko‘rish, o‘lchash ishlarini amalga oshirish va ularning natijalariga ishlov berish kabi ko‘nikmalarini tezkor shakllantirishga imkon beradi. Laboratoriya ishlarini bajarish maxsus qurilma va jihozlar, shuningdek, materiallar hamda vaqtni sarflash, ularni ishga tayyor holatga keltirishni talab etadi. Biroq bu harakatlar o‘quvchilarning yuqori darajadagi faolligi asosida mustaqil ravishda tajriba va o‘lchash ishlarini tashkil etish bilan takomillashtirilib boriladi.
    Laboratoriyadan amaliy ishlarning farqi shundaki, bu metod o‘quvchilarning mavjud nazariy bilimlarni amaliy masalalar yechimini topishga yo‘naltirilgan faoliyatini tashkil etish ga xizmat qiladi. U o‘quvchilarning bilimlarini chuqurlashtirish, bilish faoliyatini nazorat qilish hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tuzatish borasidagi ko‘nikmalarini shakllantirish kabi funksiyalarni bajaradi.
    Amaliy mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning bilish faoliyati quyidagi besh bosqichda tashkil yetiladi:
    Nazorat savollar:



      1. Ta’lim jarayonida suhbat metodini qo‘llashda nimalarga e’tibor qaratish zarur?

      2. Og‘zaki bayon metodlarining afzalliklari nimalar ko‘rinadi?

      3. Ko‘rgazmali metodlar turkumini nimalar tashkil etadi?

    3-savol bayoni.
    Ta’lim metodlarini tanlash. Pedagogika fanida o‘qituvchilarning amaliy tajribasini o‘rganish va umumlashtirish asoida ta’lim metodlarini tanlashga o‘quv-tarbiya jarayoni kechayotgan shart-sharoitlar va aniq holatlarga bog‘liq muayyan yondashuvlar vujudga keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda quyidagi holatlar inobatga olinishi lozim:

    • zamonaviy didaktikaning yetakchi g‘oyalari, ta’lim, tarbiya va rivojlantirishning umumiy maqsadlari;

    • o‘rganilayotgan fan mazmuni va metodlari, mavzularining o‘ziga xosligi;

    • xususiy fanlar metodikasining o‘ziga xosligi va umumdidaktik metodlarni saralashga qo‘yiluvchi talablarning o‘zaro aloqadorligi;

    • muayyan dars materialining maqsadi, vazifalari va mazmuni;

    • u yoki bu mavzuni o‘rganishga ajratilgan vaqt;

    • o‘quvchilarning yosh xususiyati, bilish imkoniyatlari, darajasi;

    • o‘quvchilarning darsga tayyorgarlik darajasi;

    • o‘quv muassasalari, auditoriyalarning moddiy ta’minlanganlik darajasi, jihozlar, ko‘rsatmali qurollar, texnik vositalarning mavjudligi;

    • o‘qituvchining imkoniyatlari, nazariy va amaliy jihatdan kasbiy tayyorgarlik darjasi, pedagogik mahorati, shaxsiy sifatlari;

    • o‘quv muassasalarida fanlararo hamkorlikning o‘rnatilganligi.

    O‘qituvchi bu holatlarni inobatga olib, u yoki bu ketma-ketlikda og‘zaki, ko‘rgazmali yoki amaliy metodlarni, reproduktiv yoki mustaqil ishlarni boshqarish metodlarini nazorat va o‘z-o‘zini nazorat metodlarini tanlash borasida aniq yechimlar qabul qiladi.
    O‘qituvchi bu holatlarni inobatga olib, u yoki bu ketma-ketlikda og‘zaki, ko‘rgazmali yoki amaliy metodlarni, reproduktiv yoki mustaqil ishlarni boshqarish metodlarini nazorat va o‘z-o‘zini nazorat metodlarini tanlash borasida aniq yechimlar
    Ta’lim metodlarini tanlash quyidagi mezonlari asosida aniqlanadi:

    • didaktik maqsad asosida;

    • ta’lim mazmuni asosida;

    • o‘quvchilarning o‘quv ko‘nikmalarini egallash va rivojlanish darajasi asosida;

    • o‘qituvchining tajribasi va kasbiy tayyorgarlik darajasi asosida.

    O‘qituvchi tomonidan qo‘llanilayotgan ta’lim metodlari majmuasi boshlang‘ich sinflardan yuqori sinflarga o‘tish asosida o‘zgarib hamda murakkab xususiyat kasb eta boradi. Ushbu jarayonda ayrim metodlarni qo‘llash chastotasi oshsa, ayrim metodlarni qo‘llashga bo‘lgan ehtiyoj kamayadi. Ta’lim metodlaridan foydalanish ko‘lami, holati o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligi va mahorati darajasiga bog‘liq holda o‘zgaradi.
    Didaktikada munozaralarga sabab bo‘layotgan yana bir muhim ob’ekt ta’lim metodlarining tasnifidir. «Ta’lim metodlari tasnifi ularning ma’lum belgilari bo‘yicha tartibini ifodalovchi tizimdir. Hozirgi vaqtda o‘nlab ta’lim metodlari ma’lum», - ekanligini ta’kidlagan holda I.P.Podlasыy fikrini quyidagicha davom ettiradi, - «Biroq bugungi kunda yetakchi sanaluvchi didaktik g‘oya yagona va o‘zgarmas metodlar majmuini yaratishga intilish samarasiz ekanligini tushunishga yordam beradi. O‘qitish – favqulodda harakatchan, dialektik jarayon. Metodlar tizimi ham bu harakatlanishni aks ettiradigan darajada jo‘shqin bo‘lishi, metodlarni qo‘llash amaliyotidagi doimiy o‘zgarishlarni hisobga olishi kerak».
    Ta’lim metodlarini tanlash muammosi uzoq davrdan buyon tadqiq qilib kelinmoqda. Biroq tadqiqotlar soni ko‘p bo‘lsada, bu borada yagona to‘xtamgan kelinmagan. Ushbu o‘rinda ta’lim amaliyotida qo‘llanilib kelayotgan metodlar tizimi (tasnifi)ga to‘xtalib o‘tamiz.
    Bilimlar manbai va materiali sifatida avval egallangan ijodiy ishlar tajribasi, mavjud bilimlar, kuzatuvlar, shaxsiy tajriba, o‘qilgan hikoya, ijtimoiy-foydali ishlarni boshqarish kabilar qayd etiladi.
    O‘qituvchining rahbarligi: nazariy materiallarni o‘zlashtirilishini ta’minlash, mavzuni ifodalash, ijodiy ishlar xarakterini belgilash, ularning bajarilishini nazorat va tahlil qilish, sintezlash, xatoni ko‘rsatish hamda to‘g‘rilashdan kabi holatlarda namoyon bo‘ladi1.
    Keltirilgan tasnif «bilimlar manbai» bo‘yicha tizimlashtirilgan metodlar – og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy metodlarni u yoki bu darajada o‘zida mujassamlashtiradi. Biroq, M.A.Danilov va B.P.Yesipovlar asosiy e’tiborni «ta’lim metodini to‘g‘ri tanlash»ga qaratishadi. Gap shundaki, sobiq Sho‘ro umumta’lim maktablarining o‘quv jarayonida metodlarning cheksiz ko‘pligi, xatto ularni bir necha tasnif bilan ham qamrab olish mumkin emasligi, shu boisdan ham o‘quv-tarbiyaviy ishlar muvaffaqiyatining bosh omili va eng muhimi to‘g‘ri, asoslangan metodni tanlash hisoblangan, Ana shu «g‘oya» mohiyat jihatidan noto‘g‘ri bo‘lishiga qaramay, o‘n yillar davomida didaktika «rivoji»da muhim o‘rin tutib keldi. Nihoyat, har ikki tasnif bilimlar manbai bo‘yicha ham, didaktik maqsadlar bo‘yicha aniqlangan ta’lim metodlari tizimi maktab amaliyotining asosiy muammosini hal eta olmasligiga tanqidiy yondashildi, ularni qo‘llash ta’lim sifatining yuqori darajasini ta’minlaganligi anglab yetildi va bu boradagi izlanishlar davom ettirildi.
    Ushbu metodlar, mualliflarning ta’kidlashlaricha, bir-biridan o‘quvchilarning ta’lim mazmuni turlarini o‘zlashtirishda amalga oshadigan bilish faoliyatlari xarakteri va o‘quvchilarning xilma-xil faoliyatlarini tashkil etuvchi o‘qituvchi holati ... bo‘yicha farqlanadi1.
    Izohli-tasvirli ta’lim metodlari (boshqa nomlanishi axborotli-repsepsiya)ning mohiyati: odatda nazariy bilimlar tayyor holda uzatiladi, o‘quvchilar esa ularni qabul qiladilar (repsepsiya). Bu yo‘lda turli ta’lim vositalari (shu jumladan, ko‘rgazmali vositalar)dan foydalaniladi. O‘qituvchi faoliyati bunda nafaqat axborotlarni uzatish, balki ularning o‘quvchilar tomonidan qabul qilinishini ham tashkil etishdan iborat bo‘ladi.
    Izohli-tasvirli metoddan ta’lim jarayorida foydalanishda quyidagi holatlar yuzaga keladi:
    Reproduktiv ta’lim metodlari yuqorida keltirilgan metodlardan quyidagi unsurlarning mavjudligi bilan farqlanadi: o‘qituvchining bilimlarni tushuntirishi, ularni o‘quvchilarning yodida saqlanishini ta’minlashi va qayta ishlab chiqishi (reproduksiya). O‘zlashtirilgan bilimlarning mustahkam bo‘lishiga ularni ko‘a marta takrorlash evaziga erishiladi. Mazkur metod ta’limning barcha bosqichlari, asosan, boshlang‘ich sinflarda o‘qish va yozish, arifmetik harakatlarni amalga oshirish ko‘nikmalarini o‘zlashtirishda muhim o‘rin tutadi.
    Reproduktiv metoddan foydalanishda o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan quyidagi harakatlar tashkil etiladi:

    O‘qituvchi faoliyatining tuzilmasi

    O‘quvchi faoliyatining tuzilmasi

    • avval o‘zlashtirilgan mavzu, paragraf yoki bob bo‘yicha so‘rov;

    • o‘quvchilar uchun turli mashqlarni saralash va taklif qilish;

    • masalalarni yechishdagi o‘quv harakatlarining namunasi va algoritmini namoyish qilish;

    -o‘quv harakatlari ko‘nikmasi va malakasini shakllantirish

    • turli konteksda bilimlarni qayta ishlash;

    • namuna bo‘yicha topshiriqlarni bajarish;

    • mashqlarni bajarish;

    • namunaviy masalalarni yechish usullarini egallash;

    • namunaviy masalalarni yechish algortmini egallash

    Evristik ta’lim metodini qo‘llashda o‘qituvchi tomonidan turli vositalar yordamida yangi bilimlarni izlab topish talab etiladi. O‘qituvchi bilimlarning bir qismini o‘quvchilarga ma’lum qiladi, qolganini esa o‘quvchilar bilish topshiriqlarini yechish jarayonida savollarga javoblar topish asosida o‘zlashtiradi, o‘zlari bilimlarni mustaqil egallashadi. O‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan masalani bir necha qarashlarga ajratilishi, ularni bajarishda o‘quvchilarning ketma-ketlikka rioya etishlari muhim metodik jihat sanaladi. Shu bois mazkur metod qisman izlanuvchan metod ham deb ataladi.
    Evristik metodni qo‘llashda o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:

    O‘qituvchi faoliyatining tuzilmasi

    O‘quvchi faoliyatining tuzilmasi

    • o‘quvchilarni masalaning mohiyatini o‘rganishga jalb etish;

    • yechim rejasini aniqlashda mulohaza yuritish namunasini ko‘rsatish;

    • masalani bosqichlarga ajratish;

    -evristik suhbat

    • evristik suhbatda qatnashish;

    • masalani yechish rejasini olg‘a surish;

    • izlanuvchan harakat usullarini egallash;

    • masalalar yechish yo‘llarini izlab topish

    Muammoli metodning mohiyati mashg‘ulotlar jarayonida muammoli vaziyatlarni yaratish va yechishdan iborat bo‘lib, uning asosida didaktik ziddiyatlar yotadi. Ziddiyatlarni bartaraf etish nafaqat ilmiy bilish yo‘li shu bilan birga o‘quv yo‘li hamdir. Bu metodni quyidagi chizma yordamida ifodalash mumkin:
    Muammoli ta’lim konsepsiyasining asosiy tushunchalari «muammoli vaziyat», «muammo», «muammoni topish» kabilar hisoblanadi. Chizmadan anglanadiki, muammoli vaziyat bu metodning dastlabki ko‘rinishi hisoblanib, o‘zida sub’ektning aniq yoki qisman tushunib etilgan muammoni ifodalaydi, uni bartaraf etish yangi bilimlar, usullar va harakat ko‘nikmalarini o‘zlashtirishni taqozo etadi. Agar o‘quvchida qiyinchiliklarni yo‘qotish yo‘llarini izlab topish uchun boshlang‘ich ma’lumotlar bo‘lmasa, shubhasiz, muammoli vaziyat yechimini u qabul qilmaydi, ya’ni, muammoning yechimi uning ongida aks etmaydi. Fikrlash muamo mohiyatini tushunib etilishi, ifodalanishi, mavjud bilim va ko‘nikmalar majmuasi va izlanish tajribasi asosida muammoli vaziyatni qabul qilish bilanoq boshlanadi. Bu holda muammoli vaziyat muammoga aylanadi. Har bir muammo muammoli vaziyatni o‘zida namoyon etadi, biroq, barcha muammoli vaziyat muammoga aylanavermaydi.
    Mazkur metoddan foydalanish jarayonida muammo yechimini topishga yordam beruvchi yo‘nalishlar ko‘rsatilmaydi va chegaralanmaydi. Bu xususiyat muammoli masalaga xosdir. Muammoda yechimning qandaydir parametrlari ko‘rsatilsa, u muammoli masala hisoblanadi. Har qanday muammoli topshiriq ma’lum muammoni, demak, muammoli vaziyatni ham qamrab oladi. Biroq, yuqorida ta’kidlanganidek, barcha muammoli vaziyat muammo bo‘la olmaydi. Inson har doim muammoli masalalarni hal etadi. Agar uning oldida muammo paydo bo‘lsa, uni muammoli masalaga aylantiradi, ya’ni, uning yechimi uchun o‘zidagi bilimlar tizimiga tayanadi va ma’lum ko‘rsatishlarni belgilab oladi. Muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda u boshqa ko‘rsatkichlarni qidiradi va shu muammo bo‘yicha yangi variantlardagi masalalarni loyihalaydi.
    Ta’lim jarayonida muammoli metodni qo‘llashda o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:

    O‘qituvchi faoliyatining tuzilmasi

    O‘quvchi faoliyatining tuzilmasi

    • o‘quv materialiga oid tafovutlarni taklif etilishi;

    • muammoli vaziyatlarni tuzish;

    • muammoning mavjudligini aniqlab berish;

    - muammoli topshiriqlarni loyihalash

    • o‘quv materiali mohiyatining anglab etilishi;

    • muammoli vaziyat yuzasidan fikrlash;

    • mavjud bilimlar va tajribani qayta tiklash;

    • muammoli masalaga o‘tkazish;

    • topshiriqni bajarish

    Tadqiqotchilik o‘qitish metodini qo‘llashda o‘qituvchi o‘quvchilar bilan hamkorlikda hal etilishi zarur bo‘lgan masalani aniqlab oladi, o‘quvchilar esa mustaqil ravishda taklif etilgan masalani tadqiq etish jarayonida zaruriy bilimlarni o‘zlashtirib oladilar va uning yechimi bo‘yicha boshqa vaziyatlar bilan taqqoslaydi. O‘rnatilgan masalani yechish davomida o‘quvchilar ilmiy bilish metodlarini o‘zlashtirib tadqiqotchilik faoliyatini olib borish ko‘nikmasi, tajribasini egallaydilar.
    Ta’lim jarayonida tadqiqotchilik o‘qitish metodini qo‘llashda o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:

    O‘qituvchi faoliyatining tuzilmasi

    O‘quvchi faoliyatining tuzilmasi

    • o‘quvchilarga o‘quv muammosini taklif etish;

    • o‘quvchilar bilan hamkorlikda tadqiqot masalasini o‘rnatish;

    • o‘quvchilarning ilmiy faoliyatini tashkil etish




    • o‘quv muammolari mohiyatini anglab olish;

    • tadqiqot muammosini o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan birgalikda o‘rnatishda faollik ko‘rsatish;

    • ularni yechish usullarini topish;

    • tadqiqiy masalalarni yechish usullarini o‘zlashtirish

    Evristik va tadqiqotchilik metodlari o‘quvchilardan ijodiy xususiyat kasb etuvchi yuqori darajadagi bilish faoliyatini tashkil eta olish ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishni taqozo etadi. Buning natijasida o‘quvchilar mustaqil ravishda yangi bilimlarni o‘zlashtira oladilar. Ular odatda yuqori sinf o‘quvchilarining o‘zlashtirish darajalarini hisobga olgan holda ma’lum holatlarda qo‘llaniladi. Ushbu metodlardan boshlang‘ich sinflarda foydalanish amaliyotchi-o‘qituvchilarning fikrlariga ko‘ra bir muncha murakkab hisoblanadi. Biroq uzluksiz ta’lim tizimiga shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni faol joriy etishga yo‘naltirilgan ijtimoiy harakat amalga oshirilayotgan mavjud sharoitda ushbu yo‘nalishdagi loyihalarni tayyorlash o‘ziga xos dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda.
    Shunga qaramasdan bu tasnif maktab amaliyotida birmuncha keng tarqalgan va pedagogik hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan. Shuningdek, buyuk didakt I.Ya.Lerner asarlari asosida ilmiy tadqiqot1 ham amalga oshirilgan.
    Didaktikada ta’lim metodlarining binar (ikki)li va ko‘pbinarli omil asosida tizimlashtirishga bo‘lgan urinishlarni ham kuzatish mumkin. Chunonchi, M.I.Maxmutov tomonidan ta’lim metodlari va o‘qish metodlari ajratiladi:
    Shuningdek, V.F.Palamarchuk va V.I.Palamarchuklar ta’lim metodlarining uch o‘lchovli modelini taklif qilishgan. Unda bilimlar manbai, o‘quvchilarning bilish faolligi va mustaqillik darajasi hamda o‘quv-bilishning mantiqiy yo‘li yaxlit tarzda chog‘ishtiriladi.
    S.G.Shopavalenko ta’lim metodlari tasnifini to‘rt belgi asosida asoslovchi quyidagi tetroeddik yondashuvni taklif etadi:

    1. mantiqiy-mazmunli;

    2. manbali;

    3. mazmunli;

    4. tashkiliy boshqaruvchi.

    I.P.Podlasыy birmuncha keng tarqalgan ta’lim metodlari tasnifiga yaqinlashar ekan, quyidagi fikrni ta’kidlaydi: «Boshqa bir qator ta’lim metodlari tasnifi ham mavjud. Masalan, nemis didakti L.Klinberg ta’lim jarayonida metodlarni hamkorlik shakllari bilan uyg‘unlashtirishga alohida urg‘u beradi»1 va quyidagi metodlarni ko‘rsatadi:



    Monologik metodlar

    Hamkorlik shakllari

    Diologik metodlar

    Ma’ruza

    Individual

    Suhbatlar

    Hikoya

    Guruhli

    Intervyu

    Namoyish

    Download 3,62 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   194




    Download 3,62 Mb.