|
O‘quv yili Tushuntirish xati
|
bet | 39/42 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 24,35 Mb. | | #100260 |
Bog'liq 3-sinf sinf soati ish reja va konspekti2-topshiriq: Endi bolajonlar egallagan bilimlaringizni mustahkamlash maqsadida “Nima uchun” o`yinini o`tkazamiz. Nima uchun ? texnologiyasi Shu tariqa uchala guruh fikrlarini bayon etadi. Barakalla bolajonlar mavzu haqida ko`pgina bilimga ega bo`libsiz. O`quvchilarni rag`batlantirish.
Maktab MMIBDO‘______________________ ___________________________ sana______ _______ 201__yil
32-mavzu: Axborot-ishora belgilari ( yo’l harakati qoidalari)
Buyuruvchi belgilar
Buyuruvchi belgilar transport vositalariga ko‘rsatilgan yo‘nalishda yoki faqat ma’lum yo‘nalishlarda harakatlanishlari kerakligini buyuradi.
B uyuruvchi belgilar doira shaklda bo‘lib, foni ko‘k, tasviri oq rangda bo‘ladi. Ular 8 ta bo‘lib, birinchi va ikkinchi belgilar turlanishlarga ega, ya’ni 4.1.1, 4.1.2, 4.1.3, 4.1.4, 4.1.5, 4.1.6 kabi.
Belgilarni ta’sir doirasi va dahldorligi:
4.1.1-4.1.6 belgilarining belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalariga dahli yo‘q.
belgilarining ta’siri qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga o‘rnatilsa, shu kesishmaga tadbiq etiladi.
4.1.1 belgisi yo‘l boshlanishiga o‘rnatilsa, unga yaqin chorrahagacha amal qilinadi. Belgi o‘ng tomonda joylashgan hovli va yo‘lga tutash boshqa xududlarga burilishni taqiqlamaydi.
4.4. «Engil avtomobillar harakatlanadi» yengil transport vositalari, avtobus, mototsikllar, to‘la vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk tashuvchi transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat etiladi.
Belgining ta’sir oralig‘ida yashovchi va ishlovchi fuqarolarga tegishli ularga va korxonalarga xizmat ko‘rsatuvchi transport vositalariga bu belgi tadbiq etilmaydi.
Bunday hollarda transport vositalari belgilangan joyga eng yaqin chorrahadan kirib yoki chiqib ketishlari kerak.
Axborot–ishora belgilari
Axborot-ishora belgilari harakat qatnashchilariga yo‘ldagi harakat tartibi xususiyatlari hamda aholi yashaydigan joylar va manzillarning joylashuvi haqida ma’lumot berish uchun qo‘llaniladi.
Axborot-ishora belgilari asosan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lib, foni ko‘k, yashil, oq va sariq rangda bo‘ladi. Tasviri esa oq va qora rangda bo‘ladi. Axborot-ishora belgilari 40 ta bo‘lib, ma’lum belgilar turlanadi.
Yashil fonli axborot-ishora belgilari avtomagistralga ta’luqli ekanligini bildiradi. Oq fonli axborot-ishora belgilari aholi yashash joyidaligini bildiradi. Sariq fonli axborot-ishora belgilari esa ta’mirlash ishlari ketayotgan yo‘llarga o‘rnatiladi.
|
| |