|
O‘quv yili Tushuntirish xati
|
bet | 37/42 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 24,35 Mb. | | #100260 |
Bog'liq 3-sinf sinf soati ish reja va konspektiIII.Yakuniy qism:
Maqollarda fikr aniq, xulosa tugal, ifoda lo’nda va albatta, hukm tarzidagi ibratli fikr bo’ladi. U yoki bu maqollarning ko'chma ma'nosini, unda nima deyilmoqchi bo'layotganligini aniqlash uchun maqolda keltirilgan obrazlarning mohiyatini to'g'ri anglamoq kerak. O’quvchilar o’qituvchi yordamida quyidadi maqollarni o’qishadilar va ularning ma’nolarini tahlil qilishadi
Dars yakunida o`quvchilarni rag`batlantiriladi.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 201__yil
31-mavzu: Vatan – muqaddas (9 may – Xotira va qadrlash kuni oldidan).
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilarga Vatan degan muqaddas tuyg`uni,uning aziz insonlarini,Ona Vatan himoyasi uchun jonini ayamagan mard,jafokash,jasur o`g`lonlarini yana bir bor yod etish mazmun-mohiyatini keng tushuntirib berish. hamda davlatimizning mustaqillik yillarida erishgan yutuqlari,xalqimizning tarixi haqida texnik vositalar yordamida ma`lumotlar yetkazish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:Proyektor va kompyuter,DVD, tarqatma material,rasmlar.(Mahallada istiqomat qilayotgan urush yoki mehnat faxriylaridan taklif qilish) Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism: O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi, navbatchi axboroti. Ma`naviyat daqiqasi.
O `qituvchi:
Sen mening bobomsan – Xotira,
Sen mening momomsan-Qadr!
Bir qadim yo`llar-a…..Xotira….
Bir qadim yo`llar-a…...Qadr….
G`alvirak dunyoning dog`lari
Po`panak bog`laydi raxtma-raxt
Xotira ko`nglimning tog`lari,
Qadr-ko`nglim suyangan daraxt.
|
| |