|
O‘quv yili Tushuntirish xati
|
bet | 33/42 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 24,35 Mb. | | #100260 |
Bog'liq 3-sinf sinf soati ish reja va konspektiIII.Yakuniy qism:
-Hunar haqida qanday maqol yoki ertaklar bilasiz?
-Insonni obro`siz va xor qiladigan illatlar,shuningdek ijobiy fazilatlar jadvalini hosil qiling.
-Kelajakda kim bo`lmoqchisiz?Tanlagan kasbingizga ta`rif bering.
Dars yakunida o`quvchilarni rag`batlantiriladi.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 201__yil
27-mavzu: O`zbek milliy o`yinlari
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilarga o `yin turlari va uni o`tkazish metodikasi haqida ma`lumot berish; O`yinlarni o`tkazish qonun qoidalariga rioya qilish, o`zaro do`stlik, hamjihatlik, bir – birini hurmat qilish kabi fazilatlarni shakllantirish o`yin turlari va ularni o`tkazish ko`nikma , malakalarini shakllantirish
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:o`yin turlariga mos barcha jihozlar, bayroqchalar, rag`bat kartochkalar
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism.
O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti.O`quvchilar diqqatini mavzuga jalb qilish.
II.Asosiy qism:
Rivoyat qilishlaricha :
O`zbek xalq o`yinlari tarixida birinchi marta milliy o`yin namunalarining bayon etilishi, ularning ta`rifi- tavsifi qomusiy allomalardan M. Qoshg`riy qalamiga mansub.
U bundan 1000 yil burun 6 yil mobaynida Turkistondan Termizgacha, Xazar va Orol sohillaridan Tangritog` etaklarigacha bo`lgan hududda yashagan turli turkizabon xalqlarning tarixini o`rganib ”Devon u Lug`atit turk”, “Turkiy so`zlar devoni” ni tuzib chiqdi. Ushbu kitobda 150ga yaqin o`yinlarni tilga olinib, shundan 20 taga yaqin o`yin turi haqida to`liq ma`lumot berilgan.
Demak, o`tmishda o`zbek xalqi yosh avlodni tarbiyalash uchun turli o`yinlarni yaratgan va qo`llagan. Bu o`yinlar dam olish vositasi bo`lib qolmay, balki bolalarni ziyraklikka, topqirlikka, mehribonlikka o`rgatishda ularni yuksak axloqiy fazilatlar egasi qilib tarbiyalashda muhim qurol sifatida ham yordam bergan.
Hozirgi kunda o`yinlar quyidagi turlarga bo`linadi:
O` y i n l a r
Rollarga bo` lib o`y. o`yin
Milliy xalq o`yinlari
Boshqotirma o`yinlar
Harakatli o`yinlar
Xalq o`yinlarini o`ziga xos xususiyatlari bo`yicha 3 guruhga ajratish mumkin
1. Alohida va bo`linib o`ynaladigan o`yinlar. 2. Tarafma – taraf bo`lib o`ynaladigan o`yinlar.
3. So`z va qo`shiqli o`yinlar.
Bola o`yin davomida har qanday holat yoki vaziyatda ham maqsadga erishishga harakat qiladi.
O`yinlarni tashkil qilish va bolalarga o`rgatishda quyidagilarga e`tibor berish lozim:
- Jismoniy harakatlar, yurish, yugurish, uloqtirish, kabilarni tartib qoidali bajarish;
- Sabr – chidamga o`rgatish: - Ruhiy – psixologik jihatdan o`yinga tayyorlash;
- O`z – o`zini boshqarish va o`ziga ishinchni tarbiyalash - Qat`iyatlilik ko`nikmalarini hosil qilish;
- O`quvchilarni fikrlashga o`rgatish;
- Topqirlik ko`nikmalarini shakllantirish;
- O`yinlarni ijtimoiy foydali mehnat bilan bog`lash
- O`yin davomida birdamlikka o`rgatish
|
| |