|
O‘quv yili Tushuntirish xati
|
bet | 41/42 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 24,35 Mb. | | #100260 |
Bog'liq 3-sinf sinf soati ish reja va konspektiIII.Yakuniy qism:
K itob o`qish odob-qoidalari bilan tanishtirish.
1.Kitobni tanlay olish va zarurini o`qish.
2.Kitobni mustaqil o`qishni bilish.
3.O`qiganlaridan hayotiy xulosalar chiqarish.
4.Uning kerakli joylarini yon daftariga ko`chirib,uni esda saqlash.
5.Kitobni yaroqsiz holga keltirmaslik uchun undan to`g`ri foydalanishni bilish.
6.Kitobni shoshmasdan o`ylab,diqqat – e`tibor bilan o`qish malakalariga ega bo`lish.
7.Qayta-qayta o`qish – kitobxonlik ko`nikmasini orttirish.
O`qituvchi:Dunyodagi barcha kitoblarni sotib olish mumkinmi?Nima uchun?
O`quvchi:Yo`q,sotib olish mumkin emas.
O`qituvchi:Xush,bunday holatda bizga nima yordamga keladi?
O`quvchi:Kutubxonalar yordamga keladi.
O`qituvchi:Barakalla, bolajon!
Demak,kutubxonalar bizni kitoblar dunyosiga boshlar ekan.Ajdodlarimizdan o`rnak olib,bo`sh vaqtingizni kitob o`qishga sarflashga harakat qiling,kitobni seving.Kitob o`qish qoidalariga rioya qiling.Sizning hozirgi mehnatingiz kitob o`qishdir.Kitob o`qish uchun mehnat sarflasangiz o`qimishli kishi,hatto katta olim bo`lib,O`zbekistonning kelajagi uchun yangiliklar yaratasiz.
Dars yakunida o`quvchilarni rag`batlantiriladi.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 201__yil
34-mavzu: Yaxshi dam- o`qishga hardam
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilarda yozgi ta`tilni mazmunli o`tkazishlikni, yozgi oromgohlarga borganda, yoki cho`milish havzalariga borganda ehtiyot bo`lishlikni uqtirish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
|
| |