• III. Yakuniy qism
  • I.Kirish: Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi
  • Milliy va umummadaniy kompetensiya
  • II.Asosiy qism
  • Gemostaz (Qon oqishi vaqtida birinchi yordam)




    Download 24,35 Mb.
    bet6/42
    Sana17.11.2023
    Hajmi24,35 Mb.
    #100260
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
    Bog'liq
    3-sinf sinf soati ish reja va konspekti

    Gemostaz (Qon oqishi vaqtida birinchi yordam)
    Qоn оqshi sаbаbаlri vа kuchi. Qоn оqshi, ko`pinchа, qоn tоmir dеvоrining mеxаnik tа`sir tufаyli shikаstlаnishidаn yuzаgа kеlаdi, shuningdеk uning bа`zi bir kаsаlliklаridа pаtоlоgik o`zgаrishlаrgа uchrаshi hаm sаbаb bo`lаdi. Bundаn tаshqаri, qоn оqishi qоnning ivish xususiyati buzilgаnidаn, mаsаlаn, gеmоfiliya xаstаligidа kuzаtilishi mumkin.
    III. Yakuniy qism:
    Dars yakunida o’quvchilar bilan birgalikda olgan bilimlarni umumlashtirilib, savollar bilan mustahkamlanadi.
    O’quvchilar rag’batlantiriladi.


    Maktab MMIBDO‘______________________ ______________________ sana_____ ____ 201__yil
    4-mavzu: Ustoz mehri (1-oktabr –O`qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan)
    I.Kirish:
    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilarga ustozlarni,murabbiylarni hurmat qilsh,ulardan o`rnak olish,bergan o`gitlariga amal qilishni tushuntirish. Ona Vatanni sevish,uning yutuqlaridan g`ururlanish hissini tarbiyalash.
    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
    Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
    T arbiyaviy mashg`ulotning jihozi: mavzuga oid rasm, DVD
    Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
    Tashkiliy qism:
    O`quvchilarni darsga hozirlash
    II.Asosiy qism:
    Ertalik. 1-boshlovchi:
    Assalom,ustozlar,mehri daryolar, Ilm-fan bog`ida asl donolar!
    2-boshlovchi:
    Bugun qarshingizda yosh shogird bo`lib,
    Yuraklari limmo-lim zavq-shavqqa to`lib,
    Sha`ningiz ulug`lab she`rlar ayturmiz,
    Ustoz,Sizga bosh egib,ta`zim qilurmiz.
    1-o`quvchi:-Mamlakatimizda ustoz va murabbiylar qadimdan sharafli kasb egalari sifatida ulug`langan,el-yurt e`zozida bo`lgan.Ayniqsa,mustaqillik yillarida ularning mashaqqatli va sharafli mehnatlari yanada qadr topdi.
    2-o`quvchi:-Muhtaram Yurtboshimiz tashabbusi bilan 1997-yildan boshlab yurtimizda 1-oktabr –O`qituvchilar va murabbiylar kuni sifatida keng nishonlanmoqda.Bu esa ustozlarga ko`rsatilayotgan yuksak ehtiromdan darak beradi.
    3-o`quvchi: Olamda ko`p erur muborak onlar,
    T abarruk zotlar ham garchand ko`p erur.
    Sizgadir ilk rahmat,aziz insonlar,
    Munis muallimlar,sizga tashakkur.(A.O)
    4-o`quvchi:Ustoz yo`li porloqdir,ustoz yo`li yorug`dir,
    Ustoz ko`ngli –xazina,saxovatga to`liqdir.
    Yetsang ustoz qadriga,eling seni ardoqlar,
    Mo`min,bilsang ustozing otangdayin ulug`dir.(P.M.)
    1-boshlovchi: Ustozlar haqida qanday maqol va
    hikmatli so`zlar bilasiz?
    5-o`quvchi:-Ustoz otangday ulug`.
    6-o`quvchi:-Ustozsiz shogird – jonsiz terak.
    7-o`quvchi:-Ustoz qanday – shogird shunday.
    8-o`quvchi :-Ustoz bilimli – shogird ilmli.
    9-o`quvchi:-Usta bo`lsang ham,ustozingni unutma.
    2-boshlovchi:Tillarimiz biyron-biyron chiqib,endigina
    gapira boshlaganimizda ota-onamiz:”Ota” ,degin,”Ona”,degin deya bizni ilk bor so`zlashga o`rgatishgan.
    Ota-onaga hurmatni,kichikka izzatni,Ona Vatanga bo`lgan so`nmas mehr-u muhabbatni esa bugun ehtirom bilan tilga olayotgan ustozlardan o`rganmoqdamiz.
    Yana bir bor qutlug` bayram bilan tabriklar ekanmiz,Siz aziz ustozlarga tuganmas sog`lik,baxt,uzoq umr,ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

    Download 24,35 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




    Download 24,35 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Gemostaz (Qon oqishi vaqtida birinchi yordam)

    Download 24,35 Mb.