• Tayanch tushuncha va iboralar
  • -mavzu.MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYA




    Download 3,62 Mb.
    bet85/194
    Sana24.05.2024
    Hajmi3,62 Mb.
    #251959
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   194
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Umumiy pedagogika

    15-mavzu.MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYA
    REJA
    1.Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsad va vazifalari.
    2.Ma’naviy-axloqiy tarbiya shakl va metodlari.
    3.Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mazmuni.
    4.O‘quvchilarda ongli intizomlilikni tarbiyalash.
    Tayanch tushuncha va iboralar: Ma’naviy tarbiya, axloqiy tarbiya, estetik tarbiya, estetik did, estetik tuyg‘u, estetik idrok, estetik bilim, estetik mulohaza, estetik madaniyat, “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada”, oilaviy munosabat.
    1-savol bayoni
    Ma’naviy-axloqiy tarbiya mazmuni. Jamiyatda kechayotgan ijtimoiy islohotlarning samaradorligi uning fuqarolari ega bo‘lgan ma’naviyatga bog‘liq. Ijtimoiy tarbiyaning boshqa turlari kabi ma’naviy-axloqiy tarbiya asosini ham ilg‘or milliy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, xalq pedagogikasi g‘oyalari tashkil etadi.
    Ma’naviyat shaxs, davlat va jamiyatning kuch-qudrati, taraqqiyoti, imkoniyatlari va istiqbollarini belgilaydigan ichki ruhiy omildir.

    Ma’naviyatli inson bilimli, ma’lum kasb-hunar sohibi, o‘z Vatanining sodiq fuqarosidir. O‘z davlati qonunlarini biladigan va ularga amal qiladigan, yurti bilan g‘ururlana oladigan inson. O‘z Vatani boyliklarini saqlaydigan, uni yanada boyitadigan, go‘zalliklaridan bahramand bo‘ladigan shaxs. U har qanday zararli illatlarga qarashi kurashadigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni avaylab asraydigan insondir.


    Axloq esa shaxsning xatti-harakatlari, yurish-turishi, turmush tarzi, hayot kechirish tamoyillari, qoidalari, ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi. U ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat ma’naviy-ruhiy hayotida o‘ziga xos o‘rin tutadi.

    Axloq ma’naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaxs kamolotining yuqori bosqichi sanaladi. Zero, axloq, axloqiy me’yorlarsiz shaxsning ruhiy va jismonan yetukligining mezoni bo‘lgan ma’naviy kamolotga yerishib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham ma’naviy-axloqiy tarbiyada uzviylik, aloqadorlik dialektik xarakterga ega bo‘lib, shaxsning ma’naviy-axloqiy shakllanishida muhim sanaladi.


    Ma’naviy-axloqiy tarbiya va unga qo‘yiladigan talablar bu jamiyatda ma’lum ijtimoiy-axloqiy talablarga mos axloqiy xislatlarni shakllantirish maqsadida o‘quvchilar ongi, hissiyotlari hamda xulqiga muvofiq va tizimli ta’sir etishdir.
    Ma’naviy-axloqiy tarbiya mohiyatiga ko‘ra inson ongining jamiyat bilan aloqadorligi, jamiyat oldida burchli ekanligi, o‘z xulq-atvorini jamiyat taraqqiyoti darajasiga bog‘liqligini tushunishi, jamiyat tomonidan tan olingan axloqiy me’yor, ideal hamda talablarni bajarishda mas’uliyatni his etishi, ma’naviy-axloqiy bilimlarning e’tiqodga aylanishi va bu e’tiqodlarning tizimliligi, mustahkam ma’naviy-axloqiy his-tuyg‘u va xislatlarni shakllantirish, o‘quvchilar tomonidan ma’naviy-axloqiy xulq-atvor jamiyat a’zolariga bo‘lgan hurmat-e’tiborni namoyon etuvchi mezonlardan ekanligining anglab etilishi, ma’naviy-axloqiy odatlarning shakllanishi va boshqalardan iborat.
    Ma’naviy-axloqiy tarbiya tizimida ma’naviy-axloqiy his-tuyg‘ular inson tomonidan, uning hovea-hodisalar, kishilar hamda o‘z xulqiga nisbatan his-tuyg‘ularni uyg‘otishga rag‘bat paydo qiluvchi tarbiyaviy ishlar tizimli tashkil etilgandagina samarali kechadi. Mazkur tizimda xulq-atvorni shakllantirishga oid tarbiyaviy ishlar aks etadi. Shunga ko‘ra ma’naviy-axloqiy xulq-odobga doir xislatlarni shakllantirishga undovchi rag‘bat bilan hosil bo‘ladigan faoliyat eng asosiy bo‘lib hisoblanadi.
    O‘quvchida ma’naviy-axloqiy xislatlarni shakllantirishga nisbatan ehtiyoj bo‘lishi shart. Shu bois ma’naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida uyushtiriluvchi tadbirlar xulq-odobga doir xatti-harakatlar zanjiridan iborat bo‘ladi. Ma’naviy-axloqiy xatti-harakatlar o‘quvchi tomonidan axloqiy me’yor va tamoyillar mohiyatini o‘rganish, ularni anglash negizida tashkil yetiladi.
    Ma’naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etishda o‘quvchilar xatti-harakatlarida ko‘zga tashlanadigan salbiy odatlar – jamoa joylarida qattiq gapirish, qo‘pol so‘zlarni ishlatish, hissiyotga berilish, o‘ylamay gapirish, ishonli bo‘lmagan hamda dalillar bilan tasdiqlanmagan voqea-hodisalar haqida fikr yuritish, boshqalarning suhbatini bo‘lish, qo‘lini silkitib gapirish kabilarni bartaraf etishga e’tibor qaratish zarur.

    Download 3,62 Mb.
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   194




    Download 3,62 Mb.