• Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
  • M illiy va umummadaniy kompetensiya
  • II.Asosiy qism
  • O‘quv yili Tushuntirish xati




    Download 24,35 Mb.
    bet34/42
    Sana17.11.2023
    Hajmi24,35 Mb.
    #100260
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   42
    Bog'liq
    3-sinf sinf soati ish reja va konspekti

    III. Yakuniy qism:
    “Carxpalak” texnologiyasi
    Dars yakunida o`quvchilarni rag`batlantiriladi.


    Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 201__yil
    28-mavzu: Amir Temur ajdodlarimiz
    I.Kirish:
    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarda Amir Temurdan o`rnak olishga havas uyg`otish,xalqqa,Vatanga farzandlik burchi – Vatanni sevish,xalqni sevish ekanligini o`quvchilar qalbiga singdirish.
    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:o`yin turlariga mos barcha jihozlar, bayroqchalar, rag`bat kartochkalar Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
    M illiy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
    Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
    Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.
    O`quvchilarni guruhlarga ajratish
    II.Asosiy qism:
    Bolajonlar,Amir Temur bobomiz haqida nimalarni bilasiz?
    O`quvchilar fikri umumlastiriladi.
    Darhaqiqat,Amir Temur bobomiz – buyuk shaxs,kuragi yerga tegmagan sarkarda,yirik davlat arbobi,qonunshunos,yuksak iqtidorli notiq,ruhshunos,shu bilan el-yurtni sevgan va uni jahonga mashhur qilgan inson.Poytaxtimiz Toshkent shahrining markazida ulug` bobomiz nomi bilan ataluvchi go`zal xiyobonda sohibqiron Amir Temur bobomiz va uning avlodlariga bag`ishlab Temuriylar tarixi davlat muzeyi barpo etildi.Toshkent,Samarqand,Shahrisabz shaharlarida bobomiz savlatlariga mos purviqor haykallari qad ko`tardi.Bobomiz Amir Temur butun umrini xalqimiz,Vatanimiz ozodligi uchun bag`ishladi.Yurtimizning har bir qarich yeri uning uchun muqaddas edi.Buni Sohibqironning mamlakat tuprog`ini mo`g`ul bosqinchilaridan ozod qilish yo`lida olib brogan xaloskorlik kurashlari misolida ham ko`rishimiz mumkin.Bobomizdan bizlarga “Temur tuzuklari”nomli mashhur asar meros bo`lib qoldi.
    -“Bir kunlik adovat yuz kunlik toat-ibodatdan afzaldir”,der edilar Sohibqiron bobomiz.Shayx Shamsiddin Kulol Amir Temur tug`ilmasdan burun unga “Sohibqiron”laqabini bergandi.Bobomizning sohibqirondan tashqari yana “Ko`ragon”,”Qutbiddin”,”Abdulmansur”,”Sulton G`oziy”kabi unvonlari ham bo`lgan.

    Download 24,35 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   42




    Download 24,35 Mb.