III.Yakuniy qism:
Bobomiz Amir Temur kelajak avlodlarga juda ko`p purma`no o`git va vasiyatlar qoldirganlar.
Keling ularni birgalikda eslaylik.
-Azmi qat`iy tadbirkor,hushyor,jang ko`rgan,mard shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz,loqayd kishidan yaxshiroqdir.Chunki tajribali bir kishi minglab odamlarga ish buyuradi.
-Aqlli dushman johilu nodon do`stdan yaxshi.
-Ochiq chehra,rahm-shafqat bilan xalqni o`zimga rom qildim.Adolat bilan ish yuritib,jabr-zulmdan uzoqroqqa bo`lishga intildim.
-Bir tayoqni sindirish mumkin,ko`p tayoqni bukib ham bo`lmas.
-Boshga qilich kelsa-da,rost so`zla.
Mustaqillik bergan beqiyos imkoniyatlat tufayli Sohibqiron bobomiz ulug`lagan adolat,bag`rikenglik,mehr-oqibat va hamjihatlik hayotimiz mazmun-mohiyatiga aylanmoqda,mamlakatimizda amalga oshiralayotgan ezgu ishlarda o`z ifodasini topmoqda.
Dars yakunida o`quvchilarni rag`batlantiriladi.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 201__yil
29-mavzu: Imtiyozli belgilar
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilarga imtiyozli belgilar haqida tushuncha berish, ularni hayotda qo’llay olish ko’nikmasini shakllantirish
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:Mavzuga oid rasmlar,devoriy gazeta,DVD.
Tarbiyaviy mashg`ulot borishi:
Tashkiliy qism
O’qituvchi:
II.Asosiy qism:
Imtiyoz belgilari chorrahalarda, yo‘lning qatnov qismlari kesishgan
joylarda, shuningdek, yo‘lning tor qismida yo‘l harakati qatnashchilarining
h arakatlanish navbatini belgilash uchun qo‘llaniladi.
«Asosiy yo‘l» belgisi harakatlanish tartibga
solinmagan chorrahalarda ikkinchi darajali
yo‘lda harakatlanayotgan transport vositasidan
oldin o‘tish huquqini beradi. Belgi yo‘lning
boshlanishida o‘rnatilib, har bir chorraha oldida
takrorlanishi mumkin. Asosiy yo‘l bilan kesishadigan
yo‘llarda chorraha oldida «Yo‘l bering» yoki
«To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlanadi» belgilari
o‘rnatiladi.
Bu belgi haydovchi kesib o‘tayotgan yo‘ldagi transport
vositasiga yo‘l berishi kerakligini bildiradi. Asosiy yo‘lda
transport vositalari bo‘lmasa, ikkinchi darajali yo‘ldan
kelayotgan haydovchi chorrahadan to‘xtamasdan, xavfsizlikni
ta’minlagan holda, o‘tib ketishi mumkin.
A sosiy yo‘lning yo‘nalishidan qat’i nazar, belgi
haydovchiga tartibga solinmagan chorrahaga to‘xtamasdan
kirib kelishini ta’qiqlaydi. Haydovchi to‘xtash chizig‘i oldida,
agar u bo‘lmasa, kesib o‘tiladigan qatnov qismining chetida
to‘xtab o‘tadi.
Belgi temir yo‘l kesishmasi, karantin yoki YPX maskanidan oldin
o‘rnatilgan bo‘lsa, haydovchi to‘xtash chizig‘i oldida, u bo‘lmasa, belgi
oldida to‘xtashi kerak. Bu belgi sakkiz qirrali bo‘lib, uni shakli orqali
ajratish ham mumkin.
|