|
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
|
bet | 42/42 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 24,35 Mb. | | #100260 |
Bog'liq 3-sinf sinf soati ish reja va konspektiIjtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,plakat.
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism.
O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti.
II.Asosiy qism:
Yoz fasli yaqinlashib kelmoqda. Tez kunlarda o`quv yilini tugatib,mazmunli hordiq chiqarishga shay bo`lib turgan bolakaylar uchun respublikamiz oromgohlari o`z eshiklarini ochadi.Yozgi sog`lomlashtirish oromgohlarida bolalar nafaqat dam olish va sog`likni tiklash,balki turli yo`nalishlarda faoliyat ko`rsatayotgan to`garaklarda yangi bilimlargaega bo`lish,biror hunar ko`niklarini egallash,ko`pdan ko`p do`stlar orttirish imkoniyatiga ega bo`ladilar.
Mamlakatimizda bolalar ta`tilni mazmunli tashkil etish va ularni sog`lamlashtirish masalasiga jiddiy tarzda yondashiladi.
Yozgi oromgohlarda bolalar uchun ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar va sport musobaqalari o`tkaziladi,shoir va yozuvchilar,rassomlar,sportchilar bilan ijodiy uchrashuvlar o`tkazib turiladi.
Uyda,buvisinikida dam oladigan bolalar esa,o`zlari uchun kun tartibi rejasini tuzib olib,shu rejaga amal qilib ta`tilni o`tkazishsa,ta`til maroqli o`tadi.
III.Yakuniy qism.
O`quvchilar fikri umumlashtiriladi.
Yozgi ta`tilda ko`p narsalarni kuzatish mumkin.Quyosh chiqishi,uning nurlarini dastlab qayerlarga tushishini kuzatish juda zavqli bo`ladi.Qaysi qushlarning birinchi bo`lib sayrashini tinglash,dalaga birinchi bo`lib qaysi dehqon chiqishini ko`rish uchun juda erta turishi kerak.
Kimki erta tursa,sog`lom va baquvvat bo`ladi.
Inson kuzatganlari asosida tafakkur qiladi.Tafakkur qilish esa yaxshi faoliyat bo`lib,insonning aqlli bo`lishiga yordam beradi.
Tabiat qo`yniga sayohatga chiqilganda yurishning,kiyinishning,suvda cho`milishning,kiyinishning o`z qoidalari bor.Oftobda bosh kiyimsiz yurish,gullar,o`tlarni yulish,hasharotlarga,hayvon va qushlarga tegish mumkin
emas.Bu qoidalarga albatta rioya qilish kerak.Shunda turli ko`ngilsiz hodisalar yuz
bermaydi.
Aziz bolajonlar, yozgi ta`til davomida kuzatganlaringizni yon daftarchangizga yozib boring.
Yangi o`quv yilida yaxshi o`qishingiz uchun yordam bo`ladi.
Dars yakunida o`quvchilarni rag`batlantiriladi.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 201__yil
|
| |